Braziliyaning umumiy iqtisodiy-geografik tavsifi Guruh: ek-59 Bajardi: Qulboyev Behzod



Yüklə 4,41 Mb.
tarix13.06.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#116997
Qulboyev Behzod EK 59 Global iqtisodiy rivojlanish fanidan mustaqil

Braziliyaning umumiy iqtisodiy-geografik tavsifi

Guruh: EK-59 Bajardi: Qulboyev Behzod

Reja:

  • Braziliya mamlakati
  • Braziliya yer resurslari
  • Braziliya aholisi
  • Qishloq xo‘jaligi

Braziliya – Janubiy Amerikaning eng yirik mamlakatidir.

U maydonining kattaligi va aholisining soniga ko‘ra jahonda 5-o‘rinni egallaydi. Umuman, maydoni 8547,4 ming km2, aholisi esa 201,0 mln. kishi (2013-y.).

Hududi mineral tabiiy boyliklarga boy. Unda 50 ga yaqin mineral xomashyo resurslari, ayniqsa, rangli va qora metallarning boy konlari topilgan.

Braziliya dunyo ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik marganes, boksit, polimetall konlariga ham ega. Uning hududida turli asl va nodir metall konlari ko‘p.

Braziliyaning qulay tabiiy sharoiti tufayli hududining 2/3 qismi nam ekvatorial o‘rmon (selva)lar va tropik changalzorlar bilan qoplangan. Shu sababli Braziliya jahonda o‘rmonga eng boy mamlakatlardan biridir.

Aholisi, asosan, tabiiy ko‘payish hisobiga yiliga 1,2 % ga o‘syapti. Aholisining etnik tarkibida 80 dan ortiq millat va etnik guruh qatnashadi.

Hozirgi vaqtda Braziliya o‘z avtomobilsozlik (yiliga 1 mln. dan ortiq avtomobillar ishlab chiqaradi), samolyotsozlik, kemasozlik tarmoqlariga ega.

Unda aniq va murakkab mashinasozlik, ayniqsa, fantalab mikroelektronika, radiotelemexanika, asbobsozlik kabi tarmoqlar katta yutuqlarga ega.

Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik ham, chorvachilik ham tovar ahamiyatiga egaligi bilan ajralib turadi.

Dehqonchilikda donchilik, kofe, banan va shakarqamish yetishtirish muhim rol o‘ynaydi.

Temiryo‘l, avtomobil, dengiz va daryo transportlari yaxshi rivojlangan.

Eksportga temir rudasi, rangli metallar, banan, kofe, shakarqamish, yog‘och, mashinasozlik mahsulotlarini chiqaradi.

Neft va neft mahsulotlari, mashinasozlik mahsulotlarini import qiladi. Eksporti 250 mlrd., importi 170 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi.


Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə