Bukhara State University


Maktab ta’limidagi tabiiy fanlar o’quvchilarga dunyoning hozirgi ilmiy manzarasi



Yüklə 203,13 Kb.
səhifə10/13
tarix18.05.2023
ölçüsü203,13 Kb.
#110977
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Tuyliyeva Dilnoza

Maktab ta’limidagi tabiiy fanlar o’quvchilarga dunyoning hozirgi ilmiy manzarasi niochib beradi. Shu bois tabiat haqidagi fanlar o’quvchi
dunyoqarashining tabiiy-ilmiy asosini tashkil etadi. Fanlar aro aloqadorlik o’quvchilarning umumlashgani lmiy tushunchalarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bilimlar integratsiyasi ta’limga o’zgacha yondashishni taqozo qiladi. CHunonchi, o’quv materialini umumlashgan tizimda bayon qilish, ta’lim-tarbiya jarayonida muammoli, modulli, shaxsga yo’nalgan texnologiyalardan foydalanish zarurligini ko’rsatadi.
Darhaqiqat,boshlang’ich ta’limda fanlar aro bog’lanishni to’g’ri yo’lga qo’yish va undan mohironalik bilan foydalanish o’quvchilarning bilish ehtiyojini orttiradi. O’quvchilarning o’quv faoliyatini faollashtiradi, dunyoqarashini kengaytiradi. SHuningdek, o’quvchilarning tabiatshunoslik va boshqa fanlarga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Tabiatshunoslikni o’qitishjarayonida tabiiy hodisalar, jarayonlar va qonuniyatlardan foydalanish o’quvchilarda tabiiy fanlar yuzasidan olgan bilimlarining puxta bo’lishiga va ularning chuqur o’zlashtirilishiga olib keladi.
Keyingi yillarda fanlar o’rtasidagi fanlar aro bog’lanishni integratsiya atamasi bilan yuritish odat tusiga aylangan.
Integratsiya – lotincha “integratio” so’zidan olingan bo’lib, to’liq, yaxlit, bir butun degan ma’nolarni bildiradi.Fanlar aro o’qitishda ichki va tashqi bog’lanishlar bo’lib, ichki bog’lanish deganda shu sohaga oid o’quv fanlari mavzularining o’zaro bog’lanishi tushuniladi. Tashqi bog’lanishda esa, mazkur soha fanlari bilan boshqa o’quv fanlari mavzularining o’zaro bog’lanishi tushiniladi.
Boshlang’ich ta’limda tabiatshunoslik o’quv fanlari dasturlarini mazmunan maqsadga muvofiq tahlil qilish, ularni fanlar aro o’qitishda uzviylik, ya’ni gorizontal va vertikal bog’lanishlarni aniqlash, ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash o’quvchilarning bilish faoliyatini faolllashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Gorizontal bog’lanish deganda, o’quv fanlari mavzulari dastur va o’quv rejasi asosida sinflar aro parallel bog’lanish tushuniladi. U quyidagicha ifodalaniladi: 2- sinf “Atrofimizdagi olam ” darsligidagi “Kuz- hosil yig’iladigan fasil”, “Hasharotlar hayoti”, “Qish”. “Bahorda o’simliklar hayoti” “Bahorda kishilarning mehnati” “yoz o’tadi soz”mavzularini 2-sinf “O’qish” darsligidagi “Kuz ne’matlari”, “Chumoli bilan Chigirtka”. (O’zbek xalq ertagi), “Qish manzarasi” “Bahor keldi”.(She’r. Otayor) “Dono dehqonbobo”(ertak) “Yoz”. (She’r. Habib Rahmat) mavzularini fanlar aro o’zaro bog’lab tushuntirish misol bo’ladi. Bu bog’lanish turi asosan, dars jarayonida sinflar aro parallel ravishda shakllantiriladi.

Yüklə 203,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə