Bukhara State University



Yüklə 203,13 Kb.
səhifə8/13
tarix18.05.2023
ölçüsü203,13 Kb.
#110977
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Tuyliyeva Dilnoza

Gigiyena
bilimlari hamda ko’nikmalarini egallab olishga bolalarni odam tanasining tuzilishi va a‘zolarining vazifalari to’g’risidagi oddiy ma‘lumotlar bilan tanishtirishga yordam beradi. Bolalar odam organizmining bir butun ekanligini tushunib olishlari kerak. Uchinchi sinf o’quvchilari uchun muskullar bilan qon aylanishning, muskullar bilan ovqatlanishning o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar to’la tushunarlidir. “Nerv sistemasi” va “Sezgi organlari” mavzularini o’rgana borib, o’quvchilar ishlayotgan organlar o’rtasidagi, shuningdek, organizm bilan atrofmuhit o’rtasidagi aloqalarning qanday amalga oshishi to’g’risida ma‘lumotlar oladilar.
Gigiyena bilimlari va ko’nikmalarini o’qitishni faqat o’qish vaqti bilan cheklanmaslik kerak. Salomatlikni muhofaza qilishga, kun rejimini, shaxsiy ijtimoiy gigiyena qoidalarini bajarishga, o’quvchilar turmushiga jismoniy mashqlar hamda sport o’yinlarini tatbiq qilishga bag’ishlangan o’qishdan tashqari vaqtlardagi suratlar, kinofilmlar namoyish qilish, shu mavzular bilan bog’liq ertaliklar o’tkazish darslarda olingan gigiyena bilimlari hamda ko’nikmalarini chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi.

  1. sinfda tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi. Tabiatshunoslikni alohida o’quv fani sifatida o’qitish 4-sinfda ham davom etadi. O’quv materiali “Yer – Quyosh sistemasidagi sayyora”, “Yer yuzi tabiatining xilma-xilligi”, “Vatanimiz bo’ylab sayohat”mavzulariga birlashtirilgan.

Yer – Quyosh sistemasidagi sayyora” mavzusini o’rganishning boshlanishida bolalar yozgi topshiriqlarga yakun yasaydilar, jonajon o’lka tabiati to’g’risidagi materialni takrorlaydilar, keyin “Yulduzlar”, “Quyosh” mavzulari bilan tanishadilar. Amaliy ish va mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar ayrim narsalarni, sinfni, maktab maydonchasini rejada qanday tasvirlash kerakligi bilan tanishadilar.
Quyosh” mahalliy belgilar, kompos bo’yicha orientirlashga o’rganadilar. Bu mavzucha o’quvchilarni geografiya xaritasini tushunishga olib kelish uchun zarur asos bo’lib xizmat qiladi. O’z joyini o’rganishga asoslanib, o’qituvchi o’quvchilarda O’zbekistonning tabiiy xaritasi to’g’risida, boshlang’ich tasavvurlar hosil qiladi. Xarita bilan ishlash butun o’quv yili davomida davom etadi.
Xaritalarda foydalanilgan shartli belgilar bilan o’quvchilarni tanishtira borib, ularni o’z o’lkasi tabiatining tegishli rasmlari bilan taqoslash kerak. Shunga intilish kerakki, xarita ham bolalar uchun kitob kabi bilim manbai bo’lib qolsin.
Yer yuzi tabiatining xilma-xilligi” kichik mavzusi bolalarni mamlakatimiz tabiatning xilma-xilligi to’g’risidagi asosiy ma‘lumotlar bilan tanishtiradi. “Yer yuzi tabiatining xilma-xilligi” mavzusini muvaffaqiyatli ravishda o’rganish uchuntabiiy va tabiiy zonalar) xaritalaridan, gerbariy, devoriy surat, kinofilm, rasm, jurnal va gazetalardagi fotosuratlardan, radio va teleko’rsatuvlardan keng foydalanish zarur. Xaritani o’qishda shartli belgilardan foydalanib, o ’quvchilardaftarida yozilgan har bir zonaning tabiiy sharoitlari xarakteristikasi: 1-xaritadagi holati; 2-daryo va ko’llari; 3-yil fasllari; 4-o’simliklari; 5-hayvonot dunyosi; 6-shahar va qishloqdagi odamlar mehnati kabilarni o’z ichiga olgan rejadan foydalanishga o’rgatish kerak. Ular xaritadan har bir zonani, ularning qaysi qismida joylashganligini ko’rsatib bera olishlari kerak.
Tabiiy zonalar relefi umumiy doirada, masalan, “asosan tekisliklar va tog’lar va hokazolar bor” tarzida ta‘riflanadi. Yil fasllarini xarakterlash qish va yozning xarakterli harorati va yog’inning ko’pozligini tasvirlash bilan birga olib boriladi. Bunda yil fasllarining xususiyatlarini shu hududda Quyoshning yoz va qish vaqtlarida yoritish xarakteri bilan bog’lash lozim. Masalan, “Cho’lda Quyosh yozda ufqdan yuqoriga ko’tariladi va deyarli tik tushuvchi nurlari Yer yuzasini kuchli qizdiradi yoki “Tundrada, hatto yozda ham Quyosh ufq ustida pastda turadi va uning nurlari yer yuzasi bo’ylab qiya holda o’tadi, uni kuchsiz ravishda qizdiradi”. O’quvchilar yil fasllari, o’simliklari, hayvonot dunyosi, qishloq xo’jaligidagi odamlar mehnati to’g’risida hikoya qilayotganlarida bunday talqinlarga asoslanishlari kerak. Mantiqiy mulohazaning bunday izchilligi faqat ushbu mavzuninggina emas, balki ilgarigi mavzuning ham - Yerning sharga o’xshashligi va uning holatini Quyosh atrofida yillik harakati vaqtida o’zgarishi to’g’risidagi materialni ongli o’zlashtirib olinishiga yordam beradi.
Bilimlarni mustahkamlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun xarita bo’ylab xayolan sayohat o’tkazish foydalidir, bu sayohat vaqtida bolalar yo’lga nimalar kiyib olishlarini, yo’lda nimalarni ko’rishlarini, qanday o’simlik va hayvonlar uchrashini aytishlari kerak bo’ladi. U yoki bu zonaning tabiiy sharoitlarini ta‘riflashda bolalar o’simliklar dunyosini ta‘riflashga ko’proq e‘tibor berishlari kerak. Bunda o’simliklarga umumiy xarakteristika berish, o’simliklarning tipik turlarini ta‘riflash va ularning gerbariy namunalarini ko’rsatish kerak. Shunga ko’ra o’simliklarni o’rganishga bag’ishlangan daslarni predmetli dars sifatida tuzish maqsadga muvofiqdir, bunda tarqatma materiali qilib gerbariylardan, landshaft to’g’risida tasavvur shakllantirish uchun esa suratlardan foydalaniladi.
Hayvonot dunyosining ta‘rifi bolalarga tanish bo’lgan yovvoyi hamda uy hayvonlarining guruhlari bo’yicha sistematik tasvirlardan iborat bo’lishi kerak. Bunda hayvonning tashqi ko’rinishi, nima bilan oziqlanishi, ovqatni qanday topishi, ba‘zi xulq-atvori, odam uchun foydalimi yoki zararlimi ekanligi ko’rsatiladi. O’lkamiz biror qismining tabiiy xususiyatlarini o’rgana turib, o’quvchilar uning uchun xarakterli bo’lgan qishloq xo’jaligi va sanoat ishlab chiqarishining turlari to’g’risida tasavvur olishlari kerak.

Yüklə 203,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə