Book · June 020 citations reads 18,691 author



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

rejalashtiruvchi
– investitsiya strategiyasi va siyosatini ishlab chiqishni 
amalga oshirishdagi boshqaruv jarayoni stadiyasi. Investitsiya strategiyasi xo’jalik 
sub’ektining ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati siyosati bilan bevosita bog’liqdir va 
uning barqarorligi va joriy va istiqbolli davrdagi ishonchliginini ta’minlashga 
yo’naltirilgan; 

tashkiliy
– ishlab chiqilgan investitsiya strategiyasi va siyosatini amalga 
oshirish uchun moliyaviy resurslarga bo’lgan talab, o’zlik va jalb etilgan mablag’lar 
nisbatini, mablag’larni jalb etish shakllarini aniqlashni talab etadi. Strategik 
investorlarni, birmuncha foydali investitsiya loyihalarini va portfellarni, investitsiya 
jarayonining maqsadga muvofiq boshqarilishini tashkil jtish algoritmini izlab topish 
muhim hisoblanadi; 

muvofiqlashtiruvchi
– investitsiya faoliyatidan samarali natijani olish uchun 
investitsiya jarayonining har bir bosqichida monitoring va investitsiya siyosatida 


28 
ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishga yo’naltirilgan barcha harakat va 
chora-tadbirlarni amalga oshirish, investitsiya bozoridagi kon’yunktura o’zgarishi 
bilan bog’liq qabul qilingan qarorlarni moslashtirish zarur hisoblanadi. 
Investitsiya menejmenti quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo’ladi: 
- xo’jalik sub’ektining ishlab chiqarish salohiyati va iqtisodiy o’sishini 
ta’minlashga; 
- investitsiya loyihasi, ob’ektining daromadliligini maksimallashtirish; 
- investitsiya faoliyati, loyihasi risklarini minimallashtirish; 
- investitsiya ob’ekti, loyihasining risk va daromadliligini hisobga olgan holda 
tahlil qilish, tanlash va baholash (yana bir bor). 
Shunga ko’ra, 
investitsiya menejmentining maqsadi
ko’proq foyda 
(daromad) keltiruvchi va kamroq riskka ega bo’lgan investitsiyalarni, investitsiya 
loyihalarini tanlashdan iboratdir. Investitsiya menejmentining o’zi – bu bir san’atdir. 
Uning ahamiyati shunda namoyon bo’ladiki, u sabab investorda boshqa investorlarga 
nisbatan ko’proq daromad olish va nisbatan kamroq riskka duchor bo’lishga imkon 
beruvchi investitsiya ob’ektlari, loyihalarini izlab topish va tanlash imkoniyati 
yaratiladi va o’z maqsadi va ustunligiga erishadi. 
Loyihalarni boshqarish amaliy va sintetik fan hisobanadi. Loyihalarni 
boshqarishning alohida fan sifatida yuzaga kelishi loyihalarni boshqarishga bo’lgan 
talab va boshqarish usullarini ishlab chiqish va tanlashga bo’lgan zaruriyatning 
ortishi bilan bevosita bog’liq hisoblanadi. Bu, ayniqsa, 1970-yillarda G’arb 
mamlakatlaridagi yirik kompaniyalarning aksariyat qismida faoliyat sohalarining 
kengayishi va murakkablashib borishi, raqobat sharoitlarining kuchayishi sabab 
loyihalarni boshqarish usullarining rivojlanishi va keng foydalanilishiga katta ta’sir 
ko’rsatdi. Mazkur jarayonning faollashuvi axborotlarni qayta ishlashning 
kompyuterlashtirilgan tizimini keng joriy etish imkonini keltirib chiqardi va buni 
quyidagi 1.1-jadval orqali ham ko’rish mumkin. 


29 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə