Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism 5230900


-jadval. Tranzaksiya bo‘yicha agentning yakuniy hisoboti



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə131/143
tarix22.05.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#87655
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   143
AUDIT UMK 1-QISM 2022

2-jadval.
Tranzaksiya bo‘yicha agentning yakuniy hisoboti



Provayder



Servis



So‘mma



Hisob-
varaqqa
so‘mma

Agentning
vositachilik
haqi

Tranzaksiya-
lar soni



UzMobile

Hisob-varaqni to‘ldirish

3 000

2 820

120

1

Bilayn

Hisob-varaqni to‘ldirish

344 400

323 990

13 522

114

UCell

Hisob-varaqni to‘ldirish

514 905

484 549

20 058

218

Jami:

862 305

811 359

33 700

333


Provayder



Naqd so‘mma



Plastik
kartalar-
dan so‘mma

Qayd
etilgan
naqd so‘mma

Depozitdan
olingan
naqd so‘mma

Haq



Tranzak-
siyalar
soni

UzMobile

3 000

0

2 820

2 880

120

1

Bilayn

344 400

0

323 990

330 878

13 522

114

Ucell

514 905

0

484 549

494 847

20 058

218

Jami

862 305

0

811 359

828 605

33 700

333



3-jadval.


Yuqorida keltirilgan muomalalar korxona buxgalteri tomonidan quyidagi tartibda hisobga olingan:

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni

So‘mma
(so‘m)

hisobvaraqlar korrespondensiyasi

Debet

kredit

Bosh agent bilan shartnoma tuzish chog‘ida kafillik badali o‘tkazilgan

1 500 000

5530
4890

5110
5530

Jismoniy shaxslardan naqd pul mablag‘lari (to‘lovlar) qabul qilingan

862 305

5010

4890

Naqd pul mablag‘lari inkassatsiyalangan

862 305

5710
5531

5010
5710

Aholidan to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan haq so‘mmasi aks ettirilgan

33 700

5110
4890

5531
9030

Maxsus hisobvaraqdan pul mablag‘lari bosh agentga kafillik badali sifatida o‘tkazilgan

828 605

4890

5531

Talab qilinadi:


1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim?
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing.

14-MAVZU: MAJBURIYATLAR AUDITI

Takrorlash uchun savollar



  1. Berilgan kreditlarni ta’minlanishini tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?

  2. Safar xizmatiga jqnatilgan xodimlar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?

  3. Kredit va qarzlar bo’yicha muomalalarni tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi?

  4. Hisoblashish muomalalari qanday me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinib turiladi?

  5. Hisoblashish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi qanday?

  6. Hisoblashish va kredit muomalalarni audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirishi manbalari bo’lib xizmat qiladi?

  7. Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy hususiyatlari mavjud?

  8. Berilgan va olingan avanslar bo’yichahisoblashishlar auditining qanaday asosiy hususiyatlari mavjud?

  9. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar auditining qanday asosiy xususiyatlari mavjud?

  10. Da’volar bo’yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlar mavjud?

  11. Byudjet bilan hisoblashishlar auditining qanday asosiy xususiyatlari mavjud?

  12. Byudjetdan tashqari fondlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud?

  13. Mehnat haqi bo’yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday xususiyatlari mavjud?

  14. Moddiy javobgar shaxslar bo’yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud?

  15. Moddiy zararlarni qoplash bo’yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud?

  16. Ta’sischilar bilan hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud?

  17. Turli debitor va kreditorlar bo’yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud?

  18. Sho’’ba korxonalar bilan hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud?

  19. Kreditlardan maqsadli foydalanishni tekshirish qanday amalga oshiriladi?

20. Korxonaning asosiy faoliyat turi - tibbiy xizmat ko’rsatish. Shuningdek korxona paynet orqali to’lovlarni qabul qilish xizmatlarini ham ko’rsatadi (10%). Paynet orqali to’lovlarni qabul qilish operatsiyalarini buxgalteriya hisobida qanday provodkalar bilan aks ettirsa bo’ladi?

  1. Yaqinda yangi ochilgan kichik korxonada to’lov terminalini o’rnatilgan. To’lov terminallarini qo’llash tartibi, undan foydalanishda rahbarning nimalarga e’tibor berishi va terminalni qo’llagan holda hisob-kitoblarni yuritish buxgalteriya hisobida qanday aks etitirladi?

  2. Xodimga hisoblangan ish haqining 1 foizlik miqdordagi jamg’arib boriladigan pensiya badali summasi daromad solig’idan olinadimi yoki daromad solig’idan tashqari summadan olinadimi?, Ushbu ajratmaning hisobi buxgalteriya o’tkazmalarida qanday amalga oshiriladi?, Jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini olish tartibi qanday?.

  3. Korxona Yunusobod tuman DSIda ro’yxatdan o’tkazilgan. Korxona Zangiota tumanida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasini xarid qilmoqchi. Qonunchilikka muvofiq, korxona yerga egalik qilish huquqi olinganidan keyin 10 kun mobaynida sub’ektni Zangiota tuman DSIda hisobga qo’yishi lozim. Mazkur holatda, korxonada qanday soliq majburiyatlari yuzaga keladi?, Korxona, YAST to’lovchisi, yer solig’i yoki qandaydir qat’iy belgilangan soliqni to’lashi kerakmi va uni qaysi tuman DSIga to’lashi lozim?

  4. Korxona 2011 yil 5 aprelda tashkil etilgan bo’lib, tashkil etilishidagi asosiy faoliyati gips va ohaktosh qazib olish etib belgilangan. Tuman hokimiyatining 24 apreldagi qarori bilan korxonaga noruda qazilma boylik (gips va ohaktosh) qazib olish uchun 5 ga er maydoni ajratildi. Qarorni qo’limizga olishimiz bilanoq hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kadastr xizmatiga bordik. Lekin kadastr xizmati xodimlari tarkibida noruda foydali qazilmasi bo’lgan er uchastkalari O’zbekiston Prezidentining 2.05.2011 yildagi PQ-1524-son qaroriga ko’ra ommaviy savdolar orqali berilishini aytib, er uchastkasini hujjatlashtirib bermagan, o’z navbatida, bu erdan foydalanish huquqi ham, litsenziya olish imkoniyatlari ham chippakka chiqdi. Korxona erni ommaviy savdoda xarid qilish uchun yangidan hujjat yig’a boshladik. Shunga qaramay, tuman davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tuman hokimining qarori bilan bizga ajratilgan 5 ga er maydoni uchun soliq to’lashimizni talab qilib, hisob raqamimizga inkasso talabnomalari qo’yishgan. Soliq organining ushbu xatti-harakatlari to’g’rimi? Foydalanilmagan er uchun bizda soliq majburiyatlari yuzaga keladimi?

  5. Korxona joylashgan joyda ish haqi hisoblash uchun qonunchilikka muvofiq 1,2 tuman koeffitsienti belgilangan. Xodimlarga ish haqini uni hisobga olgan holda qanday qilib to’g’ri hisoblash mumkin - ish haqining butun summasini 1,2 ga ko’paytirish kerakmi yoki yo’qmi? Koeffitsient bo’yicha qo’shimcha haqqa soliq solinadimi?

  6. MCHJ asosiy faoliyati avtotransport vositalari uchun vaqtinchalik to’xtash joyi berish, undan tashqari do’konlardan er ijara haqi va boshqa mayda pulli xizmatlarni ko’rsatadi. Jamiyat ustav fondida davlat ulushi yo’q. 2012 yilda jamiyatda 38317426 so’mlik xizmat ko’rsatildi. Shundan 26 226180 so’m avtomobillarni vaqtincha to’xtash joyidan, qolgan 12091246 so’mi ijara haqi va boshqa mayda pulli xizmatlardan tushgan.Ushbu er ijara haqi va boshqa mayda pulli xizmatlardan tushgan tushumdan qanday soliq turlarini to’lash kerakligini tushuntirib bering.

  7. Jamiyat yagona soliq to’lovi to’lovchisi hamda ixtiyoriy ravishda qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi hisoblanadi. Jamiyat tomonidan 2011 yilda jami 690 453,1 ming so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan bo’lib, shundan qo’shilgan qiymat solig’i bilan 440 421,6 ming so’mlik, qo’shilgan qiymat solig’isiz yagona soliq to’lovi hisobida 250 031,5 ming so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan. 2011 yilda asosan ikki buyurtmachi bilan shartnoma asosida ishlar bajarilgan bo’lib, birinchi pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan qo’shilgan qiymat solig’i bilan 440 421,6 ming so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan, F-Zlarda qo’shilgan qiymat solig’i ko’rsatilgan. Ikkinchi pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 250 031,5 ming so’mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan bo’lib, ushbu ta’mirlangan sub’ekt tender asosida yutib olingan. Tender shartnomasida qo’shilgan qiymat solig’i ko’rsatilmagan hamda buyurtmachi bu soliqni to’lab bermagan. 2011 yil hisobotiga asosan, korxonaga tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan qo’shilgan qiymat solig’i bilan bajarilgan ishlar uchun ham, qo’shilgan qiymat solig’isiz bajarilgan ishlar uchun ham qo’shilgan qiymat solig’i hisoblab, to’lab berasizlar deb talabnoma berilgan. Shu holat bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i qanday hisoblanadi?

  8. Korxona "BESH YOGOCH" dehqon bozorining Chilonzor shoxobchasida joylashgan edi. Toshkent shahar hokimining 2012 yil 12 iyundagi 491-son qaroriga asosan "Chilonzor shoxobchasi" bozori hududidagi binolar buzildi va bizga er ajratilishi haqida xat berildi. Korxonaning ish faoliyati vaqtincha to’xtaganligi haqida Chilonzor DSIga ma’lumot berdik.Shu munosabat bilan savol tug’iladi:

Korxonaning ish faoliyati vaqtincha to’xtagan davrda ish haqi yozilmaganligi sababli ijtimoiy sug’urtaga 25% soliq to’lanadimi yoki yo’qmi? . 2012 yilning yarim yillik hisoboti topshirilgan edi, III chorak uchun hisobot ish faoliyati bo’lmagan holda qanday topshiriladi

  1. Korxona ulgurji savdo faoliyati bilan shug’ullanib keladi. Biz o’tgan yili sug’urta kompaniyasi bilan 8 nafar xodimimizning hayotini uzoq muddatli sug’urtalash to’g’risida shartnoma tuzgandik. Shartnomaning amal qilish muddati 24 oydan iborat. Shartnomaga asosan korxona buxgalteriyasi sug’urta kompaniyasiga 820 ming so’m sug’urta mukofoti summasini o’tkazdi. Ana shu summadan soliq ushlanadimi va agar ushlansa, u buxgalteriyada qanday aks ettiriladi?

  2. Korxona ulgurji savdo faoliyati bilan shug’ullanib keladi. Korxona o’tgan yili sug’urta kompaniyasi bilan 8 nafar xodimimizning hayotini uzoq muddatli sug’urtalash to’g’risida shartnoma tuzgan. Shartnomaning amal qilish muddati 24 oydan iborat. Shartnomaga asosan korxona buxgalteriyasi sug’urta kompaniyasiga 820 ming so’m sug’urta mukofoti summasini o’tkazdi. Ana shu summadan soliq ushlanadimi va agar ushlansa, u buxgalteriyada qanday aks ettiriladi?

  3. Korxona xordimlariga kasallik varaqasi bo’yicha nafaqalarning miqdori qaysi hujjatda belgilangan? Mazkur nafaqa faqat maoshdan hisoblanadimi yoki mukofotlar ham hisobga olinadimi?

  4. Auditorlardan YAST to’lovchi MCHJ (XXTUT bo’yicha kodi 71150) da’vo muddati tugayotgan valyutadagi qarz bo’yicha kreditorlik qarzini hisobdan chiqarishga doir quyidagi masalalarga tushuntirish berishini so’radi:

  • Valyuta qarziga doir qarzni faoliyat natijalariga hisobdan chiqarish uchun bizdan qanday hujjatlar talab qilinadi?

  • Uni hisobdan chiqarishga doir operatsiyalar qanday provodkalar bilan aks ettiriladi (hisob siyosatida kursdagi farq bo’yicha to’g’ri usulni qo’llayapmiz)?

  • Qarz kiruvchi kurs bo’yicha hisobdan chiqariladimi yoki uni hisobdan chiqarish sanasidagi kurs bo’yichami?.

32. Korxona xorijiy kompaniya bilan kontrakt tuzdi. Xizmatlarining qiymati unda AQSH dollarida belgilangan. Korxona bilan hisob-kitobni ham chet ellik hamkor ana shu valyutada qiladi. Kontrakt shartlariga ko’ra 50% oldindan to’lanadi, qolgan qismi biz o’z majburiyatimizni bajargandan keyin kelib tushadi.
- Korxona valyuta tushumini sotishi kerakmi? Qanday hollarda korxona uning hammasini qoldirishga haqli?
- Xorijiy hamkor bilan yakuniy hisob-kitob chog’ida sotishni amalga oshirish mumkinmi?
- Valyuta kelib tushishi va sotilishini hisobda qanday provodkalar bilan ko’rsatish kerak?
33. Korxona (yagona soliq to’lovi to’lovchisi) rahbarining qaroriga ko’ra da’vo bildirish muddati o’tganligi munosabati bilan materiallar etkazib beruvchi oldidagi 5 000,0 ming so’m miqdoridagi kreditorlik qarzi hisobdan chiqarilgan. Ushbu operatsiya buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi va u qanday soliq oqibatlariga olib keladi?
MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida shu narsa aniqlandiki, korxona xodimi 6 oy ishlaganidan so‘ng mehnat ta’tiliga chiqish haqida ariza yozgan. Xodimning lavozim maoshi - 320 000 so‘m, 6 oy uchun mukofot - 180 000 so‘m, ovqatlanish uchun dotatsiyalar - 240 000 so‘m, to‘y munosabati bilan moddiy yordam - 150 000 so‘m berilgan. Xodimga u bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan muddati 15 kun bo‘lgan mehnat ta’tili berilgan va bu muomalalar korxona buxgalteri tomonidan quyidagi tartibda hisobga olingan:

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə