Bukhara State University


Vertikal bog’lanish deganda, o’quv fanlari mavzulari dastur va o’quv rejasi asosida



Yüklə 203,13 Kb.
səhifə11/13
tarix18.05.2023
ölçüsü203,13 Kb.
#110977
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Tuyliyeva Dilnoza

Vertikal bog’lanish deganda, o’quv fanlari mavzulari dastur va o’quv rejasi asosida avvalgi sinflarda o’zlashtirilgan bilimlardan foydalanish orqali sinflar aro
bog’lanish tushuniladi. Masalan,4-sinf “Tabiyatshunoslik” darsligidagi, “O’rmonlar” “O’lkamiz tog’lari tabiati”,”Insonning tabiatga ta’siri.Qo’riqxonalar” , “Toshkent shahri va Toshkent viloyati tabiati” mavzularini 3-sinf “O’qish” darsligidagi “Ona tabiat.”(She’r. Qambar ota), “Tabiat bilan suhbat.”(Rivoyat),”Inson insonga o’rtoq (She’r. H. Yoqubov) “Toshkent” mavzulari bilan fanlar aro o’zaro bog’lab tushuntirish misol bo’ladi. Bu kabi bog’lanish turlari asosan, sinfdan tashqari (har xil to’garaklarda, olimpiada, konferentsiya va boshqalar bo’yicha) o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish mumkin
Dars jarayonida fanlar aro aloqadorlikni samarali amalga oshirish o’quvchilarni yangi o’quv materiallarini qabul qilishga tayyorlash, fanlar aro, mavzular aro bog’lanishni amalga oshirish, muammoli vaziyatlarni yaratish, shuningdek, har bir darsni rejalashtirish va ularni mohirona o’tkazish o’qituvchidan chuqur va puxta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi. Bu esa o’z navbatida dars samaradorligini orttirishga xizmat qiladi.O`qituvchi reja tuzishda bu kichik darslarning mazmunini aniqlashdan tashqarii, bu ish darsning qaysi bosqichida, qancha vaqt, qaysi metodlardan foydalanishni ham o`ylashi kerak.
Oz komplektli maktabda tabiatshunoslik darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish xususiyatlari.
Mustaqil ish darsning asosiy qismini o`z ichiga oladi. Demak, o`quvchilarni mustaqil ish usullari bilan tanishtirish, unda tabiatshunoslikni o’qitishda turli metodlardan foydalanish maqsadga muofiqdir.
Agar mustaqil ish maqsadi va bajarish usullari o`quvchilarga ravshan bo`lsa, ish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Shu sababli ishni bajarishga oid yo`l – yo`riqlar muhimdir. Ular qisqa, aniq bo`lishi lozim.

Yüklə 203,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə