Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 129,08 Kb.
səhifə6/7
tarix03.06.2022
ölçüsü129,08 Kb.
#88632
1   2   3   4   5   6   7
Sezgilar klassifikatsiyasi va sezgilarning ozgaruvchan shakllari

S.V.Kravkov (1893-1951) ma'lumotlariga ko’ra bir sezgi a'zolarining
faoliyati ikkinchisining ta'siri tufayli o’zgaradi, tovush asosan ko’rish sezgisi,
yorug’lik sezuvchanligini orttiradi, shunga o’xshash turli hidlar hamda yorug’lik vahid bilishga nisbatan sezgirlikni oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Bunday o’zarota'sir sababli miya ustuni yuqori qismi va ko’rish bo’rtiqlariga tegishli
o’simtalarning yaqin joylashganligi tufayli boshqasiga o’tishi osonroq amalga
oshadi.
Bundan tashqari sezgilarning o’zaro qo’zg’alishi va tormozlanishini o’rganish
ham alohida ahamiyatga ega, chunki ayrim hollarda avtomatik boshqarish tufayli
unga uchishda sun'iy sezgirlikning pasayishi yoki ortishi zarurati tug’iladi.
I.P.Pavlov tomonidan analizatorlarning murakkab o’zaro ta'sir shakllari mavjud
ekanligi qayd etilgandir. Ular bevosita bosh miya po’stida namoyon bo’lib, bir
vaqtning o’zida ko’rayotgan jismni, eshitilayotgan tovushni, kelayotgan hidni
sezishimizda o’z ifodasini topadi. Bu bosh miya po’stida kechadigan fiziologik
jarayonlarni bosib o’tishi zarur bo’lgan zonalar perekretik zonalar deb nomlanadi.
Sezgilarning klassifikasiyasi ularning turli spesifik tavsiflariga, ya'ni moddalligiga
qarab emas, balki tashkil etilishining har xil darajalariga qarab ham ajratiladi.
Sezgilarni ob'ektiv yo’nalishi bo’yicha Ye.N.Sokolov, Vinogradovlar
tekshirganlar va ular passiv jarayon emasligi, vegetativ elementlar fiziologik nafas
olish tizimida o’zgarishga sabab bo’lishini tushuntirib berilgan. Ushbu vaqt reflektoro’zgarishlarni sezgining ob'ektiv ko’rsatkichi sifatida ishlashga imkoniyat yaratadi.
Ma'lumki, sezgini paydo qiluvchi har bir qo’zg’atuvchi, reflektor jihatdan yuzaga
keluvchi jarayonlarni chaqiradi, chunonchi tomirlarning torayishini, teri galvanik
reflektorlarning paydo bo’lishi, teri qalinligining o’zgarishi miyaning elektr
faoliyatining o’zgarishi, ko’zlarning qo’zg’atuvchi tomon burilishi kabilar.
Bularning hamma sezgi jarayonlarning paydo bo’lishini o’z ichiga oladi. Xuddi shusababdan ular sezgilarning ob'ektiv ko’rsatkichlari tariqasida xizmat qila oladi.
Tajribalarda shu narsa qayd etilganki, qo’zg’atuvchilar intensivligi oshgan
sari javob reaksiyasi ham intensivroq bo’lib borar ekan. Bu esa sezgilarning
intensivligini asos sifatida ishlatishga muhim negiz hozirlaydi. Tomir va
elektrofizologik reaksiyalar chegaralarga odatdagi qo’zg’atuvchilarga qaraganda
yaqin qo’zg’atuvchilarga nisbatan keskinroq bo’ladi. Ko`z soqqasining gavhar bilan to`r parda o`rtasidagi butun ichki yuzasi shishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo`ladi. Bu to`r parda rang va yorug`likni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo`lib, unda ko`ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning uchlarida tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko`zining to`r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik (kunduzgi) ranglar ko`riladi. Tayoqchalar yorug`likni yaxshi sezuvchan bo`lib, xira va qorong`i paytlarda ham o`z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi.

Xulosa
Tashqi olamni bilish, undan kelayotgan ma`lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash sezgi jarayonidan boshlanadi.


Sezgi - ongimizga ayni vaqtda, bevosita ta`sir qilib turgan narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettirishdan iborat psixik jaryondir. Materiya bizning sezgi organlarimizga ta`sir qilib sezgi hosil qiladi. Sezgi a`zolari axborotni qabul qilib oladi va saralaydi. Sezgi a`zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo`lidir. Kishi tevarak atrofdagi olam haqida doimo axborot olib turishi kerak. Axborotlarning ko`pligi (ortiqchaligi) yoki tanqisligi (sensor izolyatsiya) organizmda jiddiy funktsional buzilishlarga olib kelishi mumkin. Buni tekshirib ko`rish uchun maxsus surdokameralarda ko`plab tajribalar o`tkazilgan. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, sinaluvchilar to`la izolyatsiya holatida bir necha soatdan keyin vahimaga tushadilar, tajribaning to`xtalishini talab qilib boshlaydilar. Ularda og`riq, haroratni sezish kabi sezgilar ham buzilishi kuzatiladi. Agar odam ko`proq vaqt izolyatsiyada saqlansa unda ongning buzilishi, turli gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. Real hayotda bunday sharoit ongning butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin.
Sezgilar va ularning mohiyati haqida ko`plab nazariyalar mavjud. Avvolo shuni ta`kidlab o`tish lozimki, materialistik psixologiya sezgilarni materiya ta`sirining natijasi deb qaraydilar. Sezgilarning haqiqiy mezoni esa amaliyot hisoblanadi.
Sub`ektiv idealistlar (Berkli, YUm, Max) olamni sezgilarning yig`indisi sifatida talqin qiladilar.
Boshqa bir nazariya tarafdorlari (I.Myuller, Gel’mgolts) sezgi organlarining o`ziga xos quvvati haqida fikr yuritadilar. Ularning fikricha sezgilar faqat tashqi ta`sirlarning timsoli, shartli belgilari. Shu sababli ular qaysi sezgi organiga ta`sir qilsa, shu analizatorga xos sezgi hosil bo`ladi. Bu nazariyaning to`g`riligi isbot qiluvchi ko`plab misollar bor - bo`lar elektr toki, bosimning ta`sirida turli analizatorlarda turli sezgilar hosil bo`ladi.
Ammo xid, tovushlar boshqa sezgi organlariga ta`sir qilib, ularga xos sezgilar hosil qilmaydilar. Sezgi organlari maxsus signallarni qabul qilishga ixtisoslashgan. Sezgi a`zolarining ixtisoslashishi - uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyot mahsulidir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin. Sezgi a`zolarining o`ziga xosligi sezgilarning o`ziga xosligini keltirib chiqarmaydi. Sezgi organlarining o`ziga xosligi tashqi olamning o`ziga xos xususiyatlari natijasida shakllangan.
Mana shunday maxsuslashgan sezgi organlarining majmui analizatorlarni tashkil qiladi.

Foydalanilgan Adabiyotlar.




  1. Yüklə 129,08 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə