Bukhara State University


Bolalar ekskursiyada tuproq bilan



Yüklə 203,13 Kb.
səhifə7/13
tarix18.05.2023
ölçüsü203,13 Kb.
#110977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Tuyliyeva Dilnoza

Bolalar ekskursiyada tuproq bilan tanishadilar, tuproq kesmalarini qarab chiqadilar. O’qituvchi ular e‘tiborini yer ostida joylashgan tuproq qatlamlari va tog’ jinslarining yotishiga qaratadi. Amaliy ish va tajribalar jarayonida o’quvchilar tuproq tarkibi to’g’risida bilib oladilar, o’z o’lkalari tuproqlarining xilma-xilligi to’g’risida tasavvur hosil qiladilar. Bu bo’lim birinchi bo’lib o’rganiladi, chunki u o’quvchilarni qishloq xo’jaligi mehnati bo’yicha mashg’ulotlarga (tuproqni kuzda ishlashga, ko’chat qalinligining ildizmevalar hosiliga va manzarali o’simliklarning gullash vaqtiga, o’g’itlashning ildizmevalarning hosiliga, gul manzarali o’simliklarning o’sishiga ta‘sirini o’rganish bilan bog’liq bo’lgan tajribalar qo’yishga nazariy jihatdan tayyorlaydi. Tuproq tarkibi to’g’risida tasavvurga ega bo’lmay turib, o’quvchilar madaniy o’simliklarning o’sish va rivojlanishi to’g’risida to’la qimmatli bilimlar ololmaydilar.
Mahalliy o’simlik va hayvonlarning bir necha turlari bilan o’quvchilar tabiat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga, shuningdek, o’quv tajriba maydonchasida o’tkazilgan ekskursiyalarda tanishadilar. E‘tibor tirik tabiat burchagi hamda tabiatning o’zida o’simlik va hayvonlarning o’sishi va rivojlanishini kuzatishga qaratilishi kerak.
Tabiat va inson” mavzusi bolalarga o’z joylarining yuzasi to’g’risida aniq va tasviriy tushunchalar berish maqsadiga ega. Bolalar O’zbekistonning eng muhim daryolari, ularning hosil bo’lishi, quyilishi, boshlanishi, o’zani to’g’risida dastlabki bilimlar oladilar. Tabiatdagi suv bilan ular mahalliy suv havzalariga ekskursiyaga borganlarida tanishadilar.
Foydali qazilmalar” mavzusida quruqlik har xil tog’ jinslaridan: granit, qum, loy, kaltsit va boshqalardan iborat ekanligi to’g’risida dastlabki tasavvur beradi. Bu mavzuchada foydali qazilmalarning xususiyatlarini o’rganish markaziy o’rinni egallaydi. Ularni o’rganish o’quv fani darslarda kuzatishlar o’tkazish yo’li bilan olib boriladi. Ekskursiyalar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, ularda bolalar foydali qazilmalarni qazib olish bilan, ishchilar mehnatini mexanizatsiyalash bilan tanishishlari, o’lkani qanday foydali qazilmalarga boy ekanligini bilib olishlari mumkin.
Tabiat va inson salomatligi” mavzusini o’rganish bolalar 1-2 sinflarda egallagan sanitariya-gigiyena bilimlari va ko’nikmalari asosida quriladi. Bolalarning xilma-xil hissiyot va qabul qilishlaridan to’laroq foydalanish uchun ko’rgazmali qurollarni namoyish qilish bilan birga ularni gigiyena qoidalarini amaliy jihatdan bajarishga o’rgatish zarur.
Gigiyena bilimlarining muvaffaqiyatli egallab olinishi o’qitishning barcha xilma-xil metodlari hamda uslublarini qo’llanish bilan ta‘minlanadi. Shu maqsadda “Odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish” mavzusini o’rganishda o’z-o’zini kuzatishdan keng foydalaniladi, uning yordamida faqat organizmda borayotgan jarayonlarni aniqlabgina qolmasdan, balki o’zining salomatlik holatini belgilash ham mumkin. Masalan, yurak qisqarishining tezligiga qarab, yurak va o’pka ishining normadan chekinishi to’g’risida fikr yuritiladi.
Imkoniyat boricha gigiyena qoidalarini muntazam bajarishga intilishni uyg’otuvchi xilma xil hissiy ta‘sir ko’rsatish vositalaridan foydalanmoq darkor. Bunday vositalarga qo’l, yuz va bo’yin terisini toza yuvishdan, kiyimlarining bashangligidan, tishlarining sog’lomligidan, xonaning tozaligidan, harakatning chaqqonligidan vujudga kelgan yoqimli taassurotlarni kiritish mumkin. Ayrim hollarda aksincha, salbiy emotsiyalarni: iflosga, pashshalarga va hokazolarga nafratni vujudga keltirish kerak. O’quvchilarni sanitariya tarbiyasida “Salomatlik burchagi”ni tashkil qilish katta ahamiyatga ega, uni o’qituvchi o’quvchilar bilan birga olib boradi. “Burchak”da bolalarga sanitariya va gigiyena qoidalarini eslatib turuvchi plakatlar, ishoralar osib qo’yiladi.
Odam organizmi va uning salomatligini muhofaza qilish” mavzusini o’rganishga bag’ishlangan darslarda bir necha minutni sanitar o’quvchilarning shaxsiy gigiyena qoidalarining bajarilishi to’g’risidagi qismlarga ajratish ma‘qul bo’ladi. Bu bolalarni intizomli qiladi va ularda mas‘uliyat his qilishni tarbiyalaydi.

Yüklə 203,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə