Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo’yiladigan talablar


Kollegiallik(ko’pchilik) tamoyili



Yüklə 39,37 Kb.
səhifə6/9
tarix17.12.2023
ölçüsü39,37 Kb.
#149721
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo’yiladigan talablar-fayllar.org

Kollegiallik(ko’pchilik) tamoyili "koalitsiyalar", ya'ni turli ittifoq yoki birlashmalar ro’yirost ma'lum bo’lib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat qiladigan hollarda amal qiladi. Shu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yo’liga o’tiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun ko’pchilikning ovoziga tayaniladi. Ko’pchilik hollarda yarmidan ko’p ovoz gohida printsipial masalalar yuzasidan me'yor 2/3 deb tasdiqlanadi.

Konsensus tamoyili pur fikrlilik, ya'ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo’llaniladi. O’z mohiyati bilan: Konsensus - bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir.
Konsensusga o’zaro fikr almashish va maslahat, shuningdek, ilgari surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo’llash yordamida erishiladi.
"Ringi" usuli yapon biznesida keng qo’llaniladigan usuldir. Bu usulga ko’ra majlislarda emas, balki so’rab chiqish yo’li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi (11-jadval).
11-jadval. "Ringi" usulini qo’llash bosqichlari

T/r

Bosqichlar

Izoh


Birinchi bosqich


- Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan qaror qabul qilinishi lozim bo’lsa, shu muammo (masalan, yangi mahsulot turini ishlab chiqarishga) doir umumiy mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda o’rtaga tashlaydi.



Ikkinchi bosqich


- Muammo "pastga", ya'ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan pog’onaga uzatiladi.



Uchinchi bosqich


- Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlari bo’yicha ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtiloflarni, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni bartaraf etish bosqichidir.



To’rtinchi bosqich


- Muammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferentsiyalar o’tkaziladi.



Beshinchi bosqich


- Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim o’z muhrini bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.



Yaponiyada "Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas'uliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko’rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo’lgani uchun yapon matbuotida uning sha'niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo’lsa-da, uni qo’llashdan voz kechish to’g’risida hech narsa deyilmaydi.
Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.

Yüklə 39,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə