Bukhara State University



Yüklə 203,13 Kb.
səhifə3/13
tarix18.05.2023
ölçüsü203,13 Kb.
#110977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tuyliyeva Dilnoza

Sinf o`quvchilari sonining kamligi (3-5).

Bu o`qituvchiga tez – tez so`rab turish, o`quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash va tuzatish imkoniyatlarini beradi.

  1. Oz komplektli maktab o`qituvchisi daftar tekshirishga oz vaqt sarflaydi.

  2. O`quvchilar darsning taxminan 1/4 qismida mustaqil ishlaydi. Buning o`quv maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, uyushqoqlik, ishchanlik, qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi, o`z – o`zini tekshirish malakalari tarbiyalanadi.

  3. Katta sinf o`quvchilari kichik sinf o`quvchilariga yordam berishlari mumkin, chunki ular har kuni bitta sinf xonasida o`qishadi.

Oz komplektli maktablarda tabiatshunoslik darsining mazmuni.To`g`ri tuzilgan dars jadvali o`quv – tarbiya ishi uchun optimal sharoit yaratishda katta ahamiyatga ega. Ilg`or o`qituvchilar tajribalari shuni ko`rsatadiki, hamma sinflarda bir vaqtda tabiatshunoslik dars jadvali maqsadga muvofiq bo`ladi.
Bu boshqacha jadval tuzishni istisno qilmaydi.
Keyingi vaqtlarda hamma boshlang`ich sinflar predmetlarini ikki guruhga bo`lish ko`p uchramoqda. Bunda predmetlar guruhlarga kiritish uchun shu predmetlarning mustaqil ish uchun imkoniyatlari mezoni bo`lib hisoblanadi.
1-guruhga tabiatshunoslik, matematika, mehnat, tasviriy san'at kiradi, chunki bu predmetlarda qolganlariga nisbatan mustaqil ish uchun imkoniyatlari kattadir.
Hamma sinflarda tabiatshunoslik darslarining kombinatsiyalari ahamiyatlidir. Bunda birinchi sinfdan ikkinchi sinfga o`tishda o`z diqqat – e'tiborini o’tkazish oson, bir jinsli material mustaqil ishlar vaqtida o’quvchilar e’tiborini kamroq tortadi. Bundan tashqari, hamma sinf o`quvchilari uchun umumiy ish tashkil qilishga sharoit yaratiladi.

Yüklə 203,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə