Book · June 020 citations reads 18,691 author



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
1.4. 
“Loyihani boshqarish” tushunchasi. Loyihani boshqarish
investitsiyalarni boshqarish va funksional menejmentning o’zaro bog’liqligi
Loyihalarni boshqarish boshqaruv orqali amalga oshiriladi. Shunga ko’ra, 
aytish mumkinki, 
boshqaruv
– bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun, 
uslublar va tamoyillar yig’indisi orqali biror ob’ektga maqsadga muvofiq ta’sir 
etish.
Inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, investitsiya loyihalarini 
amalga oshirish sohasiga ham boshqaruv jarayoniga taalluqlidir. 
Investitsiya loyihalarini boshqarish ma’lum bir uslub va tamoyillarga tayanib 
maxsus loyiha menejeri yoki loyiha boshqaruv kengashi tomonidan amalga 
oshiriladi. Loyihalarni boshqarish, aksariyat hollarda, loyiha menejeri tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Loyiha menejeri – bu loyihaga yo’naltirilgan kapital harakati, 


26 
pul oqimi, foyda, jamg’arma va reinvestitsiyalash, daramad va xarajatlar 
balansini uzluksiz tahlil qilib va o’rganib boruvchi hamda ularga ta’sir 
ko’rsatuvchi sub’ekt.
Investitsiya loyihalarini boshqarish moliyaviy menejmentning asosiyni tashkil 
etish bilan birga o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Moliyaviy menejment
shunday tizimki, bunda korxonani boshqarishning umumiy maqsadlariga erishishga 
yo’naltirilgan foliyat amalga oshiriladi. Moliyaviy menejment, bir tomondan, 
muayyan qonuniyatlariga ega boshqariluvchi tizim bo’lsa, boshqa tomondan, 
korxonani boshqarishning umumiy tizimi tarkibi sifatida boshqarish tizim 
hisoblanadi. Bu holat loyiha boshqaruvida ham namoyon bo’ladi. 
Loyiha menejeri loyiha tashabbuskori yoki ta’sischilar tomonidan tayinlangan 
sub’ekt – yuridik yoki jismoniy shaxs bo’lishi mumkin. Loyihani amalga oshiruvchi 
tadbirkor bilan loyiha menejeri o’rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, tadbirkorda 
ochilgan imkoniyatlardan foydalanish bo’yicha, loyiha menejerida esa mavjud 
resurslardan foydalanish bo’yicha strategik yo’nalish mavjud bo’ladi. G’oyani 
amalga oshirishda tadbirkorda natijaga tezkor erishishga yo’naltirilgan revolyutsion 
yondashish kuzatilsa, loyiha menejeriga uzoq muddatli istiqbolga yo’naltirilgan 
evolyutsion yondashish xosdir. 
Investitsiya loyihalarini boshqarishni turli sxemalar asosida ham amalga 
oshirish mumkin va uni quyidagi variantlarda ifodalash mumkin: 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə