Bitiruv malakaviy ishining hajmi:
Bitiruv malakaviy ishi 58 betdan iborat
bo’lib, unda 7 ta rasm, 2 ta sxema, 3 ta jadval va 32 nomdagi keng adabiyotlardan
foydalanilgan.
5
1. Nuklein kislotalar
Har bir hujayrani asosiy xususiyati ko`payish, naslni saqlash va uni
avloddan avlodga ko`chirishdir .
Bu vazifani hujayra yadrosida joylashgan nuklein kislotalar deb ataluvchi
,yuqori molekulyar azot tutuvchi biopolimerlar sinfi bajaradi .
Nuklein kislotalar oqsillar kabi hayot uchun zarur yuqori molekulyar
biopolimerlardir. Ular barcha tirik organizmlarda keng tarqalgan bo’lib ,o`z
molekulalarida organizm uchun zarur bo`lgan oqsil va boshqa moddalarni
sintezlaydi. Nuklein kislotalarning asosiy vazifasi irsiy belgilarni saqlash va
avloddan avlodga berish hisoblanadi .
Bu esa hayotni uzluksizligini ta’minlaydi .Organizmda kechadigan biologik
jarayonlar energiya almashinuvi, oqsillar biosintezi nuklein kislotalar faoliyati
bilan bog’liq [3].
Nuklein kislotalar va oqsillar hayotning material asosini tashkil qiladilar.
Ular o`zaro bog`liq, ammo ularning hujayradagi o’rni va vazifasi farq qiladi.
Oqsillar asosan qurilish va hujayraning ishchi organlari materiali: nuklein
kislotalar esa axborot material, ular organizm tuzilishi, o`sishi, rivojlanishiga
tegishli ma’lumotlarni saqlanishi, takrorlanishi, almashinuvui va avloddan- avlodga
ko`chirishni ta’minlaydi.
Nuklein kislotalar yangi bir biologik modda sifatida 1868-yili shvedsariyalik
biologik olim Fredrix Misher tomonidan kashf etildi. U yiringni tashkil qiladigan
qon elementlari-leykotsitlar (yiring hujayralari) yadrosidan fosforga boy
noma’lum birikmani ajratib olib unga “nuklein” nomini berdi. Ular tarkibida
fosfat kislota bo`lganligi va kislota xarakteriga ega ekanligi hamda yadrodan
(yadro lotincha nukleus) ajratib olinganligi, ilgari noma’lum bo’lgan bu
birikmalarni “nuklein kislotalar” nomi bilan atashga asos bo’ldi. Keyinchalik
bunga o’xshash moddalar hujayra sitoplazmasida ham topildi.
6
Lekin Fredrix Misher ajratib olgan modda sof nuklein kislotalar emas, balki
oqsillar bilan birikmasi – nukleoproteid edi. Keyinchalik sof holdagi nuklein
kislotalarni 1899-yilda R. Almant hayvon to’qimalaridan, 1936-yilda A.N.Belo-
zerskiy o`simlik moddalaridan ajratib oldilar.
Nuklein kislotalarning elementar kimyoviy tarkibi, fizikaviy va kimyoviy
xossalari yaxshi ma’lum bo’lsa ham uzoq yillar davomida ularning hujayradagi
tarqalishi, biologik roli aniqlanmay keldi. Bu masalalarga faqat 20-yillarning
oxirida, yadrosidagi hujayra xromosomalarda nuklein kislotalarning bir turi
dizoksiribonuklein kislota (DNK) ko`p miqdorda topilishi tufayli chuqur e’tibor
bera boshlandi [3-8].
Oqsillar biosintezi jarayoni, organizmning irsiy va genetik o`zgaruvchanligi
mexanizmlari, irsiy kasalliklarning kelib chiqishi va avj olib borishi
mexanizmlarini tushuntirish uchun nuklein kislotalarning tuzilishi to’g’risidagi
bilimlar zarur bo’lgan. 1891- yilda nemis olimi Kossel bu moddalarni gidroliz
qilib, ular 3 xil komponentdan purin hamda pirimidin qatoriga kiradigan
geterosiklik azotli asoslar, uglevod va fosfat kislotadan tashkil topganini aniqladi.
Shuningdek u nuklein kislotalarning 2 tipi mavjud ekanligini ko’rsatdi. Nuklein
kislotalarning hujayrada tarqalishi, bajaradigan vazifasi va tuzilishi bo’yicha bir-
biridan farq qiladigan 2 turi mavjud.
Dezoksiribonuklein kislota (DNK).
DNK hujayrada asosan yadroda joylashgan va nasliy belgilarni saqlash,
avlodlarga o’tkazish vazifasini bajaradi, uning molekulasidagi uglevod komponenti
pentoza dezoksiriboza bo’lganidan u shu nomni olgan .
Ribonuklein kislota (RNK).
RNK asosan hujayra sitoplazmasida va ribosomalarda joylashgan. Uning
bir necha tiplari bo’lib (t-RNK, p-RNK, i-RNK) hammasi oqsil sintezida
qatnashadi. Ribonuklein kislotalarning uglevod komponenti ribozadir [8].
Undan ilgari nuklein kislotalarning 2-tipi (RNK) olingan manbaga qarab
achitqi yoki sitoplazma nuklein kislotasi, 1-tipi (DNK) hayvonlarning bo’qoq bezi
7
(timusdan ) olingani uchun timonuklein kislota yoki yadro nuklein kislota deb
atalar edi.
Nuklein kislotalarning tiplari ,kimyoviy tarkibi o’sha yillardan boshlab
o’rganib kelingan bo’lsa ham ularning ajoyib biologik funksiyalari faqat 1940
yillardagina tushunila boshlandi. Nuklein kislotalarning molekulyar massalari juda
yuqori. Ayrimlariniki bir necha mlrdni tashkil etadi. Shunga muvofiq ularning
fizik - kimyoviy xossalari, ayniqsa strukturasi juda murakkab. Lekin nuklein
kislotalarni elementar tarkibi ancha sodda asosan C, H, N va N (15-16%) miqdori
xarakterlidir. Nuklein kislotalarni gidroliz qilib ularni polimer birikma va
monomerlari azot asosi, uglevod va fosfat kislotadan tashkil topgan nukleonidlar
RNK-ribozapolinukleotid va DNK- dezoksiribozapolinukleotid ekanligi tasdiq-
landi.
Nuklein kislotalar yuqori molekulyar polimer bo’lib, juda ko’p
monomerlardan tuzilgandir. Ular nukleotid deb ataluvchi monomerlardan tashkil
topganliklari uchun polinukleotid deb ataladi. Har bir mononukleotid fosfat,
monosaxarid pentoza – riboza yoki dizoksiribozadan va azot asosidan: purin yoki
pirimidin asosidan tashkil topgan [11-15].
Nuklein kislotalarni birinchi marta 1869 yilda shvetsariyalik shifokor yiring
hujayralari yadrosidan ajratib oldi va uni nuklein (lotinsha nukleus–yadro) deb
atadi. XX asrning 50-yillarigacha barcha biokimyoviy jarayonlar oqsillar
ishtirokida boradi deb hisoblanar edi. Keyinshalik irsiy belgilarning saqlanishi va
nasldan-naslga o’tishi, hujayradagi oqsillar biosintezi nuklein kislotalar bilan
bog’liqligi aniqlandi.
Azot asosi bilan uglevod qoldig’ining birikishidan – nukleozid, nukleozid
bilan fosfat kislota qoldig’ining birikishidan nukleotid, nukleotidlar esa o’zaro
polikondensatlanishidan nuklein kislotalar (DNK – dezoksiribonuklein kislota va
RNK – ribonuklein kislota) hosil bo’ladi. Ularning molekulyar massasi 10000 dan
10000000 gacha bo’lib, ular orasidagi yana bir farq DNK ning qo’sh zanjirga
(qo’sh spiralga) egaligidir. DNK ning qo’sh spiralli makromolekulyar modeli 1953
8
yilda amerikalik D. Uotson va angliyalik F. Krik tomonidan yaratildi va ular bu
ishi uchun Nobel mukofoti sovrindori bo’lishdi. DNK ning qo’sh spiralida timin
bilan adenin 2 ta vodorod bog’i, sitozin bilan guanin esa 3 ta vodorod bog’i orqali
tutashgan bu hodisaga komplementarlik
deb ataladi. Nuklein kislotalar tarkibiga
kiruvchi nukleotidlardagi fosfat kislota qoldiqlari ADF-adenozindifosfat va ATF-
adenozintrifosfatlar organizmlarning energiya manbai hisoblanadi, chunki fosfoefir
bog’lari uzilganida katta energiya ajraladi va u bog’lar makroergik bog’lar
deyiladi.
DNK spirali o’rtasidan bo’linib, ikkita yangi zanjirni hosil qilishi (nusxa
ko’shirish kabi) nuklein kislotalarning replikatsiyasi deyiladi. Bu hodisa tufayli
DNK oqsil sintezida aminokislotalar ketma-ketligini boshqarish va irsiy belgilarni
saqlash va nasldan-naslgan o’tkazish xususiyatiga ega bo’ladi.
RNK ning komplementar zanjirida adenilga uratsil, sitozilga guanil to’g’ri
keladi. RNK hujayradagi bajaradigan funksiyasiga ko’ra bir necha turga bo’linadi:
- Ribosomal RNK (r-RNK) hujayradagi RNK ning 80-85% ini va ribosoma
tarkibini tashkil qilib, oqsil sintezida ishtirok etadi, molekulyar massasi 0,5-1,5
mln;
- Tansport RNK (t-RNK) hujayra suyuqligi tarkibiga kirib, 10-15% ini
tashkil etadi, u oqsillar sintezi uchun zarur bo’lgan aminokislotalarni tashish
vazifasini bajaradi, molekulyar massasi 20-30 ming;
- Informatsion RNK (i-RNK) umumiy RNK miqdorining 1-10% ini tashkil
etadi, u eng yuqori molekulyar massaga ega (2 mln). Hujayraning ko’payishida
kodlangan aminokislotalar ketma-ketligi to’g’risidagi axborotni saqlash va
yetkazish vazifasini bajaradi.
Azot asoslarini ko’pincha nomlarining bosh harflari bilan ko’rsatish qabul
qilingan. Adenin (A), Guanin (G), Sitozin (S), Uratsil (U), Tuanin(T).
9
Nuklein kislotalarning nukleotid tarkibi quyidagi jadvalda berilgan.
1- sxema
Monosaxarid ham beshta uglerod atomi tutadigan pentozalar bo’lib, aldegid
guruppani saqlaganlaridan aldozalar qatoriga kiradilar va furanoza strukturasiga
egadirlar. Ular orasidagi farq faqat ikkinchi uglerod guppasi o’rnida H atomi
turadi, ya’ni 2- uglerod kislorod atomidan mahrum, riboza molekulasida 2-
uglerod OH bilan bog’langan, dezoksiriboza molekulasida 2-uglerod H bilan
bog’langan. Shuning uchun ham uning nomiga “dezoksi ” prefiksi qo’yilgan.
H H
C O
C O
Dostları ilə paylaş: |