Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish



Yüklə 2,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/93
tarix11.08.2023
ölçüsü2,5 Mb.
#120506
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
agrobiznes

Qishloq xo'jaligi
- bu jahon iqtisodiyotining muhim sohasi bo'lib, u 
o'simlik va hayvonot manbalarini rivojlantirish bilan bog'liq sohalar 
majmuasidir. Uning barqaror rivojlanishi ishlab chiqarish vositalarini 
I BOB. “AGROBIZNESNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH” FANI 
PREDMETI, O‘RGANISH USULLARI VA VAZIFALARI



ishlab chiqaruvchi, qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi, 
yetishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi 
hamda iste’molchilarga yetkazib beruvchi barcha tarmoqlar faoliyatiga 
bog’liq. Chunonchi, ular qishloq xo’jalik korxonalarini talab etilgan 
barcha turdagi texnikalar, kimyoviy vositalar, yoqilg’i-moylash, qurilish 
materiallari, stanoklar bilan o’z vaqtida ta’minlab, mavjud qishloq 
xo’jalik texnikalarini arzon va sifatli ta’mirlab, tarmoqning rivojlanishini 
ta’minlaydigan xizmatlarni ko’rsatib, unda yetishtirilgan mahsulotlarni 
yig’ib-terib, qayta ishlab, iste’molchilarga sifatli holda yetkazib bersalar, 
qishloq xo’jaligining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan bo’ladilar.
Qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlari
quyidagilarda 
namoyon bo’ladi. 
1.
Qishloq xo’jaligida tabiiy omillarning ta’siri 
katta. Ular ishlab chiqarishning mavsumiyligidan 
kelib chiqadi.
2.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositalari 
sifatida tirik organizmlar qatnashadi. Bu, o’z 
navbatida, 
mutaxassislardan 
faqatgina 
iqtisodiy 
qonuniyatlarnigina emas, balki biologik qonunlarni ham bilishni va 
ishlab chiqarishni tashkil etishda ularni hisobga olishni talab qiladi.
3.
Yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, undan 
foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularni inkor etish yoki 
yetarlicha hisobga olmaslik katta salbiy oqibatlarga olib keladi. 
4.
Qishloq xo’jaligida sarflanayotgan moddiy xarajatlar davri bilan 
faoliyat natijasida olinayotgan daromadlarning olinish davri o’rtasida 
farq katta. 
5.
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish juda katta maydonlarda olib 
boriladi.
6.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilgan mahsulotlarining bir qismini 
o’zi urug’lik, yem – xashak, oziq – ovqat sifatida imte’mol qiladi.
7.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ko’p turlarini uzoq saqlash 
mumkin emas.



Qishloq ho’jaligi mamlakatimiz uchun ham siyosiy, ham iqtisodiy 
va ijtimoiy ahamiyat kasb etgan soha bo’lib, u quyidagi funktsiyalarni 
bajaradi: 
• 
mamlakatmizni oziq ovqat fondini shakllantiradi;
• 
yurtimizning oziq-ovqat sohadagi mustaqilligini ta’minlaydi; 
• 
qishloq ho’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat uchun 
xom ashyo yetkazib beradi;
• 
aholini ish joylari bilan ta’minlaydi.
Qishloq xo’jaligi agrosanoat majmuasining asosiy, ya’ni markaziy 
tarmog’i hisoblanadi.

Yüklə 2,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə