DNK molekulasini to`qima nukleazolari va gidrodinamik destruksiyaga
yuqori sezgirligi sababli ko`pincha manbalardan DNK nativ molekulasini ajratib
olish juda qiyindir. Shu sababdan jarohatlangan holda virus, mitoxondriya va
xloraplastlar DNK larini jarohatlanmasdan ajratib olishga muvaffaq bo`lishgan.
Bu molekulalarni fizik ( xususan ximik, pristallgrafiya) fizik kimyoviy usullsr
bila tekshirish DNK qo`sh speralini ba`zi qismlarida super spiral yoki ochiq
halqali shakl hosil qilishi mumkinligi ko`rsatildi. Chiziqli DNK halqali
shakldan hosil bo`lishi yoki shunday holda tabiatda hosil bo`lishi mumkin
emas. Ba`zi viruslarda chiziqli va halqali shakllardagi bir zanjirli DNK topilgan.
43
1-
bir zanjili to`g`ri chiziqli DNK (bakteriofag φx 174 )
2-
Virus va mitoxondrialar bir zanjirli halqali DNK si .
3-
DN K halqali ikkilamchi spirali.
Bakteriya yoki hayvonlar hujayra mitoxondriyalari DNK molekulasi halqali
shaklini hosil bo`lishi ular ochiq oxirlarini kovalent bog`lanishi natijasida
vujudga keladi. Ma`lumki, super spiral struktura DNK molekulasini- xromosomada
ixcham joylashishiga imkon beradi. Odam xromosomasida DNK molekulasi
cho`zilgan shaklida 1sm uzunlik o`rniga 5 nm uzunlikda joylashadi. DNK
molekulsi super sperallik darajasini ma`lum sharoitlarda sedimentatsiya
konstantasini o`zgarishi bilan aniqlaniladi. Zanjirlarni birida yoki qo`sh
spiralni ikkla zanjirida DNK tasirida yoki interkolyatsilovchi birikmalar bilan
ishlov berilganda DNK super spiralligini buzish mumkin.
Interkolyatsiya antibiotik va bo`yovchi moddalar tasirida vujudga kelishi
mumkin [9-16].