Buxoro davlat universiteti


Asarda sehrgarlar obrazi talqini



Yüklə 337,52 Kb.
səhifə3/6
tarix18.06.2018
ölçüsü337,52 Kb.
#49552
1   2   3   4   5   6

2. Asarda sehrgarlar obrazi talqini

Obraz san’atkor nuqtai nazari bilan boyitilib ifodalangan hayotdir. Obrazda badiiy adabiyotning ham mazmuni, ham shakli mujassamlanadi. Adabiyot hayotni obraz orqali aks ettiradi va shu orqali biladi.

Keng ma’noda obrazga badiiy asarlarda tasvirlangan barcha iboralar, voqea-hodisalar, narsa va predmetlar, parranda va hayvonlar, o`simlik va tabiat manzaralari, shu bilan birgalikda, inson xarakterlari kiradi. Tor ma’noda esa obraz deganda biz badiiy asarlardagi odamlarni, inson xarakterlarining tushunamiz.

Ijodjiy metod taqozosiga ko`ra obrazlar quyidagicha bo`linadi:

- realistik

- romantik

- xayoliy-fantastik

- afsonaviy

- ramziy

- mifologik

- satirik

- mubolag`ali

- groteskli

- majoziy-allegorik

Xayoliy-fantastik obrazlar benihoyat bo`rttirilgan, mo`’jizaviy xarakterga ega bo`lgan obrazlardir. Xayoliy-fantastik obrazlar ko`proq xalq og`zaki ijodida hamda yozma adabiyotning ilmiy-fantastik turida uchraydi.1 Xuddi shu jihati bilan “Garri Potter”da tasvirlangan obrazlarni ham xayoliy-fantastik obrazlar turiga kiritsa bo`ladi. Chunki asar qahramonlarnining asosiy qismini (magllaradan tashqari) sehr va afsunlarni qo`llay olish xususiyatiga ega sehrgarlar tashkil etadi.

Sehrgarlik asosan avloddan avlodga o`tib keladi, ya’ni bola ota-onasining har ikkalasi ham sehrgar yoki bittasi sehrgar bo`lishi mumkin. Shu xususiyatiga qarab, sehrgarlar dunyosidagi kishilarning ham bir necha turga ajratilganini ko`rish mumkin:

1) aslzoda yoki toza qonli sehrgar (pure-blood) – ota-onasining ikkalasi ham sehrgarlar va bu holat ikki avlodda ketma-ket takrorlangan bo`lishi kerak (Malfoylar, Bleklar, Uizlilar oilasi);

2) chala zotli sehrgar (half-blood) – ota-onasidan faqat bittasi sehrgar, boshqasi esa magl (Voldemort, Severus Sneyp);

3) oddiy sehrgar – ota-onasining ikkalasida ham sehrgarlik qobiliyati mavjud bo`lmagan oddiy odamlar. Ko`pincha, Malfoylarga o`xshagan aslzoda sehrgarlar ularni “maglvachchalar” (“mudblood”-nopok qonli) deb atashadi (Germiona Grenjer);

4) skvib – ikkalasi ham sehrgar bo`lgan ota-onadan tug`ilgan, ammo bunday qobiliyatga ega bo`lmagan bola. Skviblarda sehrgarlik qobiliyati umuman yo`q, lekin ular sehrgarlik dunyosining barcha sir-asrorlarini ipidan ignasigacha bilishadi va oddiy odamlarning ko`zlari ilg`amas narsalarni ham ko`ra olishlari bilan magllardan farq qilishadi (Argus Filch, Arabella Figg).

Asarda xuddi biz yashayotgan dunyoda mavjud bo`lgan va bir necha asrlardan buyon insoniyatning eng og`riqli nuqtalaridan biri bo`lib kelgan millati, jinsi va irqiy mansubligiga ko`ra kamsitish boshqacha ko`rinish olgan. Unda mabodo aslzoda sehrgarlar oilasida sehrgarlik qobiliyatiga ega bo`lmagan skvib tug`ilsa, uni oila shajarasi daraxtidan o`chirib tashlashadi. Bu dunyoda yana shunday holga guvoh bo`lish mumkinki, Malfoy va Bleklar kabi ba’zi aslzoda sehrgar oilalar qolgan sehrgarlarni toza qonli emasligi uchun kamsitishadi, kezi kelganda chala zotlar, maglvachchalar deb haqorat qilishadi. Aslida bu haqoratlar sehrgarlar dunyosida qo`llaniladigan eng og`ir haqorat hisoblanadi, o`zini haqiqiy sehrgar deb bilganlar bunday haqoratlarni umuman qo`llashmaydi.

Mudblood’s a really foul name for someone who was Muggle-born – you know, non-magic parents. There are some wizards – like Malfoy’s family – who think they’re better than everyone else because they’re what people call pure-blood.’1

Ammo hamma aslzoda sehrgarlar ham bunday kamsitishni o`zlariga ep ko`rishmaydi. Uizlilar va Longbottomlar kabi aslzoda sehrgar oila vakillari o`z do`stlari va umuman sehrgarlar dunyosidagi hech bir sehrgarning oilasi va zotiga e’tibor qaratishmaydi. Insonning kuch-qudrati uning qaysi irq, millatga tegishli bo`lgani emas, balki bilim va tafakkuri bilan o`lchanganidek, sehrgarning qobiliyati qay darajada kuchli ekanligi uning qaysi zotga tegishliligiga ham bog`liq emas. Masalan, Germiona Grenjer magllar oilasida tug`ilgan bo`lsa ham, uning qobiliyati ba’zi aslzoda sehrgarlardan ancha ustun.

-…Look at Neville Longbottom – he’s pure-blood and he can hardly stand a cauldron the right way up.’

-‘An’ they haven’t invented a spell our Hermione can’t do,’ said Hagrid proudly, making Hermione go a brilliant shade of magenta.2

Xususan, zot tozaligi uchun kurashgan yovuz lord Voldemort va professor Severus Sneyp ham aslida aslzoda sehrgar emas: ularning onalari sehrgar, otalari esa oddiy magl. Lekin ular buni tan olmaydi, aksincha, hammadan yashirishga urinishadi. Asarning so`nggi qismida ma’lum muddatga sehrgarlar dunyosida o`z nazoratini o`rnatgan yovuz lord Voldemort sehrgarlar dunyosining faqat asl qonli sehrgarlardan iborat bo`lishi uchun aslzoda afsungarlarga ustunlik beradi, qolgan sehrgarlar esa ta’qib ostiga olinadi. Vodemort va uning tarafdorlarining bunday qora qilmishlari insoniyat boshiga qanchadan qancha og`ir talofat va yo`qotishlarni solgan fashizm g`oyasining xuddi o`zi. Bunday yovuz g`oyalar oxir oqibat inqirozga yuz tutganiga tarixda guvoh bo`lganimizdek, asar so`ngida ham yovuzlik va uni qo`llab-quvvatlovchilar hech qachon ezgulik g`oyalari va uning tarafdorlari ustidan g`alaba o`rnata olmasliklariga Rouling bizni yana bir bor ishontiradi.

Yozuvchilar bolalar uchun asar yozishar ekan, unda asosan bolalarni bosh qahramon qilib olishadi va turli voqelar-u sarguzashtlar shu bolalar bilan sodir bo`ladi. Yuqorida ta’kidlab o`tilganidek, kichik yoshli kitobxonlarni kattalarning hayoti tasvirlangan asarlardan ko`ra o`zlari bilan tengdosh bo`lgan bolalarning hayoti va ular bilan sodir bo`ladigan sarguzashtlar ko`proq qiziqtiradi. “Garri Potter” bolalar va o`smirlarga mo`ljallangan asar bo`lganligi sabali, uning voqealar rivojida asosiy o`rin tutuvchi qahramonlarining ko`pchiligini bolalar tashkil etishadi. Asarning o`ziga xos jihati shundaki, unda bolalar har bir kitobda bir yilga ulg`ayib borishadi. Kitobning har bir qismida ularning xarakteri va ko`rinishi ham o`z yoshiga munosib tarzda o`zgarishini kuzatish mumkin. Kitobning ilk “Garri Potter va falsafa toshi” qismida Garri Potter va uning do`stlari maktabga endigina kelgan o`n bir yoshli sodda bolakaylar bo`lishsa, asarning so`nggi “Garri Potter va ajal tuhfalari” qismida ular o`n yetti yoshli voyaga yetgan, tajribali sehrgarlarga aylanishadi. Bolalarning asarning har bir qismida yildan yilga ulg`ayib borishi esa asar qahramonlarining hayotiyligini ta’minlashga xizmat qilgan.

Garri Potter. Asarda Garri Potter obrazi markaziy o`rinni egallaydi, buni kitobning yetti qismi ham Garri Potter nomi bilan boshlanishidan bilib olish qiyin emas. Garri Potter chaqaloqligidayoq ota-onasidan yetim qolgan sehrgar bola. Ammo sehrgarlarni jini suymaydigan xolasi Petunya va uning eri Vernon Dursllar qo`lida tarbiya topgan Garri o`n bir yoshigacha o`zining bunday qobiliyati borligidan butunlay bexabar edi. Yozuvchi uni qora sochli, ozg`indan kelgan, doim ko`zoynak taqib yuradigan oddiy bola sifatida tanishtiradi, lekin uni boshqalardan biroz bo`lsa-da ajratib turadigan va o`ziga ham eng yoqadigan belgisi bo`lib, bu ham bo`lsa peshonasidagi yashin zigzagiga o`xshash chandig`idir.

Harry had a thin face, knobbly knees, black hair and bright-green eyes. He wore round glasses held together with a lot of Sellotape because of all the times Dudley had punched him on the nose. The only thing Harry liked about his own appearance was a very thin scar on his forehead which was shaped like a bolt of lightning. 1

Dursllar o`z bolalari Dudlini qancha yaxshi ko`rib erkalatishsa, Garrini shunchalik yoqtirishmay, turtkilashardi. Shuning uchun Garri juda kamtar-kamsuqum bola bo`lib o`sdi. O`n bir yoshida Hogvarts sehrgarlik va afsungarlik maktabiga qabul qilingach, o`qishga borgan Garri sehrgarlar dunyosida juda mashhur ekanligidan xabar topadi. To`satdan kelgan mashhurlik Garrini dovdiratib qo`ymaydi, aksincha unga bunday mashhurlik umuman yoqmaydi. Masalan, ikkinchi kitob “Garri Potter va maxfiy xona”da Garrining muxlisi bo`lgan birinchi bosqich o`quvchisi Kolin Kriv doim Garrini maqtab, har qanday vaziyatda uni suratga olishga harakat qiladi. Ammo hech qachon mashhurlikka intilmagan Garriga bu sira yoqmaydi. Bir necha marotaba Voldemort ustidan g`alaba qozongan, asar so`ngida uni butunlay mahv etib, sehrgarlar dunyosida tinchlik o`rnatgan Garri hech qachon o`z yutuqlarini tilga olmaydi.

Harry Potter is humble and modest,’ said Dobby reverently, his orb-like eyes aglow. ‘Harry Potter speaks not of his triumph over He Who Must Not Be Named.’2

Aynan shu kitobda Garrining kamtarligi qora kuchlardan himoya fanining yangi o`qituvchisi Gilderoy Lokhartning manmanligi bilan qiyoslanadi. Professor Lokhart har bir gapda o`zini maqtab, qo`lga kiritgan yutuqlarini eslatib o`tsa, Garri biror marotaba o`zini maqtash tugul, unga aytilgan maqtovlarni eshitganda xuddi biror yomon ish yuz berganday uyatdan qizarib ketadi.

You could’ve fried an egg on your face’ said Ron. ‘You’d better hope Creevey doesn’t meet Ginny, they’ll be starting a Harry Potter fan club.’

Shut up,’ snapped Harry. The last thing he needed was for Lockhart to hear the phrase ‘Harry Potter fan club’.1

O`n bir yoshda maktabga kelganda qay darajada kamtar bo`lsa, Garri voyaga yetganda ham xuddi o`shanday kamtar-kamsuqumligicha qoladi.

Garri Potter obrazi ijobiy qahramon bo`lib, u qalbi toza, atrofdagilarga, ayniqsa, do`stlarga juda mehribon va kezi kelganda ular uchun jonini berishga ham tayyor. Albus Dambldor Garrining shu xususiyati uchun uni juda hurmat qiladi va qadrlaydi.

You are protected, in short, by your ability to love!’ said Dumbledore loudly. ‘The only protection that can possibly work against the lure of power like Voldemort’s! In spite of all the temptation you have endured, all the suffering, you remain pure of heart, just as pure as you were at the age of eleven, when you stared into a mirror that reflected your heart’s desire, and it showed you only the way to thwart Lord Voldemort, and not immortality or riches.’2

Va aynan mana shu xususiyati uni Voldemort ustidan g`alaba qozonishga yordam bergan omillardan biri bo`ldi.

Bolalar tabiatan qiziquvchan qilib yaratilishgan, ularni biror narsa qiziqtirib qolsa, toki uning yechimini topmaguncha tinib-tinchimaydilar. Xuddi shu xususiyatni Garri Potterda ham uchratish mumkin. Hogvartsga qadam qo`ygan kunidan boshlab, u uchun yangilik bo`lgan bu olamning hamma narsasi Garriga qiziq tuyular edi. Unga qiziq tuyulgan voqealar, savollarga esa har doim javob topishga intilardi.

Harry hesitated, thinking ... and then his curiosity got the better of him.1

Harry felt as though he ought to go, but his curiosity held him in his chair.2

Harry gazed at the Pensieve, curiosity welling inside him ...what was it that Snape was so keen to hide from Harry?3

Bu intilish uni ko`p hollarda xavfli vaziyatlarga tushurib qo`ysa-da, aynan qiziquvchanlik Garrining aqlini charxlab, sehrgarlik tajribasining ortishiga yordam beradi. Asar voqealari rivojida Garrining qiziquvchanligi asosiy o`rin egallaydi, chunki Garri o`zini qiziqtirgan sirlar ortida nima yashiringanini bilish uchun ko`p sarguzashtlarni boshidan kechiradi va aynan shu sirlar uni har safar Voldemort bilan to`qnash keltiradi. Garri qiziquvchanligi sabab birinchi kitobda falsafa toshining yovuz lord qo`liga tushishidan asrab qoladi, ikkinchi kitobda esa Hogvartsda sodir bo`lgan mudhish voqealar sababini topadi, do`sti Hagridni tuhmatdan saqlab qolib, Ronning singlisi Jinini o`limdan qutqaradi. Shunday qilib, har safar Hogvarts va sehrgarlar dunyosida yashiringan sirlar ortidagi yovuzlik Garri va uning qiziquvchanligi sabab o`z yechimini topadi.

Rouling Garri obrazining yanada ishonarliroq, shuningdek, bolalar va o`smirlar tabiatiga yaqinroq bo`lishi uchun uni qusurlardan xoli, hech qachon xatoga yo`l qo`ymaydigan qahramon qilib tasvirlamaydi. Kezi kelganda u ham kichik xatolarga yo`l qo`yadi, qiziqishi ustunlik qilib, o`rnatilgan tartiblarni son-sanoqsiz marta buzadi. Buning oqibatida esa ba’zi paytlarda jazoga tortilsa, ba’zi paytlarda mudhish voqealarning oldini olgani uchun mukofotlanadi. Aslida u qonun-qoidalarni shunchaki sho`xlik qilib yoki mensimaganligi uchun emas, vaziyat aynan shuni taqozo etgani uchun buzishga majbur bo`ladi.

Garri obrazining o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning jasurligidr. Garri hatto mushkul vaziyatlarda ham o`zini yo`qotib qo`ymay, xavfga tik boqadi. Xuddi shuning uchun saralovchi qalpoq Garrini Griffindor kollejiga tayinladi. Griffindor kollejining ramzi sher bo`lib, u mardlik va jasorat nishonasi hisoblanardi.



You might belong in Gryffindor,

Where dwell the brave at heart,

Their daring, nerve and chivalry

Set Gryffindors apart;1

Har qanday bolalar asarlarida, ayniqsa, sarguzashtga boy kitoblarda bosh qahramondan talab etiladigan xususiyat bu jasurlikdir. Faqatgina qo`rqmas va jasoratli qahramonlargina sarguzashtlar izidan borishadi. Agar Garrining qahramoni tavakkal qilmaydigan, jazoga tortilish xavfi bo`lganda faqat o`zini o`ylab, yovuzlikka qarshi kurashmaganda hech qachon kitobxon bolalar qalbida o`ziga nisbatan mehr uyg`ota olmas edi.

Garri kuchli obrazlardan biri, uning kuchi faqat sehrgarlik qobiliyatida emas, balki uning ruhiyati hamda irodasida. Chaqaloqligida ota-onasidan ayrilib, keyin esa cho`qintirgan otasi Sirius Blek, Remus Lupin va Albus Dambldordek yaqin insonlarini yo`qotish musibati Garri shaxsiyatining yanada kuchli bo`lishiga xizmat qildi. Hatto o`lim xavfiga duch kelganda ham, uning irodasini hech nima buka olmaydi. Birinchi marta o`n bir yoshida Voldemort bilan yuzma-yuz kelib, hayotiga o`lim xavf solgan vaziyatda ham Garri hali bola ekaniga va yovuz lord uni o`ldirishi muqarrarligiga qaramay, falsafa toshini himoya qiladi.

Asar davomida yozuvchi ezgulik tarafdori bo`lgan Garri va yovuz lord Voldemort obrazlarining bir-biriga o`xshash taraflarini tasvirlab boradi. Voldemortni yengadigan bola tug`ilganini eshitgan lord uni izlashga tushadi. Aslida aytilgan sanada ikkita chaqaloq tug`ilgan edi: biri Garri Potter, ikkinchisi esa Nevil Longbottom. Ammo Voldemort hech ikkilanmay bu bolaning Garri ekaniga ishonib, uni o`ldirish payiga tushadi. Sababi u Garrida o`ziga o`xshash jihatni ko`radi: ularning ikkalasi ham yarim-qonli (chala zot) sehrgarlar edi. Voldemort qarg`ishidan omon qolgan Garrida keyinroq uning qobiliyatlari namoyon bo`la boshlaydi. Ammo ularning yovuzlik va ezgulik tarafida ekanlaridan tashqari ikki asosiy jihat Garri va Voldemortni ajratib turardi. Birinchisi, Garrining qalbida Voldemort hech qachon his qilmagan mehr-muhabbat tuyg`ulari bor edi:

So, when the prophecy says that I’ll have “power the Dark Lord knows not”, it just means – love?’ asked Harry, feeling a little let down.

Yes – just love,’ said Dumbledore.1

Ikkinchidan esa, butun umri davomida abadiy tirik qolishga harakat qilgan Voldemortdan farq qilgan holda Garri o`limdan qo`rqmasligi, aksincha, yaqinlarining omon qolishi uchun u hatto o`limga ham rozi bo`lardi.

You won’t be able to kill any of them, ever again. Don’t you get it? I was ready to die to stop you hurting these people –’

But you did not!’

‘– I meant to, and that’s what did it. I’ve done what my mother did. 2

Garridagi aynan mana shu ikki xususiyat Voldemortning mag`lubiyatiga sabab bo`ldi.

Ron Uizli. Asardagi yana bir ijobiy bolalar obrazlaridan biri Ron Uizlidir. Ronning ko`rinishini ilk bor muallif quyidagicha tasvirlaydi:

He was tall, thin and gangling, with freckles, big hands and feet and a long nose.1

Ron qahramonini mumtoz “qadrdon do`st” obrazi turiga kiritish mumkin. Bunday qahramonlar asosan o`zidan ko`ra ko`rkam, kuchli va jasurroq, ko`plab qahramonliklar ko`rsata oladigan asosiy obrazga sherik qilib olinadi, lekin o`zlari hech qachon biror tashabbus ko`rsatmaydilar. Kinoda bo`ladimi, adabiyotdami bunday obrazlar kulgili va ochiqko`ngil, ma’lum ma’noda sodda qilib tasvirlanadi. Ron ham butun asar davomida Garrining barcha sarguzashtlarida unga sherik bo’ladi, ammo har bir ishni Garrining yo`lboshchiligida bajaradi.

Ron har doim kulgili va noqulay vaziyatlarga tushib yuradigan ko`ngli ochiq bola obrazi, chunki u aqlidan ko`ra ko`proq hissiyotlariga tayanib ish ko`radi. Lekin oilasi yoki do`stlari masalasiga kelganda Rondan jiddiy bolani topish mushkul. Uning oilasi qadimgi aslzoda sehrgarlardan bo`lsa ham, u hech qachon do`st tanlaganda ularning qaysi oilaga mansubligiga e’tibor bermaydi. Garri va Germionaning aslzoda sehrgarlardan emasligi uni qiziqtirmaydi, chunki Ron uchun eng ahamiyatlisi bu do`stlikdir. Mabodo uning do`stlarini haqorat qilishsa, Ron chidab tura olmaydi, tezda sehrli tayoqchasi yordamida bunday yomonlarni jazolashga harakat qiladi:

No one asked your opinion, you filthy little Mudblood,’ he spat.

How dare you!’ and Ron plunged his hand into his robes, pulled out his wand, yelling, ‘You’ll pay for that one, Malfoy!’ and pointed it furiously under Flint’s arm at Malfoy’s face. 2

Natijada esa har doimgidek kulgili vaziyatga tushib qoladi:



A loud bang echoed around the stadium and a jet of green light shot out of the wrong end of Ron’s wand, hitting him in the stomach and sending him reeling backwards onto the grass. 1

Asarning har bir qismida Ronning xarakterida o`sishni ko`rish mumkin, u avvalgidan ko`ra qobiliyatliroq, mustaqil va kerak bo`lganda hal qiluvchi qarorlar qabul qilishga qodir obrazga aylanadi. Ammo ungacha bo`lgan davrda Ron ko`p sinovlarga duch keladi. Ronning qahramoni Garridek og`ir yo`qotishlarni boshidan kechirmagan bo`lsa ham, oilasining iqtisodiy nochorligi, doim akalarining soyasida qolib ketishi va unga faqat ulardan qolgan narsalar tegishi sabab, Ron ruhan ezilar va o`ziga ishonchi ham past edi. Shuning uchun u har doim hammaga o`zining nimaga qodirligini ko`rsatishga urinadi. Ba’zida Ronning qalbida hasad ham uyg`onib, uni yanada qiyin ahvolga solardi. “Garri Potter va falsafa toshi”da qalb tubida eng yashirin bo`lgan va hatto egasi ham ba’zida bexabar bo`lgan istaklarni ko`rsatuvchi “ko`ngildagi orzular oynasi” (The mirror of erised)ga qaragan Garri faqat ota-onasini ko`rgan bo`lsa, Ron yolg`iz o`zini, ko`kragida akasi Billning nishoni va qo`lida kviddich jamoasi kubogi bilan ko`radi. Ronning o`zi ham bilmaydigan orzusi akalaridan o`zib ketish va kviddich jamoasi kaptani bo`lib, shon-shuhratga erishish edi.

Can you see all your family standing around you?’

No – I’m alone – but I’m different – I look older – and I’m Head Boy!’

What?’

I am – I’m wearing the badge like Bill used to – and I’m holding the House Cup and the Quidditch Cup – I’m Quidditch captain, too!’ 2

“Garri Potter va olovli jom” qismida “Uch sehrgar musobaqasi”(“The triwizard tournament”)da voyaga yetmaganiga qaramay, Garrining ham ishtirok etishini eshitgan Ron Garri har qancha o`z nomzodini qo`ymaganini aytmasin unga ishonmaydi. Ronning o`zi qachondir shu musobaqada qatnashish orzusida edi, ammo Garrining hali 14 yoshda bo`la turib, unda qatnashish huquqini qo`lga kiritgani va Ronga unda ishtirok etish uchun o`z nomini olovli jomga tashlagani haqida biror marta gapirmagani uning g`azabini keltiradi. Aslida Garrini hech qanday olovli jom ham, musobaqa-yu shuhrat ham qiziqtirmasdi. Ronga buni har qancha tushuntirishga urinmasin, hasad va g`azab Ronning ko`zlarini ko`r qilib qo`ygandi. Ammo Garrining musobaqa davomida o`lim bilan yuzma-yuz kelishini his qilgach, unga olovli jomdan ko`ra Garri muhimligini anglab yetadi.

Ron ruhiyatidagi bunday inqirozlarni asar davomida yana bir necha bor kuzatish mumkin. Asarning so`nggi “Garri Potter va ajal tuhfalari” qismida Ronning ichki konflikti eng yuqori nuqtaga chiqadi. Lord Voldemort joni yashiringan krestrajni yo`q qilish chorasini topish uchun yo`lga chiqqan Garri, Ron va Germiona ma’lum muddat krestrajning sehrli ta’siri ostida qolishadi. Krestrajni Ron bo`yniga taqqanida, ayniqsa uning ruhiyatiga qattiq ta’sir qila boshlaydi. Krestraj uni ushlagan va taqqan insonning qalbidagi eng yomon hislari va qo`rquvini kuchaytirardi. Krestraj Ron qalbida Garriga nisbatan g`azab, hasad kabi tuyg`ularni uyg`otadi va natijada kitobxonlarni hayratga solgan ish sodir bo`ladi: Ron krestrajni tashlab, Garri va Germionani tark etadi. Lekin krestraj ta’siridan xalos bo`lgach, o`z qilmishidan uyaladi, uning ichki ziddiyatida ezgulik qalbidagi yovuzlikni yengadi. U yana do`stlari orasiga qaytadi, ammo Ron endi hissiyotlarini jilovlab olgan, do`stlik u uchun hamma narsadan ahamiyatli ekanini tushunib yetgan, xuddi bir necha yilga ulg`ayib qolgan Ronga aylangandi. Aynan shu sabab u Garrini o`limdan qutqaradi, faqat mard va qalbi toza sehrgar qo`lga kiritishi mumkin bo`lgan Griffindor qilichini topib, krestrajni yo`q qiladi.

Ron ba’zi vaqtlarda shunaqa ziddiyatlarga sabab bo`lib turishiga qaramay, o`zining hazil-mutoyibalari, o`ng`aysiz ahvolga tushib qolishi bilan asarda yumoristik muhitni ushlab turishga xizmat qilgan. Ron keyinchalik ham Garri hayotidagi eng asosiy insonlardan biri bo`lib qoladi.

Germiona Grenjer. Garri Potter “uchligi”ning yana bir qahramoni Germiona Grenjer obrazidir. Rouling Germiona qiyofasida ma’lum ma’noda o`zini tasvirlaganini aytib o`tgan.1

Asar boshida o`zini mag`rur va bilag`on tutadigan, o`zini xuddi do`stga muhtoj emasdek tutadigan Germiona nafaqat kitobxonlarda, balki Garri va Ronda ham yomon taassurot qoldiradi. Ron uni shunchalik yoqtirmas ediki, har safar unga to`qnash kelganda “uning fe’liga hech kim chidolmaydi, u xuddi qo`rqinchli tushga o`xshaydi” deb izoh beradi.

It’s no wonder no one can stand her,’ he said to Harry as they pushed their way into the crowded corridor. ‘She’s a nightmare, honestly.’ 2

Garri va Ron bir kun kelib Germiona ularning eng yaqin do`stlariga aylanishi va ular hayotida muhim ahamiyat kasb etishini xayollariga ham keltira olishmaydi.

Asar boshida kitobxon Germiona shaxsini to`liq bilib oldim, u hammaning asabiga tegib yuradigan bilag`on qiz obrazi degan xayolga boradi. Ammo Rouling obrazlar tasvirida hech qachon oddiy usuldan foydalanmaydi. Uning yaxshi bo`lib tuyulgan qahramonlari aslida yovuz, avvaliga yomon taassurot qoldirganlari esa aslida yaxshi qahramon bo`lib chiqadi. Ilk bor Germiona haqida uyg`ongan taassurot ham aslida uning asl shaxsiyatiga mos emasdi. Rouling Germionaning xususiyatlarini sekin-astalik bilan ko`rsatib boradi. Germionaning sehrgarlik qobiliyati va bilimga chanqoqligi, afsunlarni tez yod olib, ularni to`g`ri qo`llay olishi bilan Hogvartsdagi eng yaxshi o`quvchilar qatoridan joy oladi. Aslida Germionaning o`zini bunday tutishiga sabab bor edi, u magllar oilasida tug`ilgan sehrgar ekanligi uchun uni Hogvartsda kamsitishlarini bilardi. Shuning uchun birovlarning ko`magiga qarab qolmaslik va magllardan tug`ilgan sehrgar aslzoda sehrgar oila farzandlaridan ko`ra ancha bilimli bo`lishi mumkinligini isbotlash uchun o`zini shunday tutardi.

Birinchi kitobda o`rtalaridagi tushunmovchilik sabab vujudga kelgan bolalarcha adovatga qaramay, Garri va Ron Germionani xavfli trolldan qutqarishgach, Germionada ularga nisbatan hurmat va do`stlik tuyg`ulari uyg`onadi. Shu paytdan boshlab Germionaning boshqa xususiyatlari ham ko`zga tashlanib boradi: hech qachon maktab qonun-qoidalarini buzmagan Germiona do`stlariga yordam berish uchun ularni buzadi. Bu esa Germionadek tartibli, qoida buzishni gunohdek qabul qiladigan qiz uchun katta jasoratga teng edi. Aslida Germionada ham bolalarcha qiziqish hamma narsadan ustunlik qiladi, shuning uchun Garrining hech bir sarguzashti uning ishtirokisiz o`tmaydi. Endi kitobxon uchun Germiona obrazi butunlay yangicha ko`rinish ola boshlaydi. Germiona ham do`stlariga yordam berish uchun har qanday vaziyatda ham doimo ular tarafida turadi.

Germiona va Ronning fe’l-atvori xuddi magnitning ikki qutbiga o`xshaydi: Ronni faqat hissiyotlari boshqarsa, Germiona, aksincha, faqat aqliga bo`ysunadi. Asarda ikki obrazning xususiyatlari yana teskari ravishda o`zgarib boradi: vaqt o`tib Ron faqat hissiyot emas, aqlga ham quloq tutishni o`rganadi, Germiona esa o`rnatilgan qoidalarga ko`r-ko`rona ergashib, faqat aqlning aytganini emas, ba’zida qalb amriga ham bo`ysunish kerakligini tushunib yetadi.

Germionaning o`ziga xos jihatlaridan biri shundaki, u uchala do`stning ichida har doim aqliga tayanib ish ko`radigan, mantiqiy fikrlash darajasi kuchli va juda zukko qiz. Chunki ko`p mushkul hollarda o`zini yo`qotib qo`ymay, to`g`ri g`oya va fikrlar faqat Germionadan chiqardi. Masalan, “Maxfiy xona”da qiyofa o`zgartiruvchi ichimlik tayyorlab, Malfoydan sirlarni bilib olish Germionaning g`oyasi edi:

Well, if you two are going to chicken out, fine.I don’t want to break rules, you know. I think threatening Muggle-borns is far worse than brewing up a difficult potion. But if you don’t want to find out ...’

I never thought I’d see the day when you’d be persuading us to break rules,’ said Ron.1

“Qaqnus ordeni”da esa u qat’iyan ma’n etilgan bo`lishiga qaramay, Dambldor armiyasini tuzish g`oyasi bilan chiqadi.

Germionaning do`stlariga sadoqati uning kuchli tomonlaridan biridir. “Ajal tuhfalari” qismida Garrining Dambldorga, Ronning esa Garriga nisbatan ishonchi so`na boshlaganda faqatgina Germiona Dambldor va Garriga avvalgidek ishonadi, shuning uchun hatto Ron Garrini tashlab ketganda ham u Garri bilan qoladi.

Shuni aytib o`tish kerakki, Germionaning o`ziga ishonchi juda yuqori, ko`p hollarda boshqa o`quvchilar uni tushunmay kekkaygan bilag`on, maglvachcha deb haqorat qilsa ham, Germiona ularning bunday haqoratlaridan o`kinib o`tiradigan va boshqalarga yoqish uchun o`zini tuzatishga urinmaydi. U har qanday bosimlarga qarshi tura oladigan kuchli iroda va o`ziga ishonch kuchli obrazdir.


Yüklə 337,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə