Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 129,08 Kb.
səhifə2/7
tarix03.06.2022
ölçüsü129,08 Kb.
#88632
1   2   3   4   5   6   7
Sezgilar klassifikatsiyasi va sezgilarning ozgaruvchan shakllari

a) endolimfa suyuqligiga bog’liq qo’zg’alish;
b) eshitish nervi;
v) vestibulyar nervi;
g) bosh miya po’stining chakka bo’lmasi;
d) miya apparatiga o’tadi;
Vestibulyator sezgi apparati ko’rish bilan bevosita aloqada bo’lib, fazoni mo’ljalga olish (orientirlash) jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomobil yo’lidan o’tish va hokazo. Bu jarayon patologik holatda ham uchrashi mumkin.
Ekstroreseptiv sezgilar intermodal, nospesifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi. Masalan, eshitish organi orqali 10-15 sekundga tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopg’og’i, tirsak, tizza uchlari) payqash - vibrasiya sezgilari deyiladi. Masalan, karlarni tovushlarni idrok qilishi. Odatda vibrasion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Uning quyidagi ko’rinishlari qam mavjud:
a) hid, ta'm va maza sezgilarida;
b) o’ta kuchli tovushda, o’ta yorqin yorug’likda;
v) uch xil ta'sirning uyg’unlashgan integrativ holatida;
Sezgining nospesifik shakliga terining foto sezgirligi kirib, u ranglarni, nozik
jumlalarni ajratish, qo’l uchlari bilan sezish orqali ro’yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontev tomonidan kashf qilingan bo’lib, bu narsa ko’pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Tadqiqot asosan qo’l uchiga yashil va qizil ranglarni yuborish orqali amalga oshirilgan. Terining foto sezgirligi tabiati psixologiyada yetarli darajada o’rganilmagan.
Sezgi turlari
Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroreseptiv,
proprioreseptiv, introreseptiv) o’z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi:
- Ko’rish sezgilari;
- Eshitish sezgilari;
- Hid bilish sezgilari;
- Ta'm bilish sezgilari;
- Teri sezgilari;
- Muskul - harakat (kinestetik);
- Statistik sezgilar;
- Organik sezgilar;

Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib, barcha ruhiy holatlar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok etadi.


Idrok sezgiga nisbatan bir muncha murakkabroq, to’laroq aks ettirish jarayoni bo’lib, sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turgan narsa va hodisalarni butun belgi hamda xususiyatlari bilan butunligicha, ya'ni yaxlit aks ettirishdan iboratdir. Masalan, olmani ko’rgan paytimizda uning shakli, rangi, ta'mi, hidi va navi bilan birgalikda bir butun narsa tarzida idrok etamiz. Demak, idrok qilish jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz qatnashadi.
Shuning uchun ham idrok sezgiga nisbatan ancha murakkab aks ettirish jarayonidir.
Shaxs tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi, balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi.
Psixologik adbiyotlarda idrok tushunchasiga turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan M.Vohidovning "Psixologiya" darsligida idrok deb sezgi a'zolarimizga ta'sir etayotgan narsa va hodisalarni yaxlit holicha aks ettirishga aytiladi, deb keltiriladi.
V.Karimovaning "Psixologiya" o’quv qo’llanmasida idrok bu bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko’plab xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan ob'ektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettirishimizni ta'minlaydi.
Keltirilgan ta'riflardan kelib chiqqan holda idrokka quyidigicha ta'rif berish mumkin: Idrok-deb sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi.
Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok qiladi. Chunki narsa va xossa bir-biridan ajralgan holda mavjud bo’lmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmoq qandni idrok qilinadi, uning shirinligi seziladi. quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligi seziladi va boshqalar.
Idrok qo’zg’atuvchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiriladi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig’indisidan iboratdir, degan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Idrok o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan hissiy bilishning sifat jihatidan yangi yuksakroq bosqichidir.
Idrokning muhim tomonlaridan biri - uning xususiyatlarini turli jabhalar, vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo’lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri - bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish (perseptiv) faoliyatini uning o’zlashtirilgan bilimlari, to’plagan tajribalari shuningdek, murakkab analitik-sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi.
Idrokning yana bir muhim xususiyati, uning narsa va hodisalarni umumlashgan holda aks ettirilishdir. Ma'lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko’p qirrali, ko’p yoqlama amallari idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib qolmasdan, balki o’sha majmua aniq qism yoki hodisa sifatida baholanadi.
Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. Masalan: toshko’mir yoruqlikda yoqdu sochadi, oq qog’ozdan ko’proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni "qora" va "oq" deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub'ektiv taassurotlarga nisbatan o’zgartirishlar, tuzatishlar kiritadi.
Idrok jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz ishtirok etsa ham idrok sezgilarimizning oddiy yig’indisidan iborat deb bo’lmaydi. Idrok jarayonida turli sezgilarimizdan tashqari odamning shu paytgacha orttirilgan turmush tajribasi ham ishtirok etadi. Odam o’z turmush tajribasida juda ko’p narsa va hodisalarni takror-takror idrok qilgani tufayli odamning idroki anglanilgan xarakatlarga egadir. Shuning uchun yetarli turmush tajribasiga ega bo’lgan odam (ya'ni katta yoshli odamlar) idrok qilayotgan narsasi nima ekanligini anglashga yordam beradi. hech qanday turmush tajribasiga ega bo’lmagan odam, (ya'ni chaqaloq, bolalar) idrok qilayotgan narsasi nima ekanini hali mutlaqo bilmaydi.
Idrok jarayoni shunchaki oddiy aks ettirishdan iborat emas. Idrok jarayonida odamning diqqati, xotirasi, tafakkuri, xayoli, hissiyoti va irodasi ishtirok etadi. Chunonchi, odam diqqatini qaratmasdan (yo’naltirmasdan) birorta narsani ham mutlaqo idrok eta olmaydi.
Diqqat qaratilgandagina ta'sir etayotgan narsa va hodisalarni ravshan idrok etamiz. Idrok jarayonida odamning ilgari orttirgan turmush tajribasi ishtirok qilar ekan, binobarin idrok jarayoni odamning xotirasi bilan bog’liqdir.
Idrokda har doim xususan tanish jarayoni ishtirok etadi. Tanish jarayoni qatnashayotganini tufayli odam idrok qilayotgan narsalarini darrov anglab ola biladi. Mashhur rus fizologlaridan I.I.Sechenovning ta'kidlashicha, odam hozirgi idrokidan hosil bo’lgan obrazlar ilgarigi idroklarida vujudga kelgan va xotirasida saqlanib qolgan obrazlar bilan taqqoslab ko’radi. Agar hozirgi idrokdan hosil bo’lgan obraz ilgari xuddi shu narsani idrok qilishdan vujudga keltirilgan obrazga
to’la mos kelsa, ayni choqda idrok qilayotgan narsasini taniydi. Aksincha, agar hozirgi idrokdan hosil bo’lgan obraz ilgarigi obrazga mos kelmasa, ya'ni ayni chog’da idrok qilayotgan narsani odam tanimasa idrok davom ettirila beradi. Idrok jarayonida nutq va tafakkurning qatnashishi shunda namoyon bo’ladiki, har bir idrok nihoyasiga borib, hukm shaklida, ya'ni chigal gap shaklida ifodalanadi. Chunonchi odamni yoki biror idishni idrok qilayotganimizda idrokimizni, "bu piyola" deb tugallaymiz. Narsalarning nomini atash bilan idrokimizning mazmunini ravshanlashtiramiz. Agar idrok jarayonida narsalarning nomini atay olmasak, ya'ni idrok qilayotgan narsalar bizga notanish qandaydir yangi narsalar bo’lsa, unday paytda idrok jarayonidagi tafakkur faollashib ketadi. Odam idrok qilayotgan narsasi nima ekanligi haqida o’ylay boshlaydi.
Idrok jarayonida xayolning qatnashishi shunda ko’rinadiki, odam o’zidan allanimalarni qo’shib, idrok qilayotgan narsasidan hosil bo’lgan obrazning mazmunini kengaytirib yuboradi. Masalan, osmondagi to’da-to’da bulutlarga qarab, ularning shaklini nimalargadir o’xshatish mumkin. Idrok jarayonida xayolning ishtirok qilishi, xususan, bolalarda yaqqol ko’rinadi.
Idrok jarayonida his-tuyg’ularning ishtirok qilishi shu idrok qilayotgan narsalarimizga nisbatan hosil bo’ladigan munosabatlarimizda ko’rinadi. Odam idrok qilayotgan hamma narsalarga nisbatan bir xilda munosabatda bo’lmaydi. Agar odam ilgari biror narsani idrok qilayotgan paytda qattiq xafa bo’lgan, kayfiyati buzilgan bo’lsa, shu narsani yana ikkinchi marta idrok qilganda yana hissiyotlarga nisbatan bo’lsa ham sodir bo’ladi. Bundan tashqari idrok hissiy holatning ishtiroki yana shunda ochiq ravshan ko’rinadiki, odam qattiq qo’rqinch hissini boshidan kechirayotgan paytda idroki yanglish bo’ladi, ya'ni kuchli hissiy holat ta'sirida ayrim narsalar boshqacha bo’lib ko’rinadi. Chunonchi kechasi qorong’i ko’chada qo’rqib kelayotgan odamga ro’parasidagi to’nka pisib, poylab, o’tirgan odamga o’xshab ko’rinadi. Shuning uchun ham " qo’rqqanga qo’sha ko’rinar" degan xalq maqoli bejiz aytilgan emas. Aksincha, odamning kayfiyati choq, xursand paytida hamma idrok qilayotgan narsalari chiroyli va yoqimli bo’lib tuyuladi.
Ma'lumki, idrok sezgi a'zolari asosida vujudga keladi. Har bir idrok jarayonida bir necha sezgi a'zosi ishtirok etadi. Lekin ulardan biri eng muhim o’rinda turadi. Masalan, suratni idrok qilishda ko’rish organi, musiqa va nutqni idrok qilishda eshitish organi yetakchilik qiladi. Idrok jarayonida qaysi sezgi a'zosining yetakchilik rolini o’ynashiga qarab, idrokni bir necha turlarga ajratish mumkin. Masalan, ko’rish idroki, eshitish idroki, hid bilish idroki, ta'm bilish idroki va boshqalar. Bundan tashqari idrokning aralash turi ham mavjud bo’lib, bunda bir necha analizator birgalikda ishtirok etadi. Masalan, kinofilmni idrok qilishda ko’rish va eshitish sezgisi ishtirok etadi. Tevarak atrofdagi narsa va hodisalar bir-biriga bog’liq. Ular muayyan makonda ma'lum vaqtda sodir bo’ladi. Shuningdek, ular bir-birlariga va idrok qiluvchiga nisbatan ma'lum munosabatda shakl, hajm va boshqa xossalarga egadir.
Sezgilar eng oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon qisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi:
Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish, bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi, qovunning shakli va rangini aks ettiruvchi ko’rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasini aks ettiruvchi ta'm bilish sezgisi, harakatini aks ettiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar tahlil yordamida ajratib olinadi va idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi. Bu esa idrokning perseptiv tomonini tashkil qiladi.Har bir idrok tarkibiga kishining o’tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi.
1.2-Sezgilar tasnifi va turları.
Tashqi olamni bilish, undan kelayotgan ma`lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash sezgi jarayonidan boshlanadi.
Sezgi - ongimizga ayni vaqtda, bevosita ta`sir qilib turgan narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettirishdan iborat psixik jaryondir. Materiya bizning sezgi organlarimizga ta`sir qilib sezgi hosil qiladi. Sezgi a`zolari axborotni qabul qilib oladi va saralaydi. Sezgi a`zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo`lidir. Kishi tevarak atrofdagi olam haqida doimo axborot olib turishi kerak. Axborotlarning ko`pligi (ortiqchaligi) yoki tanqisligi (sensor izolyatsiya) organizmda jiddiy funktsional buzilishlarga olib kelishi mumkin. Buni tekshirib ko`rish uchun maxsus surdokameralarda ko`plab tajribalar o`tkazilgan. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, sinaluvchilar to`la izolyatsiya holatida bir necha soatdan keyin vahimaga tushadilar, tajribaning to`xtalishini talab qilib boshlaydilar. Ularda og`riq, haroratni sezish kabi sezgilar ham buzilishi kuzatiladi. Agar odam ko`proq vaqt izolyatsiyada saqlansa unda ongning buzilishi, turli gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. Real hayotda bunday sharoit ongning butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin.
Sezgilar va ularning mohiyati haqida ko`plab nazariyalar mavjud. Avvolo shuni ta`kidlab o`tish lozimki, materialistik psixologiya sezgilarni materiya ta`sirining natijasi deb qaraydilar. Sezgilarning haqiqiy mezoni esa amaliyot hisoblanadi.
Sub`ektiv idealistlar (Berkli, YUm, Max) olamni sezgilarning yig`indisi sifatida talqin qiladilar. Boshqa bir nazariya tarafdorlari (I.Myuller, Gel’mgolts) sezgi organlarining o`ziga xos quvvati haqida fikr yuritadilar. Ularning fikricha sezgilar faqat tashqi ta`sirlarning timsoli, shartli belgilari. Shu sababli ular qaysi sezgi organiga ta`sir qilsa, shu analizatorga xos sezgi hosil bo`ladi. Bu nazariyaning to`g`riligi isbot qiluvchi ko`plab misollar bor - bo`lar elektr toki, bosimning ta`sirida turli analizatorlarda turli sezgilar hosil bo`ladi.
Ammo xid, tovushlar boshqa sezgi organlariga ta`sir qilib, ularga xos sezgilar hosil qilmaydilar. Sezgi organlari maxsus signallarni qabul qilishga ixtisoslashgan. Sezgi a`zolarining ixtisoslashishi - uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyot mahsulidir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin. Sezgi a`zolarining o`ziga xosligi sezgilarning o`ziga xosligini keltirib chiqarmaydi. Sezgi organlarining o`ziga xosligi tashqi olamning o`ziga xos xususiyatlari natijasida shakllangan.
Mana shunday maxsuslashgan sezgi organlarining majmui analizatorlarni tashkil qiladi. Har qanday analizator uch qismdan iborat:
1) tashqi ta`sir kuchini ichki nerv quvvatiga (jarayoniga) o`tkazadigan maxsus transformator - analizatorning pereferik qismi;
2) analizatorning pereferik qismini markaziy qism bilan bog`laydigan o`tkazish yo`llari. Ular afferent (markazga intiluvchi), efferent (markazdan qochuvchi) yo`llardan iborat bo`ladi.
3) markaziy, pereferiyadan keluvchi signallarni qabul qilib, qayta ishlovchi qism (miya qismi).
Analizatorlarning periferik bo`limida motor va hissiy qismlar uyg`unlashganligi sababli ular ta`sir qilayotgan qo`zg`atuvchilarning ob`ektiv xususiyatlarini aynan aks ettiradi.
Sezgilar ta`sir qilayotgan qo`zg`atuvchining xarakteriga, qo`zg`alishni qabul qilish masofasi, reseptorlarning joylashgan o`rinlariga ko`ra klassifikatsiya qilinadi. Reseptorlarning joylashgan o`rniga ko`ra sezgilarning quyidagi turlari mavjud:
tashqi olamdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan va tananing tashqi yuzasida reseptorlari bo`lgan sezgilar - eKTROTSEPTIV;
tananing ichki a`zolari va to`qimalarida joylashgan va tananing ichki holatini aks ettiruvchi sezgilar - INTEROTSEPTIV SEZGILAR;
reseptorlari paylarda va mushaklarda joylashgan PROPRIOTSEPTIV SEZGILAR. Ular gavdamizning holati va harakatlari haqida ma`lumotlar berib turadilar.
Ekstrotseptiv sezgilarning o`zlari ikki guruhga - KONTAKT ( bevosita aloqa bog`lovchi) va DISTANT sezgilarga ajratiladilar. Kontakt sezgilarga (kontakt reseptorlar orqali sezgi hosil bo`ladi) quyidagilar kiradi: ko`rish, eshitish, hid bilish, teri sezgisi, ta`m bilish sezgilari. Sezgilarning bu klassifikatsiyasi modallik bo`yicha klassifikatsiya deyiladi va ular sezgilarning klassik klassifikatsiyasi ham deb ataladi. Chunki ular Aristotel’ tomonidan ko`rsatib o`tilgan sezgilardir. Ular orasidan teri sezgisining o`zi bir qancha turlarga bo`linadi (tuyush, harorat, og`rik kabi).
Boshqa tabiat va psixik hodisalar kabi sezgilar ham ma`lum umumiy xususiyatlar va qonuniyatlarga ega. Shu jumladan ularning sifati, intensivligi (kuchi), davomiyligi sezgilarning umumiy xususiyatlariga kiradi.
Sifat - mazkur sezgining asosiy xususiyati bo`lib, uni boshqa sezgilardan farqlaydi va shu sezgi doirasida o`zgarib turadi. Masalan, eshitish sezgisida tovushning balandligi,, mayinligi, zo`rligi; ko`rish sezgisining boyligi, ranglari va h.k. Sezgilarning sifatlarining boyligi va rang-barangligi materiyaning rang-barangligini aks ettiradi. Sezgilarning intensivligi-ta`sir qilayotgan qo`zg`atuvchining kuchi va analizatorning funktsional holati bilan belgilanadi.
Davomiyligi - sezgining vaqt bilan bog`liq xususiyati. U ham qo`zg`atuvchining xususiyati va analizatorning funktsional holati bilan bog`liq. Qo`zg`atuvchi sezgi organiga ta`sir qilgandayoq sezgi hosil bo`lmaydi, balki biroz vaqt o`tadi. Bu vaqt sezgining latent (yashirin) davri deyiladi. Turli sezgi organlarining javob berish tezligi, ya`ni latent vaqti turlicha: taktil sezgilar uchun u 130 millisekund, og`riq uchun 370 millisekund, ta`m bilish uchun 50 millisekundni tashkil qiladi.
Shuningdek sezgi qo`zg`atuvchi o`z ta`sir kuchini to`xtatgan zaxoti yo`qolmaydi. Qo`zg`atishning asorati, ta`siri yana bir qancha vaqt davom etadi va ular keyin keluvchi obrazlarni hosil qiladilar. Keyin keluvchi obrazlar ijobiy yoki aks (negativ) bo`lishi mumkin.
Analizatorlarning sezgirligi bir qator fiziologik, psixologik va muhitning ta`siri ostida o`zgaradi. Bu o`zgarishlar orasida adaptasiya hodisasi alohida o`ringa ega. Adaptasiya yoki moslashuv deganda qo`zg`atuvchining ta`siri ostida sezgi organlari sezgirligining o`zgarishi tushuniladi. Adaptasiyaning uch xil turi farqlanadi.
1. Qo`zg`atuvchining davomli ta`siri natijasida sezgilarning to`la yuqolishi. Agar sezgi organiga biror qo`zg`atuvchi doimo ta`sir qilib tursa sezgi batamom yo`qolib ketish tendentsiyasiga ega. Masalan, teriga tegib turgan engil yuk tez orada sezilmay qoladi (qo`l soati borligini biz sezmaymiz). Bir hid bor joyda uzoq vaqt bo`lsak bu hid sezilmay qoladi.
2. Kuchli qo`zg`atuvchi ta`siri ostida sezgi organlarining sezgirligining zaiflashishi, kamayishi (negativ adaptasiya). Agar qo`limizni muzday suvda tutib tursak teridagi sovuqni sezish reseptorlarining sezgirligi kamayadi. Ko`zga kuchli yorug`lik ta`sir qilib tursa ko`zning sezgirligi kamayib, ko`z shu yorug`likka moslashadi. Bu hodisa yorug`lik adaptasiyasi deyiladi.
Kuchsiz qo`zg`atuvchi ta`siri ostida sezgi organlarining sezgirligining oshishi. Bu pozitiv adaptasiya deb ataladi. Masalan, kinozalga kechikib kirgach bir qancha vaqt hech narsani ko`ra olmaymiz. Birozdan keyin biz atrofni ko`ra boshlaymiz. Ko`zning sezgirligi oshadi. Buni qorong`ilik adaptasiyasi deyiladi. Odatda negativ va pozitiv adaptasiya bir sezgi organida bir vaqtda ro`y beradi. Undagi bir guruh reseptorlarning sezgirligi oshadi, ikkinchi (qarama-qarshi) guruh reseptorlarning sezgirligi kamayadi. Kinozalga kirganda qorong`ilikni ko`rishga moslashgan ko`rish hujayralarining sezgirligi oshib, yorug`likni ko`rishga moslashgan hujayralarning (reseptor) sezgirligi kamayadi. YUqorida ko`rsatib o`tilgan pozitiv va negativ adaptasiya mavjudligi sababli uy haroratida bo`lgan suv qishda "issiq", yozda esa "sovuq"dek tuyuladi. Ba`zi reseptorlarning adaptasiyasi etarlicha o`rganilmagan. Masalan, og`riq reseptorlarining adaptasiyasi bor yoki yo`qligi to`liq o`rganilmagan. Har holda og`riq sezgilari butunlay yo`qolmaydi.
Adaptasiyaning biologik ahamiyati shundaki, u kuchsiz qo`zg`atuvchilar ta`sirini payqab olishga va kuchli qo`zg`atuvchilarning salbiy ta`siridan sezgi organlarini himoya qiladi.
Sezgi organlarining sezgirligi faqat qo`zg`atuvchilarning ta`siri ostida o`zgarmaydi. Sezgi organlarining o`zaro ta`siri natijasida ham ularning sezgirligi oshadi. Masalan, kuchsiz tovush ta`siri ostida turish analizatorining sezgirligi oshadi, kuchli tovush ta`siri ostida esa uning sezgirligi zaiflashadi.
Analizatorlarning o`zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayishi hodisasiga sensibilizatsiya deyiladi. Sezgilarning o`zaro ta`siri ostida ularning sezgirligining oshishi qo`zg`alishning kontsentratsiyasi va irradiatsiya jarayonlari bilan tushuntiriladi.
Qo`zg`atuvchining biron-bir analizatorga ta`siri natijasida boshqa bir analizatorga xos sezgining paydo bo`lishi sinesteziya deyiladi. Bunga "rangni eshitish" hodisasini misol qilib olish mumkin.
II BOB Sezgi tasavvurlari va ilmiy qarashlar.
Sezgilar o`zlariga adekvat mos bo`lgan qo`zg`atuvchilarni aks ettirish shakllaridan biri hisoblanuvchi bilish jarayonidir. Ko`rish sezgisining adekvat qo`zg`atuvchisi havo to`lqini uzunligi 380 dan 770 millimikron diapazondagi clektromagnit nurlanishidan iboratdir. Bu elektromagnit nurlanishlar ko`rish analizatorlarida ko`rish sezgisini vu­judga keltiruvchi asab jarayoniga aylanadi. Eshitish sezgilarining tebranish chastotasi 16 dan 20000 gacha bo`lgan tovush to`Iqinlari ta`sirining retseptorlarida aks etishidir. Taktil sezgilari mexanik qo`zg`atuvchilarning teri yuzasidan ta`siri natijasida hosil bo`ladi. Karlar uchun alohida ahamiyatga ega bo`lgan tebranishni aks ettirish sezgilari narsalarning tebranishlarini in`ikos qilish orqali yuzaga keladi. Boshqa turdagi sezgilar ham o`zlarining maxsus qo`zg`atuvchilariga egadirlar. Lekin sezgilarning turli kol-rinishlari faqat o`zlariga xosligi bilan emas, balki umumiy xususiyatlari bilan ham tavsiflanadilar. Sezgilarning ana shu xususiyatlariga yana sezgi sifatlari, jadalligi, davomiyligi va fazoviy lokalizatsiyasi ham kiritiladi. Sifat mazkur sezgining asosiy xususiyati bo`lib, uni boshqa sezgi turlaridan farq-laydi va u sezgi turi chegarasini o`zgartiradi. Masalan, eshitish sezgilari tovushning balandligi, tembri, qattiqligi bilan farqlanadi, ko`rish sezgilari esa ranglarning quyuqligi, jilosi, tovlanishi, toni va shu kabilar bilan ajralib turadi. Sezgilarning sifat jihatidan ko`p turliligida materiya hara­kati shakllarining turli-tumanligining aks etishidir.
Sezgilarning jadalligi ularning miqdoriy tavsifidan iborat bo`lib, u ta`sir qilayotgan qo`zg`atuvchining kuchi va retseptorning funksional holati bilan belgilanadi.
Sezgilarning davomiyligi ularning vaqtincha ekanligi bilan ifodalanadi. Sezgilarning davomiyligi ham sezgi a`zolarining funksional holati bilan, shuningdek, qo`zg`a-tuvchining ta`sirqilish vaqti hamdajadalligi bilan olchanadi.
Qo`zg`atuvchi sezgi asosigata`sirko`rsatishi bilan darhol sezgi hosil bo`lmaydi, balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi. Ana shu qisqa vaqt sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri sezgi turlariga qarab har xil fursatda kechadi. Masalan, taktil sezgilari uchun latent davri 130 millisoniya, og`riq sezgilari uchun esa 370 millisoniyaga to`g`ri keladi, maza-ta`m sezgisi esa til yuzasiga ta`sir etil-gandan so`ng 50 millisoniyagacha vaqt oralig`ida hosil bo`ladi.
Qo`zg`atuvchi ta`sir ko`rsata boshlashi bilan qo`zg`alish hosil bo`lmaganidek, qo`zg`atuvchining ta`siri to`xtagan zahoti sezgi ham yo`qolmaydi. Vaholanki, Sezgilarning incrsiyasi (sezgilarning saqlanishi) ta`siridan keying! hodisasi deb ataladigan narsada namoyon bo`ladi.
Ko`rish sezgisi muayyan inersiyaga ega bo`lib, ko`rish sezgisining ta`siri to`xtashi bilan darho! yo`qolib ketmaydi. Qo`zg`atuvchining ta`siri izi ketma-ket keluvchi obrazlar deb ataladigan hodisa sifatida saqlanib qoladi. Psixologiyada ko`zning to`r pardasida rangni sezadigan uch xil xususiyatli element bor deb taxmin qilinadi. Qo`zg`alish jarayoni hosil bo`lganda, ulartoliqadi va sezgirligi ancha kamayadi. Qizil rangga qarab turganimizda ko`z to`r pardasidagi qizil rangni qabul qiluvchi element boshqalarga nisbatan ortiqroq toliqadi, shuning uchun ko`z to`r pardasining xuddi shu joyiga qizil rangdan so`ng oq rang ta`sir ettirilsa, qolgan ikkita qabul qiluvchi element ortiqroq sezgirlikka ega bo`ladi va biz ko`z qarashimizda ko`kish rangni ko`ramiz.
Eshitish sezgilari ham ketma-ket obrazlarga ega bo`lishi mumkin. Chunki quloqni bitiradigan qattiq ovoz yoki to-vush bilan birga yuzaga keladigan noxush sezgi, ya`ni bu ,,quloq"ning shang`illashidir. Eshitish analizatoriga bir necha soniya davomida ta`sir etadigan bir qator qisqa tovush impulslaridan so`ng ular tutash holda yoki biroz pasayti-rilgan tarzda idrok qilina boshlaydi. Agar bu tovushlarning ta`sirini modellashtirish mumkin bo`Iganda edi, ana shunday hodisani kuzatish imkoni yuzaga kelardi. Bu hodisa tovush impulsining ta`siri to`xtaganidan keyin uchraydi hamda tovushning impulsi jadalligi va davomiyligiga bog`liq ravishda bir necha soniya mobaynida davom etishi mumkin.
Boshqa analizatorlarda ham xuddi shunga o`xshash hodisalarni kuzatish mumkin. Masalan, harorat, og`riq va maza sezgilari ham qo`zg`atuvchining ta`siri to`xtagandan so`ng bir necha soniya oralig`ida davom etaveradi.
Sezgilar uchun qo`zg`atuvchining fazoviy lokalizatsiyasi, qo`zg`atuvchining fazodagi o`rni bilan ifodalanadi.
Distant, ya`ni masofa retseptori tomonidan amalga oshiriladigan fazoviy analiz bizga qo`zg`atuvchining fazodagi o`rni haqida ma`lumot beradi. Kontakt sezgilar, ya`ni taktil, og`riq, maza sezgilari badanning qo`zg`atuvchi ta`sir qila-yotgan joyida yuz beradi. Bunda og`riq sezgilarining loka­lizatsiyasi, ya`ni badanda joylashgan o`rni, taktil sezgilarga qaraganda badanga anchagina tarqalgan bo`lib, u unchalik aniqlikka ega emas. Bu holatni yanada yaqqol namoyish qilish uchun quyidagi ko`rsatkichlarni keltiramiz: 1 kvadrat mm teriga nisbatan barmoqlar 120, panja 14, kaft 15, ko`krak 29, peshana 50, burun uchi 100 marta jo bo`ladi.
Lokalizatsiya psixik funksiyalarning bosh miya katta yarimsharlari qobig`idagi muayyan hujayralarning ishi bilan bog`lanishidir. Masalan, ko`ruv analizatorining ishi, asosan, miya qobig`i ensa qismining faoliyati bilan bog`langan, eshitish analizatorining ishi esa chakka bo`lak-larining ishi bilan, teri-tuyush hamda harakat analizatorlari bo`lsa, tepa va ensa bo`laklarining ishi bilan bog`langandir.
Insonni qurshab turgan atrof-muhitning holati to`g`risida axborot beruvchi turli ko`rinishdagi sezgi a`zolari o`zlari aks ettirmoqchi bo`lgan hodisalarga muayyan darajada sezgir bo`lishlari lozim. Chunki sezgi mazkur hodisalarni ozmi-ko`pmi aniq, ravshan aks ettirishi lozim. Binobarin, sezgi a`zolarining sezgirligi favquloddagi sharoitda ta`sir, qilib, sezgi jarayoni hosil qilish imkoniyatiga ega bo`lgan minimal darajadagi qo`zg`atuvchi bilan belgilanadi. Shu bois sezilarli yoki sezilmas darajada sezgi hosil qiluvchi qo`zg`atuvchining minimal kuchi sezgirlikning quyi rnutlaq chegarasi deyiladi.
Kuchli mutlaq chegaradan zaifroq yoki kuchsizroq qo`zg`atuvchilar quyi chegaralarni hosil qilmaydi, chunki ularning ta`sir kuchi to`g`risidagi signallar bosh miya po`stlog`iga borib yetmaydi. Bosh miya po`stlog`i har bir ayrim olingan ,,p" miqdordagi impulslardan hayotiy zaruriysini tanlab, so`ng qabul qilib oladi. Shuning bilan birga, miya po`stlog`i o`z qo`zg`atuvchanlik chegarasini oshirish yo`li bilan hosil qilingan barcha qo`zg`atuvchilarni, jumladan, ichki a`zolardan keladigan impulslarni ham ushlab qoladi. Vujudga kelgan bunday holat biologik jihatdan maqsadga muvofiqdir. Chunki, bosh miya katta yarimsharlari po`stlog`i barcha kelayotgan impulslarni qabul qilib oladigan va ularning hammasiga javob reaksiyasini bildira oladigan organizmni tasawur qilishimiz mumkin emas. Ma`Iumki, bosh miya katta yarimsharlarining po`stlog`i organizmning hayotiy manfaatlarini muhofaza qilib turadi, shuningdek, o`z qo`zg`alish chegarasini oshirish bilan faollashmagan impulslarni po`stloq ostiga, ya`ni quyi markazlarga uzatadi, natijada organizm ortiqcha reaksiyalardan xalos bo`ladi.
Tekshirishlarning ko`rsatishicha, po`stloqosti impulslari organizm uchun befarq emas. Masalan, tashqaridan ta`sir qilayotgan xuddi ana shu kuchsiz po`stloqosti qo`zg`atuvchilar bosh miya katta yarimsharlari po`stlog`ida dominant o`chog`iniyuzagakeltiradi va gallutsinatsiya hamda ,,sezgilarning aldanishiga" sabab bo`ladi. Kasallangan odamlar quyi chegaradagi tovushlarni miyaga o`rnashib qolgan tovushlar to`plami sifatida qabul qilishlari mumkin; kuchsiz yorug`lik nuri har xil gallutsinatsiya ko`rish sezgi-lari hosil qilishi mumkin; terining kiyirnga tegishidan vujudga kelgan taktil sezgilar noto`g`ri o`tkir teri sezgilarini yuzaga keltiradi.
Sezgilarning quyi chegarasi mazkur analizatorlarning mutlaq sezgirligi darajasini aniqlaydi. Mutlaq sezgirlik bilan sczgi chegaralarining me`yori o`rtasida teskari mutanosiblik mavjud; sezgi chegarasining me`yori qanchalik kichik bo`lsa, mazkur analizatorlarning sezgirligi shunchalik yuksak bo`ladi.
Mazkur munosabatni quyidagicha ifodalash mumkin:

Yüklə 129,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə