Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 129,08 Kb.
səhifə5/7
tarix03.06.2022
ölçüsü129,08 Kb.
#88632
1   2   3   4   5   6   7
Sezgilar klassifikatsiyasi va sezgilarning ozgaruvchan shakllari

I.M.Sechenovning fikriga ko’ra jismni ko’z bilan idrok qilish uchun ko’z
o’sha narsani "qidirsin", faqat shundagina maqsadga muvofiq harakat yuzaga
chiqqan bo’ladi. Hozirgi davrda psixologiya fanida ko’z harakatlari nazariyasi
ishlab chiqilgan bo’lib, ular makro va mikro ixtiyoriy va ixtiyorsiz ko’rinishlarga
ajratiladi. Ular quyidagi nomlar bilan ifodalanadi:
Konvergent, divergent, gorizontal, vertikal, parsimon va boshqalar. Ko’z
harakati yordami bilan fazoda o’rin almashib turgan jismlarni topish, bilib olish va
idenfikasiyalash amalga oshiriladi. Ko’z harakatlari uch jufti tashqi muskullari, ya'ni
miya bosh suyagining III, IV va VI juft nervlari orqali ro’yobga chiqadi, ko’zning
makro va mikro harakatlari sezgining mexanizmi rolini bajarish imkoniyatiga ega.
Jahon psixologiya fani ma'lumotlariga qaraganda sezgilar atrof- muhit
to’g’risida va o’zimiz haqimizda yagona bilish manbai sifatida xizmat qiladi.
Sezgilar shunday bir axborot kanaliki, ular tashqi olamdan va ichki tana a'zolaridan
keladigan barcha holatlar, taassurotlar xuddi shu yo’llar orqali miya po’stiga yetib
boradi, insonga ta'sirlarga nisbatan to’g’ri javob reaksiyalari qaytarishga yordam
beradi.
His etish yoki sezgining filogenetik taraqqiyoti shuni ko’rsatadiki,
hayvonlarda ma'lum narsani sezish, his etish ularning biologik jihatdan zaruriyat
ehtiyoji ekanligiga qarab rivojlangan.
Bu holatlar ko’pincha xorij olimlari tomonidan izchil ravishda o’rganilgan,
ularning o’ziga xos omillar mexanizmlari mavjudligi ta'kidlab o’tilgan. Masalan,
turli asalari xatti-harakatlari kuzatilganda, gulga o’xshash murakkab geometrik
shaklga nisbatan asalarining differensirovkasi oson kechgan. Agarda shu murakkab
geometrik shakl gullarga oid bo’lmasa, u holda arida differensirovka juda
qiyinchilik bilan vujudga kelgan. Tadqiqotchi Bosning kuzatishicha, jonivorlar qurtqumursqalarga xos bo’lgan tovushlarga nisbatan xuddi shu turdagi harakatlargabefarqlik bildirmagan, moboda tovushlar qattiq va tez sur'atda kechsa, ularga hechqanday e'tibor bermagan. Ushbu vazifani olim biologik shartlanganlikdan kelib
chiqqan tabiiy ehtiyoj, instinkt bilan uzviy bog’lagan.

Yüklə 129,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə