Bozor iqtisodiyotida narxning regulyatorlik V


ASOSIY QISM 1.EKOLOGIYA VA INSON



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə3/8
tarix31.12.2021
ölçüsü1,03 Mb.
#81612
1   2   3   4   5   6   7   8
Muhammadali Ismoliov

ASOSIY QISM


1.EKOLOGIYA VA INSON


  1. Odam o‘z faoliyati jarayonida tabiatga, ayniqsa, o‘simliklar va hayvonlar hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bunga antropogen omil deyiladi. Insonning tabiatga ko‘rsatadigan ta’sirini ikki guruhga bo‘lish mumkin. Ulardan biri tirik organizmlarga yoki ularning ayrim vakillariga ko‘rsatayotgan to‘g‘ridan - to‘g‘ri ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi esa insonning atrof - muhitni o‘zgartirish kabi salbiy ta’siri hisoblanadi. Odamlar qo‘riq erlarni ekinzorlarga aylantirish, botqoqliklarni quritish, o‘rmonlarni kesish va yaylovlarda uzluksiz mol boqish yo‘li bilan juda katta maydonlardagi o‘simliklar qiyofasini o‘zgartirib yuborishi mumkin, bu esa o‘z navbatida ana shu joylarda yashaydigan hayvonlar populyasiyalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. SHuningdek, ixota daraxtzorlari barpo qilish, sun’iy yaylovlar tashkil etish o‘simlikni bir joydan ikkinchi iklim sharoitiga kuchirish bilan ham o‘simliklar hayotini ancha o‘zgartiradilar.

Insonning tirik organizmlarga ko‘rsatayotgan ta’sirini to‘rtga guruhga ajratish mumkin:

  1. Oziqa va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun (ovlash, baliqchilik, o‘rmonlarni kesish, o‘tlarni o‘rish va shu kabilar) tirik organizmlardan foydalanish.

  2. O‘simliklarni ko‘paytirish (madaniylashtirish) va hayvonlar­ii qo‘lga o‘rgatish.

  3. Akklimitizatsiya va introduksiya, ya’ni organizmlarning tabiiy arialidan boshqa joylarga kuchirib olib borish va moslashtirish.

  4. YAngi madaniy o‘simlik navlari va hayvon zotlarini yaratish.

Inson tabiatga ko‘rsatadigan kuchli ta’siri orkali biotik va abiotik sharoitlarni o‘zgartiradi. Insonning ana shunday faoliyatlariga suv inshootlari qurilishlari (suv omborlari, gidroelektr stansiyalar), erning meliorativ xolatini yaxshilash (sug‘orish, kuritish), mineral o‘g‘itlar, pestitsidlar va defolyantlardan foydalanish natijalari kiradi.

Inson kamida 70 mln yil davomida tarkib topgan tirik dunyo manzarasini bir necha o‘n yilda o‘zgartirib yubordi. Uning tirik organizmlarga salbiy ta’siri natijasida er yuzida ko‘plab o‘simlik va hayvon turlari yo‘qolib ketdi. Ovchilik bilan intensiv shugullanish ko‘pchilik hayvon turlarini yuk kilib yubordi. Masalan, dengiz sigiri 26 yil davomida butunlay qirilib ketdi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Ahvolning keskinlashganligini hisobga olib xalqaro tabiatni muhofaza qilish birlashmasi tomonidan «Qizil kitob» tashkil etildi. Unga yo‘qolish arafasidagi yoki noyob o‘simlik va hayvon turlari kiritilgan. CHunonchi, respublikamizda yovvoyi hayvonlarning 99, parrandalarning 410, baliqlarning 79 turi mavjud bo‘lib, ulardan 32 tur hayvon, 41 tur parranda, 5 tur baliq O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. Uning tarkibidan 400 ta yo‘qolib borayotgan noyob o‘simlik turlari ham o‘rin olgan. Bu «Qizil kitob»ning asosiy maqsadi xavf - xatar ostida qolgan ko‘pchilik o‘simlik va hayvon tur­larini saqlab qolishdan iboratdir.

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik u yoki bu regionning iqlim sharoitini o‘zgartirib, uning fauna va florasiga tiklab bo‘lmaydigan darajada zarar keltirish mumkin.

Buning yaqqol misoli Orol dengizi muammosidir. Markaziy Osiyo suv resurslaridan rejasiz va o‘ylamasdan foydalanish hozirgi kunda Orol dengizi suvining kamayishi, hajmining keskin qisqarishiga olib keldiki, bu Orol atrofidagi ekologik sharoitni o‘ta og‘irlashtirdi.

Insonning tabiatga ko‘rsatgan ta’siri borgan sari ortib bormoqda. 80-yillarda o‘tkazilgan aerokosmik ma’lumotlarga ko‘ra, Er yuzida inson tegmagan er maydoni 38 mln km2 (yoki 28 %) ni tashkil etadi. Texnikaning rivojlanishi insonning tabiatga ko‘rsatgan salbiy ta’sirini, ayniqsa, ko‘chaytirmoqda. Er yuzidagi yashil o‘rmonlarda kishilar tomonidan hosil qilingan ko‘p miqdordagi yashil teshiklar ozon kavatidagi teshiklarga nisbatan ham xavfliroqdir.

Er yuzidagi ekologik krizisning chukurlashib borishiga rivojlanayottan mamlakatlar ham o‘z ta’sirlarini kuchaytirmoqdalar. Ular sanoat tarmoklarini rivojlantiraman deb, o‘zlarining tabiatlarini bo‘zmoqdalar.

Tashqi muhitning stabilligida, ya’ni uning muvozanatini ushlab turishda dunyo okeani va bo‘zilmagan er yuzining tabiiy ekosistemalari asosiy rol uynaydi.

Er yuzidagi ana shunday tabiiy ekosistemalarga SHimoliy yarimsharda Kanada va Rossiyaning ekosistemalari kirsa, Janubiy yarim sharda esa Braziliya, Afrika ekvatori hamda Avstraliya kiradi. Biosferaning doimiylik xususiyatini ushlab turishda Amazonka daryosi atrofida joylashgan ko‘p mahsuldor, namlik tropik o‘rmonlar, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.

Er yuzida hozirgi kunda kishilar tomonidan band qilingan erlar 25 mln km ni, ya’ni quruqlikning 1/6 qismini tashkil etadi. SHundan 10 mln km ni shaharlar, posyolkalar, qurilishlar, kommunikatsiyalar, poligonlar, tog‘ kon zavodlari joylashgan landshaftlar egallagan bo‘lsa, qolgan 15 mln km erlar agrotsenozlar va haydaladigan erlarni tash­kil qiladi. CHorva mollari uchun ajratilgan erlar 25 mln km ga yaqin. Demak, hozir insonning to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorati ostida 50 mln km2 er mavjud.

Er yuzasiga ko‘rsatilayotgan antropogen ta’sir benihoya katta. Agar atmosferaga bir yilda bir mln tonnaga yaqin zararli moddalar (SO2 siz) ajratib turilsa, Gidrosferaga 15 mln tonnaga yaqin ifloslantiruvchi moddalar tashlanadi. Er yuzasi esa 85 mln tonnaga yaqin antropogen chiqindilar bilan ifloslanadi. Ba’zi bir ma’lumotlarga qaragan­da 90 yillarda bu ko‘rsatkich 1500 km3 dan oshgan. Er yuzasi aholisining har bir jon boshiga o‘rta hisobda bir yilda 1,2 tonna ishlab chiqarish chiqindilari va 14 tonnaga yaqin xom - ashyoni qayta ishlash chiqindilari to‘g‘ri keladi.

Biroq, inson uchun bu chiqindilar orasida eng xavflisi toksik moddalar bo‘lib, ular ichimlik suvlar, oziq-ovqat moddalar hamda in­son va hayvonlar uchun oziqa hisoblangan o‘simliklarni zaharlaydi. Ana shunday toksik moddalarga birinchi navbatda og‘ir metal birikmalari, ba’zi bir neft chiqindilari (politsiklik aromatik uglevodorodlar (PAU), dioksinlar shaklidagi birikmalar, hamda har xil sintetik zaharlar - biotsidlar kiradi. Bundan tashqari ularga jangovar zaharlovchi moddalar ham kiradi

Biosfera va tuproqning ifloslanishi ko‘pchilik foydali hasharotlar, baliqlar, qo‘shlar va boshqa xil hayvon populyasiyalarining o‘lib ketishiga sabab bo‘lmokda. Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda har yili 2 mln ga yaqin kishilar pestitsidlar bilan zaharlanmoqda va 40 mingga yaqin kishi hayot bilan vidolashmoqda.

Zamon talabidan kelib chiqqan holda hozirgi kunda qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi biologik usullarni qo‘llashni keng joriy qilish lozim.

Tashqi muhitni zaharlaydigan muhim moddalardan biri bu - dioksinlardir. Bularning ta’siri ko‘p vaqtgacha, jumladan odam organizmida bir yilgacha saqlanib qoladi. Ko‘mir va axlatlarning yonishi, avtomobil dvigatellarining ishlashlari natijasida ham zaharli dioksinlar ajralib chikadi.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə