Book · June 020 citations reads 18,691 author


Mustaqil o’zlashtirish va nazorat uchun savollar



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/181
tarix19.12.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#151067
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   181
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Mustaqil o’zlashtirish va nazorat uchun savollar: 
 
1. 
Investitsiya loyihalarini boshqarishning mohiyati va o’ziga xos 
xususiyatlarini aytib bering. 
2. 
Loyihalarni boshqarishda axborotlar hamda ular manbalarini aniqlash va 
shakllantirishning ahamiyatini ayting. 
3. 
Investitsiya loyihalarini boshqarishning xorij tajribalarini bilasizmi? 
4. 
Loyihalar tasnifini keltiring. 
5. 
Loyihaning ishtirokchilari tarkibini aytib bering. 
6. 
Loyihani 
boshqarish, 
investitsiyalarni 
boshqarish 
va 
funksional 
menejmentning o’zaro bog’liqligi nimada? 


36 
2-BOB. LOYIHA BO’YICHA INVESTITSIYA STRATEGIYASINI 
ISHLAB CHIQISH 
 
2.1. Investitsiya strategiyasi tushunchasi va uning ahamiyati 
 
Har bir inson biror-bir ishni bajarishdan oldin uni rejalashtiradi, xuddi 
shuningdek, har bir korxona yoki tashkilot biror-bir vazifani bajarishdan avval uni 
rejalashtiradi. Strategiya ham rejalashtirishga o’xshab ketadi, ammo strategiya 
kattaroq tushunchadir. 
Strategiya
deganda, avvalambor, tanlangan yo’l tushuniladi
ya’ni korxona o’z faoliyatini, kelajakni o’ylab, kelajakdagi daromadini sarhisob qilib, 
bundan so’ng korxonasida qanday risklar borligini va ularning oldini olish yo’llarini 
ishlab chiqishi tushuniladi. 
Hozirda bizda juda oz korxonalarda bunday rejalashtirishlar, strategiyani 
tanlash olib boriladi. Chunki, murakkab bozor sharoitida kelajakni o’ylab aniq bir 
ishni amalga oshirish juda qiyinligi sababli korxona rahbarlari bunday strategiyalar 
tanlashmaydi va to’g’ridan-to’g’ri faoliyat olib boriladi. Bozorning tez-tez o’zgarib 
turishi va boshqa bir qancha omillar ta’sirida, hatto, eng yirik tashkilotlar ham reja 
tuzmaydilar, strategiya tanlamaydilar. Ammo, faoliyatni rejalashtirish juda ko’p 
foyda keltiradi. Buyuk iqtisodchi Melvil Branch strategiya to’g’risida shunday fikrlar 
bildiradi: strategiya korxona rahbarlarining faoliyatlar istiqbolini ko’ra bilishini, 
korxona tomonidan tanlangan qarorlar aniqligini, korxona faoliyati yo’nalishini aniq 
tanlashni (ham siyosiy, ham iqtisodiy), kelajakdagi risklarni ko’ra bilishni anglatadi. 
Loyiha strategiyasini tuzishda quyidagi to’rt elementga ko’proq e’tibor 
qaratmoq lozim. Bular: 
- geografik joy; 
- bozor hissasi; 
- «mahsulot-bozor» aloqasi; 
- raqobat va bozor mukammallashuvi. 

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə