Bukhara State University


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Uzluksiz ta'lim tizimida



Yüklə 203,13 Kb.
səhifə5/13
tarix18.05.2023
ölçüsü203,13 Kb.
#110977
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tuyliyeva Dilnoza

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Uzluksiz ta'lim tizimida davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g'risida” gi 1998 yil 5 yanvar qarori chiqdi va ushbu qarorga binoan “Davlat ta'lim standarti to'g'risidagi Nizom” tasdiqlandi. Unda boshlang'ich ta'lim 4 yillik deb qabul qilindi va 3-4 sinflarda “Tabiatshunoslik” fanining o'qitilishi ko'rsatib o'tildi.
1-2 sinflarda shakllanishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar. Mavzu bo’yicha yangi atamalar va xulosalar darslikda yo’g’on harf bilan ajratilgan, bu esda yaxshi qoldirishga yordam beradi. Xalq ertaklarining har xil vaziyatlarda tasvirlangan qahramonlari ko’pgina mavzularda bordir. Ular go’yo bolalar bilan birga atrof olamni bilib olishga o’rganadilar. Bunday uslub o’qituvchiga o’yin vaziyatini o’rgatishga va yaratishga, bolalarda tabiatga va o’quv faniga qiziqishni oshirishga yordam beradi. Rasmlar bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, shunga ko’ra ulardan ko’rilayotgan rasmda ilgarigiga qaraganda nimalar yangi vujudga kelganini so’rash zarur. Darslik rasmlar bilan bezatilgan, ularga savol va topshiriqlar berilgan. Ularning ba‘zilari o’qituvchiga bolalar e‘tiborini tabiat jismlari va hodisalarining har xil xususiyatlari, belgilarini aniqlashga, bu bilan dars mavzusi bo’yicha faktik materialni umumlashtirishga qaratishga yordam beradi. Savol hamda topshiriqlarning guruhi ikki yoki bir nechta rasmlarni o’zaro taqqoslashni talab qiladi yoki tabiat va odamlar mehnatidagi ba‘zi sabab bog’lanishlarni ochishni taklif qiladi. Darslikning savol va topshiriqlari o’qituvchiga bolalar e‘tiborini maqola mazmuniga qaratishga, undagi asosiylarni aniqlashga yordam beradi. Savollar yordamida bolalar o’rganiladiganlarni chuqur va ravshanroq tasavvur qiladilar.
Darslik materialida har bir mavzu bo’yicha o’rganilganlarning asosiy mazmunini aks ettiruvchi va tushunchalar mohiyatini ochib beruvchi qisqacha xulosalar ham bor. Tabiatshunoslik mazmunidagi matnlardan keyin tabiatdagi kuzatishlar uchun topshiriqlar, amaliy ishlarning rejalari berilgan. Darslikda ekskursiya hamda fan bo’yicha darslar o’tkazish uchun savol va topshiriqlar ko’rinishidagi material bor.
Darslik yil fasllarining O’zbekiston uchun xos belgilarni ta‘riflaydi, bolalarning tabiatdagi kuzatishlarini osonlashtiradi, jonsiz va tirik tabiat o’zaro bog’lanishlarini ta‘kidlaydi.
Darslikning asosiy g’oyasi - insonning tabiat bilan o’zaro aloqasi, inson mehnatining tabiatdagi ahamiyati, unda yurish-turishning qoidalaridir. Ijtimoiy hayotning hodisalariga bag’ishlangan maqolalari bolalar e‘tiborini inson, jamiyat va tabiatning birligiga qaratadi.
3-4 sinf “Tabiatshunoslik” darsligi bilan ishlash metodikasi. 3 sinfda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Tabiatshunoslikni alohida fan sifatida o’qitish 3-sinfdan boshlanadi. O’quv materiali “ Tabiatda suv va havo”, “Foydali qazilmalar”, “Tuproq”, “O’simliklar dunyosi”, “Hayvonot dunyosi”, “Tabiat va inson salomatligi”, “Tabiat va inson” mavzulariga birlashtirilgan. Tabiatshunoslik bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va boyliginigina emas, balki boshqa mamlakatlar xalqlari bilan qardoshlarcha hamkorlikda o’z mamlakatining ahamiyatini ko’rsatishga ham imkon beradi.

Yüklə 203,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə