Maykl Yujin Porter tomonidan ilk bor qo’llangan edi. Klaster atamasi (ingliz
tilidan
“cluster” s o’zini tarjima qilinganda) bir qancha bir xil
elementlarning birlashuvi, to’planishi, guruh ma’nolari va ma’lum
darajada o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan mustaqil birlik sifatida
tushuniladi. «Klaster» tushunchasi 1990 yilda Maykl Porter tomonidan
«Davlatlarning raqobatdosh afzalligi» nomli asarida keltirilgan. 10 ta
sanoati rivojlangan davlatlarning rivojlanish tarixini tahlil qilgach,
Maykl Porter klasterlarning paydo bo’lishi iqtisodiy rivojlanish va
sanoatlashtirish jarayoni tarkibining ajralmas qismidir degan fikrga
kelgan. Shunday qilib, klaster – o’zaro bog’liq korxonalarni
birlashtirishning bir shakli bo’lib, bu hudud iqtisodiyotining
raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Tashkillashtirish shakli
jihatidan, klaster – vertikal ravishda integratsiyalangan tuzilma deyish
mumkin. Klasterning umumiy jihatlari 4.1-rasmda keltirilgan.
4.1-rasm. Klasterning umumiy jihatlari. S.Rosenfeldning so’zlariga ko’ra, klasterlarni yaratish zamonaviy
iqtisodiy rivojlanish va kam rivojlangan hududlar strategiyasining
asosidir. U klasterga geografik jihatdan qo’shni bo’lgan, bir-biri bilan
bog’langan, muayyan bir sohada faoliyat olib boradigan hamda bir-
Ilmiy-tadqiqot muassasalari mavjudligi
Xom ashyo yetkazib beruvchilarning yetarliligi
Maxsus xizmatlarga egalik imkoniyatining mavjudligi
Maxsus o‘quv muassasalarining mavjudligi
Sohaga mansublik
Mehnat resurslari yetarliligi
Raqobatbardoshlik holati
79
birining ishini to’ldiradigan korxona va tashkilotlar birlashmasi sifatida
ta’rif bergan.
“Klaster” nazariyasi evolyutsiyasidan uning ikki fundamental tavsifini ajratib ko’rsatish mumkin.