Bolalarning ijtimoiy moslashuvi


madaniyat va din kabilar kiradi



Yüklə 361,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix17.04.2023
ölçüsü361,74 Kb.
#106001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Maruza

madaniyat va din kabilar kiradi
Oila – ijtimoiylashishning yеtakchi instituti, bu 
orqali bola asosiy ijtimoiy bilimni egallaydi, 
ahloqiy mohirlik va ko’nikmani oladi, ma'lum 
baho va eng yuksak maqsad qilishni 
o’zlashtiradi, hayotida nima kеrak bo’lsa shu 
jamiyatdan oladi. 


O’zbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy g’oyalari. 
Sotsiologiya fani jamiyatning o`zini-o`zi anglashida qudratli vositadir. qaysi 
jamiyatda sotsiologiya kuchliroq rivojlansa, bu mana Shu jamiyatning o`zini to`laroq 
anglayotgani alomatidir. Sotsiologiya fani inson xulq-atvorini tuShunishning aniq va 
favqulodda yorqin istiqbolini ochadi. Sotsioloyani o`rganar ekanmiz, dunyoga o`zimiz 
berayotgan talqindan hayotimizni shakllantirayotgan ijtimoiy ta'sirlarga nazar tashlash 
uchun yuqoriroq o`qtariladi.
Sotsiologiya fani jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo 
munosabatlar haqidagi fan sifatida pedagogika faniga juda katta material tayyorlab 
beradi. 
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan 
esa ijtimoiy pedagogika (lat. Socium-jamiyat) Shuqullanadi. Sotsiologiya- insonning 
ijtimoiy turmushini o`rganish, guruh va jamiyatni o`rganishdir.
Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori- uning predmetidir.
Sotsiologiyaning faoliyat maydoni keng bo`lib, u ko`chada individlarning tasodifiy 
to`qnaShuvlaridan to global ijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilishgacha bo`lgan sohalarni 
qamrab oladi.
Sotsiologiya bizga o`zimiz haqimizda, o`zimiz yashayotgan jamiyat haqida
Shuningdek makon va zamonda bizdan uzoq bo`lgan jamiyatlar haqida bilim olish 
imkonini beradi.
Sotsiologiya keyingi 2-3 asr davomida kishilik jamiyatida yuz bergan 
o`zgarishlarni o`rganish asosida maydonga keldi. Hozirgi ijtimoiy dunyoning eng muhim 
xususiyatlari orasida sanoatlaShuv, urbanizatsiya va siyosiy tizimlarning yangi tiplarini
sanab o`tish mumkin.
Sotsiologiya boshqa fanlar bilan uzviy bog`langan. Barcha ijtimoiy fanlar inson 
xudq- atvorini o`rganadi. Sotsiologiya antropologiya, tarix, iqtisod va siyosatShunoslik 
orasidagi aloqalar muhimdir.
Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham 
uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy
pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana Shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika 
yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari
boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, Shuningdek 
ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi. Ijtimoiy 
pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim 
ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda o`qituvchi yoki tibbiy xodim singari 
ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va 
ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan 
ancha osondir. 


Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan va juda murakkab jarayon. Bir tomondan har 
qanday jamiyat o`z rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallar, 
axloqiy me'yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni 
qabul qilib, o`rganib mazkur jamiyatda yashash, uning to`laqonli a'zosi bo`lish imkoniga 
ega bo`ladi. Uning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq tarzda 
ta'sir ko`rsatadi, uni ta'lim va tarbiya doirasida amalgi oshiradi. Ikkinchi tomondan, uning 
shakllanishiga turli g`oyalar, ijtimoiy muhit ta'sir kqrsatadi. Uning uchun bunday 
yo`nalishlar, stixiyali ta'sirlar yig`indisi har doim ham milliy mustaqillik manfaatlariga 
javob bermaydi. Jamiyat o`z tuzilishiga yega turli xil o`zaro bir-biriga bog`liq va bir-
biriga ta'sir etadigan davlvt jamoat institutlariga ega bo`lib, ular ijtimoiy hayotni tashkil 
etish va boshqarish shakllarini anglatadi. Odamlar bu ijtimoiy normalar ijtimoiy qoidalar 
bilan munosabatga kirishadilar va uni o`rganadilar. Ammo turli xil ijtimoiy 
institutlarning g`oyaviy tarbiyadagi roli bir xil emas. Ulardan biri bolaning rivojlanishi 
va ijtimoiy tiklanishi uchun ularga tabiiy ta'sir ko`rsatsa, boshqasi shaxsning shakllanishi 
uchun maqsadga muvofiq vazifani bajaradi. Bular ijtimoiylashtirish institutlari nomini 
olib, ularning arkibiga oila, ta'lim, madaniyat va din kabilar kiradi. 
Oila ijtimoiy pedagogikaning asosiy instituti , oila vositasida odam asosiy ijtimoiy 
bilimlarni o`rganadi, axloqiy maxorat va malakaga ega bo`ladi, xayoti uchun zarur 
bo`lgan ma'lum qadriyat va makurani egallaydi. Bolalarning muvaffaqqiyatli 
ijtimoiylashtirish uchun muhim ahamiyatga yega bo`lgan yana bir institut-ta'lim 
muassasasidir. Odam uzluksiz ta'lim orqali jamiyatda tarkib topgan qadriyatlar, boyliklar 
bilan munosabatda bo`ladi. Odam bilim olish jarayonida faqat aqliy jihatdan rivojlanib 
qolmay, jamiyat hayotiga moslashadi. 
Ijtimoiy pedagogika- bu pedagogik fanlarning muhim yo`nalishlaridan biri bo`lib, 
uning tadqiqot ob'ekti shaxs bo`lib, u aniq manzilga ega. Ya'ni ijtimoiy pedagogikaning 
ob'ekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy qayotda adashgan, odob-axloq 
me'yorlaridan oqishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muxtoj shaxslar, Shuningdek 
jamiyat a'zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti 
esa-bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir. 
Ijtimoiy pedagogika-bu shaxslarning ijtimoiylashuvi qamda ularga ijtimoiy ta'lim 
va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fani tarmoqidir. 
Shaxsning ijtimoiylashuvi esa - bu ma'lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, 
me'yorlar, hatti-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirisha borish jarayonidir. 

Yüklə 361,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə