Bukhara State University


O’z Vatanining tabiati va odamlari mehnati to’g’risidagi bilimlarning keng doirasi



Yüklə 203,13 Kb.
səhifə6/13
tarix18.05.2023
ölçüsü203,13 Kb.
#110977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tuyliyeva Dilnoza

O’z Vatanining tabiati va odamlari mehnati to’g’risidagi bilimlarning keng doirasi o’qituvchiga umumiy ta‘lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy
yo’nalishlari qo’ygan eng muhim ta‘lim tarbiya vazifalarini amalga oshirishga imkon beradi.
3-sinfda o’quvchilar ob-havoni muntazam kuzatishni davom ettiradilar: bulutlanishni, shamol kuchini (kuchli, bo’sh, mo’tadil) belgilaydilar. Fenologik kuzatishlar o’tkazishni davom ettiradilar: kunning uzunligini (kalendar bo’yicha), barglarning sarg’ayishini xazonrezgilikni, yil fasllari bo’yicha o’simlik va hayvonlar holatini belgilaydilar. Barcha kuzatishlar “Kuzatishlar kundaligi” va umumsinf tabiat va mehnat kalendariga yozib boriladi.
Har oyning oxirida kuzatishlar umumlashtiriladi va yig’ma jadvalga kiritiladi. Unda shu oyning fenologik xususiyatlari belgilanadi. Kundaliklarga o’simlik va hayvonlar ustida olib borilgan umumlashgan kuzatishlar yoziladi. O’quvchilar jonsiz tabiatdagi o’zgarishlarning o’simlik va hayvonlar hayotidagi o’zgarishlar bilan qanday bog’liq ekanligi haqida xulosa chiqaradilar.

  1. sinfda umumsinf tabiat va mehnat kalendarini yuritish davom etadi, bu ikki yil davomida kuzatilgan hodisalarni taqqoslash imkoniyatini beradi. Har kuni ob- havo, o’simlik va hayvonlar holatini belgilab, o’quvchilar joriy kuzatishlarini o’tgan yili shu kun o’tkazgan kuzatishlari bilan solishtiradilar. Bunday ish kuzatishlarga qiziqishni, ularning sifatini oshiradi, tabiatshunoslik tushunchalarini chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi. “Madaniy o’simliklar ”, “Uy hayvonlari” mavzularini o’rganishda bolalar kuzatish, tajri ba, ekskursiya, amaliy ishlar o’tkazish yo’li bilan o’simlik va hayvonot dunyosining mahalliy vakillari bilan, o’z joyi yuzasining shakllari bilan, suv havzalari va suvning xususiyatlari bilan, tuproq hamda foydali qazilmalar bilan tanishadilar.

Bolalar uchun “Bizning o’lka” tushunchasi hammadan avval ularning uylari va maktabi joylashgan joydir, chunki ular ayniqsa atrof joyda bevosita kuzatishlari mumkin bo’lgan tuproq, o’simliklar, hayvonlar, yer yuzasining shakllari, suv havzalari, foydali qazilmalar bilan tanishadilar.
Madaniy o’simliklar ”, “Uy hayvonlari” mavzularini o’tishda o’qituvchi o’quvchilarning tabiat ob‘ektlarini kuzatishlariga, ularni kuzatishlar kundaligida va sinf tabiat va mehnat kalendarida qayd qilishlariga, kuzatishlarni umumlashtirishlariga va shuningdek, darslik sahifalaridagi topshiriqlarni bajarishlariga alohida e‘tibor qaratish lozim.

Yüklə 203,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə