Buxoro davlat universiteti



Yüklə 337,52 Kb.
səhifə4/6
tarix18.06.2018
ölçüsü337,52 Kb.
#49552
1   2   3   4   5   6

Drako Malfoy. “Garri Potter”dagi yana bir qiziqarli bolalar obrazlaridan biri bu Drako Malfoy obrazidir. Drako Garri obraziga butunlay teskari: u aslzoda sehrgarlar oilasi va slizerinlarga mansub yovuzlik tarafdori bo`lgan obraz. Xuddi Garridek, Malfoy ham ota-onasi izidan borishga va ularga munosib bo`lishga harakat qiladi, ammo uning ota-onasi yovuzlik uchun xizmat qilishgani sabab Malfoyga qilayotgan ishlari to`g`ri degan fikr shakllangan. Oilasiga munosib bo`lish uchun u har qanday pastkashlikdan ham toymaydi, hech bir kurashda halol yo`l bilan emas, balki qing`ir-qiyshiq usullarni qo`llaydi. Drako ilk bor Hogvartsga kelishganda Garriga kambag`al Ronni emas, balki aslzoda oilaga mansub o`zidek bola bilan do`stlashishni maslahat bergan paytdan boshlab Garri bilan oralarida adovat boshlanadi. U o`ta kalondimog`, aslzoda va sehrgarlar oilasidan bo`lmaganlarni har safar haqorat qilishga urinadi.

Rouling kitobning ilk besh qismida Drakoning barcha qusurlarini tasvirlab, asardagi eng yovuz bola obrazi kitobxonlar ongida shakllanib ulgurgan bir vaqtda oltinchi kitobga kelib Drakoning qahramonida asta-sekinlik bilan o`zgarishlar kuzatila boshlanadi, unda ham ichki ziddiyat, ichki kurash avj olayotgandi. Drako Garrini ko`rganida avvalgidek kamsitishga harakat qilmay qo`ygandi, uning xayoli qaysidir muammo bilan band edi. Butunlay yovuz lord Voldemort tomonida bo`lishiga qaramay, uning buyuradigan yovuz vazifalarini bajarish Drako uchun og`irlik qiladi, ba’zida esa hatto ularni bajarishning uddasidan chiqmasdi. Unga topshirilgan eng katta vazifa Albus Dambldorni o`ldirish buyurilganda, Drako bu vazifaga ancha tayyorgarlik ko`rishiga qaramay, Dambldor bilan yuzma-yuz to`qnashuvda uni o`ldira olmaydi. Albatta, bu holat barcha kitobxonlarni hayratga soladi, chunki asar boshidan xuddi shu nuqtagacha bo`’lgan davrda hamma Drako Malfoy hech qanday yovuzlikdan tap tortmaydi, u Dambldorni o`ldirishga qodir degan xulosaga keladi. Ammo kitobxonlarni hayratga solgan holda, Drako Dambldorni o`ldirishni paysalga solib, uning bergan savollariga javob berib vaqtni o`tkazadi. Dambldor Drako uni o`ldirolmasligiga ishonchi komil edi, chunki insoniylik tuyg`ulari Drakoning yuragini hali ham tark etmaganini bilardi.

I’m not afraid!’ snarled Malfoy, though he still made no move to hurt Dumbledore. ‘It’s you who should be scared!’

But why? I don’t think you will kill me, Draco. Killing is not nearly as easy as the innocent believe.’1

Drakoning barcha yovuzliklari aslida otasiga taqlidan qilingan ishlar bo`lib, u buni keyinroq anglab boradi. Drako boshida yovuzliklarni o`z xohishi va tashabbusi bilan amalga oshirgan bo`lsa, keyin bu ishlar unga malol kela boshlaydi, ammo ortga qaytishga ham yol` yo`q, chunki endi u oilasini saqlab qolish uchun yovuzlarga yordam berishga majbur. Asarning boshida u aniq yovuzlik tarafida bo`lgan bo`lsa, asar so`nggiga kelib Drakoning aslida yovuzlikmi yoki ezgulik tarafida ekanini aytish qiyin, sababi u hech qachon ikki tarafga ham to`lig`icha o`tib ketmaydi. Asarning yakunlovchi bobida Rouling oz bo`lsa-da Drakoni ham tilga oladi. O`g`lini Hogvartsga kuzatishga chiqqan Drako Garri va Ronga ko`zi tushib, ular bilan uzoqdan salomlashadi. Bu ular do`st bo`lib ketishmagan bo`lishsa ham, dushmanchilik va adovatga barham berilganidan dalolat beradi.
II bob bo`yicha xulosa
Xulosa qilib aytganda, adiba Joan Rouling tasvirlagan “Garri Potter” dunyosi voqealari sehrli dunyoda sodir bo`lsa ham, uning qahramonlari kitobxon har kuni uchratishi mumkin bo`lgan kulgili, aqlli, ba’zan sodda, ba’zan o`qishga mukkasidan ketsa, ba’zida o`qishni xushlamaydigan, ba’zan qoidalarni buzib, sho`xlik va qiziqishlari bilan turli vaziyatlarga tushib turadigan bolalar-u o`smirlar. Ularni oddiy bolalardan faqatgina sehrgalik qobiliyatlarigina ajratib turadi, xuddi shuning uchun ham ular kitobxonga jonli va ishonarli bo`lib taassurot qoldiradi.

Rouling yaratgan bolalar obrazlari tahlil qilinar ekan, ularning barchasi bir-birida uchramaydigan fe’l-atvor va xususiyatlarga ega rang-barang obrazlar ekaniga guvoh bo`lish mumkin. Asar boshida ularning gap-so`zlarida bolalarga xos soddalik, yangi hayotning sir-asrorlariga bo`lgan qiziqish, o`z jahllari va hissiyotlarini jilovlay olmay, janjallarga sabab bo`lishlari tasvirlangan bo`lsa, asarning har bir qismida qahramonlarning nutqi, o`zini tutishi o`zgarib, oldlariga qo`yilgan vazifa hamda ularning shaxsi kamol topib boraveradi. Ma’lum vaziyatlarda esa ularning hatto o`zlari ham bilmagan qirralari namoyon bo`lib kitobxonni hayratga soladi. Masalan, ikkinchi darajali qahramon Nevil Longbottom obrazini oladigan bo`lsak, Hogvartsga endi kelganda butun maktabda Nevildek no`noq bolani topish mushkul edi. Har qadamida biror ish turg`uzib yuradigan hardamxayol Nevil, aslida aslzoda sehrgarlar oilasida tug`ilgan bo`lsa ham, uning qobiliyati maqtashga arzigulik emasdi. Kitobning har bir keying qismiga o`tganda Nevilning qobiliyati va shaxsiy fazilatlari yuksalib boradi, boshida qo`rqoq bo`lgan Nevil keyinroq Voldemortga qarshi tuzilgan Dambldor armiyasining yetakchilaridan biriga aylanadi. Asarning so`nggida esa u Hogvartsda professor bo`lib ishlayotgani ma’lum bo`ladi.

Shunday qilib, Rouling yaratgan hech bir obraz bir qolipda qotib qolmagan, aksincha rivojlanib boradigan bir-biridan qiziqarli obrazlardir.

III BOB

GARRI POTTER” ASARIDA USLUB VA UNING ASAR RIVOJIDAGI ROLI



  1. Garri Potter” asarida antonomasiyalarning qo`llanilishi va ularning asardagi o`rni

“Garri Potter” asarini tahlil qilar ekanmiz, unda Rouling yaratgan parallel olam, undagi qahramonlar va voqealarning o`ziga xosligi bilan birga yozuvchining antonomasiya (stilistik vositalarning kishi ismida qo`llanilishi)ni san’at darajasiga olib chiqqaniga guvoh bo`lamiz.

Bu stilistik vositadan asosan badiiy uslubda keng qo`llaniladi. “What’s in a name” nomli maqolasida R.Davis shunday yozadi: “In deciding on names for his characters, an author has an unfair advantage over other parents. He knows so much better how his child will turn out. When Saul Bellow named Augie March, he had already conceived a hero restlessly on the move, marching ahead with august ideas of himself. Henry James saw in Adam Verver of “The Golden Bowl” a self-made American, sprung from the soil, full of verve and zest for life. In choosing names like ‘Murd-stone’, ‘Scrooge’, and ‘Gradgrind’, Dickens was being even more obvious”1

Stilistika fanining ko`zga ko`ringan vakillaridan biri I.R.Galperinning ta’kidlashicha, antonomasiya so`zning mantiqiy va atoqli (nominal) ma’nolari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni ifodalaydi. Antonomasiyaning stilistik vazifasi shundan iboratki, u insonning asosiy, o`ziga xos xususiyatini belgilaydi, atoqli ot yordamida shaxsning qanaqa ekanligini ko`rsatib, unga tavsif beradi.2 Masalan, Bayronning “Don Juan” asaridan keltirilgan quyidagi parchada ham ushbu stilstik vosita qo`llanilgan:

“Society is now one polished horde,

Form'd of two mighty tribes, the Bores and Bored.”

Bu yerda “The Bores” va “Bored” antonomasiyaga misol bo`lib, yozuvchi qahramonlarning asosiy tabiatidan kelib chiqib, ularni shu ismlar bilan ataydi.

Rouling “Garri Potter” asarida ham antonomasiya san’atini o`rinli qo`llagan. Yozuvchi qahramonlar ismini shunchaki tanlamagan, aksincha, asarni o`qigan sayin har bir qahramonning ismi o`ziga nechog`lik darajada mos ekanligiga guvoh bo`lish mumkin. “Garri Potter”dagi ismlar faqat ingliz ismlari bo`lmay, ularning ma’lum qismi yunon-rim mifologiyasi, lotin, qadimgi anglo-sakson, skandinav, fransuz va boshqa xalqlar tillaridan olingan.

Asar bosh qahramoni Garrining ismi qadimgi skandinav tilidan fransuz va ingliz tillariga kirib kelgan bo`lib, u “Henry” ismining ingliz tili talaffuzida keyinchalik o`zgargan shaklidir. “Harry” - “kuchli boshqaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi.1 Rouling bosh qahramon uchun aynan bu ma’noni anglatuvchi ismni bejizga tanlamagan. Chunki butun sehrgarlar olamini qo`rquvda ushlab turgan yovuz Voldemortga qarshi tura olish, unga qarshi kuch to`plash va uni yengish faqatgina eng kuchli sehrgarning qo`lidan keladigan vazifa ekani va Garri bu ishni kitobning har bir qismida muvaffaqiyatli amalga oshirganini hisobga oladigan bo`lsak, uning ismi asarda u bajaradigan vazifaga to`la mosligini ko`rishimiz mumkin. Garri nafaqat sehrgarlik tomondan, balki ruhiy va axloqiy jihatdan ham kuchli qahramon, u qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan, maqtovlar va turli nayranglarga uchmaydigan kuchli iroda sohibi. Voldemort kabi yovuz sehrgarlar hukmronlik va abadiy hayot havasi bilan ko`pgina razilliklarga qo`l urgan bir paytda, Garri hech qachon sehrdan yomon maqsadda foydalanmaydi, o`z qobiliyatini suiiste’mol qilmaydi. Aynan mana shu sabab “Falsafa toshi”da Garri dushmani ustidan g`alaba qozonadi:

Harry:‘How did I get the Stone out of the Mirror?’

Dumbledore: You see, only one who wanted to find the Stone – find it, but not use it – would be able to get it, otherwise they’d just see themselves making gold or drinking Elixir of Life.’1

Shuningdek, Garrida boshqaruvchilik qobiliyati ham shakllangan bo`lib, u boshqalarni o`ziga ishontirib, ularga yo`lboshchilik qila oladi. Shuning uchun ham “Qaqnus ordeni” qismida Dambldor armiyasini tuzganda ko`pchilik o`quvchilar uning izidan ergashishadi va armiya safiga kirishadi. “Shahzoda tilsimi” qismida ustozi Dambldorni uning ko`z o`ngida o`ldirishgach va yo`lboshchisidan ayrilganiga qaramay, Garri o`zini yo`qotib qo`ymaydi, balki yovuzlarga bo`lgan g`azabi uning yanada kuchli bo`lishiga yordam beradi.

Garri Potterning eng yaqin do`sti Ronald Uizli asar davomida Ronald deb emas, balki Ron deb tilga olinadi. Ronald ismi qadimgi shotland tilidan kelib chiqqan bo`lib, “qirolning yordamchisi” degan ma’noni anglatadi.2 Ron asosiy qahramon hisoblansa-da, uning asardagi vazifasi Garri Potternikidek katta va muhim emas, balki har doim zarur vaziyatlarda Garri Potterga yordam berishdir. Rouling Ronni akalari soyasida qolib ketgan, har doim turli ko`ngilsizliklarga uchrab yuradigan kulgili bola sifatida tasvirlanadi. Ronning sehrgarlik qobiliyati ham Garri yoki Germionanikidek kuchli emas, balki shuning uchun ismi to`liq emas qisqartirilgan holda ishlatilgan bo`lishi mumkin. Biroq Ron Garri va Germionani qiyinchiliklardan olib chiqqan vaziyatlar ham ancha. Masalan, asarning so`nggi “Garri Potter va ajal tuhfasi” qismida Ron do`sti Garrining hayotini saqlab qoladi:

Harry stared at Ron, half expecting him to have disappeared every time he lost sight of him, and yet he had to be real: He had just dived into the pool, he had saved Harry’s life.” 3

Ronning oilasi nomi Uizli tanlovida ham Rouling antonomasiya san’atini mohirona qo`llagan. Uizli so`zi ‘weasel’ so`zidan kelib chiqqan bo`lib,2 latcha deb tarjima qilinadi. Latcha – o`zi kichikroq yirtqich jonzot bo`lib, ko`pchilik ularni omadsiz va jahldor jonivor deb hisoblab, yoqtirishmaydi. Ammo Rouling fikricha, latchalar odamlar o`ylaganlaridek yomon jonzotlar emas.3 Xuddi shunga o`xshab, Uizlilar oilasini ham ko`pchilik aslzoda sehrgar oilalar yoqtirishmaydi, ularning kambag`alligi sabab past nazar bilan qarashadi.

Asarning yana bir asosiy qahramonlaridan biri, barcha qismlarda Garriga yovuz lord ustidan g`alaba qozonishga yordam bergan eng aqlli qahramon qiz – Germiona Grenjer. Germiona ismi qadimgi yunon mifologiyasida sehrgarlar avliyosi hisoblangan “Hermione” ismidan olingan. Asarda Germiona o`zining bilimdonligi, afsunlarni to`g’ri qo`llay olish qobiliyati bilan ajralib turadi. Mushkul vaziyatlarda Garri doim Germionaning yordamiga tayanadi. Grenjer esa o`rta asr fransuz tilidan kelib chiqqan bo`lib, “Granger”- “oddiy inson”, “dehqon” ma’nosini anglatgan.4 Qizning familiyasi uning ijtimoiy kelib chiqishiga ishora bo`lib, romanning “Garri Potter va sirli xona” qismida Germiona Grenjerning magllar oilasida dunyoga kelgani ma’lum bo`ladi. Magllar oilasidan chiqqan afsungarlar ba’zi yovuzlik tarafdorlari bo`lgan aslzoda sehrgarlar tomonidan kamsitilib, “mudblood” ya’ni “nopok qonli” deb murojaat qilinadi. Germionaga nisbatan ham asarning ba’zi qismlarida shu so`zni ishlatishadi:



1.‘I got the idea of poisoning the mead from the Mudblood Granger, as well, I heard her talking in the library about Filch not recognising potions ...’

Please do not use that offensive word in front of me,’ said Dumbledore. 1

2. ‘Hermione Granger,”’ Scabior was saying, ‘“the Mudblood who is known to be travelling with ’Harry Potter. 2

Shunga qaramay, Germiona sehrgarlar orasida eng kuchlilari safidan o`rin oladi.

Albus Dambldor - Hogvarts maktabi direktori, Garrining maktabdagi eng yaqin ustozlaridan biri, shuningdek asardagi yoshi eng katta qahramon. Albus ismi lotin tilidan kelib chiqqan bo`lib, “oq”, “donolik” degan ma’nolarni anglatadi.3 Oq rang barcha xalqlarda poklik, soflik, yaxshilik ramzi sanaladi. Albus Dambldor doim Garriga to`g’ri yo`lni ko`rsatib turadigan nur, ma’naviy yo`lboshchi qahramondir. Asarda ism uning yoshi, ko`rinishi, hayotiy tajribasi va ezgulik tarafdori ekaniga ishora bo`lib, Dambldor tasviri quyidagicha beriladi:

“…He was tall, thin and very old, judging by the silver of his hair and beard, which were both long enough to tuck into his belt... His blue eyes were light, bright and sparkling behind half-moon spectacles and …this man’s name was Albus Dumbledore.”4

Dambldor Hogvartsda va sehrgarlar dunyosidagi yoshi ulug` sehrgarlardan bo`lgani sababli, uning sehrgarlik va hayotiy tajribasi ustun edi. U Garriga har doim to`g`ri yo`l ko`rsatib turar, o`z maslahatlari bilan Garrini qiziqtirgan muammolarga javob topishga yordam berardi. Aynan Dambldor ishlab chiqqan reja asosida ish ko`rilgani uchun oxir-oqibat Voldemortni mag`lubiyatga uchratishga muvaffaq bo`lishadi, bu yo`lda Dambldor hatto o`z hayotini ham qurbon qiladi.

Asarning boshidan so`ngiga qadar butun sehrgarlar olamini qo`rquvga solgan qahramon Voldemort ismi nafaqat qahramonning tabiatini, balki uning qismatini ham ko`rsatib turadi. “Mort” so`zi ko`pgina Yevropa tillarida “o`lim yoki yovuz” degan ma’noni anglatadi. Fransuz tilidan “vol-de-mort” birikmasi “o`limdan qochish” deb tarjima qilinadi.1 “Valde” so`zi Lotin tilida “buyuk, kuchli, dahshatli” ma’nolarini berishini hisobga olsak, “Voldemort”ni “dahshatli o`lim” deb tarjima qilsa ham bo`ladi. Voldemort eng kuchli, shu bilan birga eng yovuz sehrgar bo`lib, maqsadi yo`liga to`g’anoq bo`lganlarni dahshatli o`lim bilan jazolaydi, shuning uchun sehrgarlar uning ismini tilga olishga qo`rqishadi.



I fashioned myself a new name, a name I knew wizards everywhere would one day fear to speak, when I had become the greatest sorcerer in the world!’ 2

Voldemort haqida gapirganda ko`pchilik sehrgarlar Lord V. you-know-who ( siz o`sha ismini biladigan lord), He-Who-Must-Not-Be-Named (ismini tilga olish ta’qiqlangan) yoki the Dark Lord ya’ni, yovuz(qora) lord deb murojaat qilishadi. Birinchi kitobda, hatto Garri ham Vodemortni yuqoridagi so`zlardan biri bilan ataganda, Dambldor unga: “Hammani o`z ismi bilan chaqir. Ismdan qo`rquv uning egasiga bo`lgan qo`rquvni yanada kuchaytiradi”,- deb ta’kidlaydi.



-‘Sir?’ said Harry. ‘I’ve been thinking ... Sir – even if the Stone’s gone, Vol– ... I mean, You-Know-Who –’

-‘Call him Voldemort, Harry. Always use the proper name for things. Fear of a name increases fear of the thing itself.3

Voldemortning ismi faqat uning kuch-qudratini emas, balki uning bu yovuz qilmishlari ortida qanday maqsad turganini ham ko`rsatadi. Hammani o`lim dahshati bilan qo`rqitgan Voldemortning o`zi ham aslida o`limdan qochardi, uning asl niyati qay yo`l bilan bo`lmasin abadiy tirik qolish usulini topish edi. Voldemort aslida yovuz sehrgarning o`z ismi bo`lmay, balki u shu ism orqali boshqalar qalbiga dahshat va qo`rquv solish uchun uni tanlagandi. Voldemortning asl ismi Tom Ridl bo`lib, kitobxon va hatto Garri ham bundan “Garri Potter va maxfiy xona” qismida xabar topishadi. Tom so`zi “Tomas” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, “egizak” degan ma’noni anglatadi.1 Bu o`rinda ham Rouling yovuz lord uchun uning xususiyatini ochuvchi ism tanlagan, chunki yovuz lord bolaligidanoq ikki xil shaxsiyatga ega edi: o`qituvchilarga o`zini aqlli, bilimli va qoidalarga rioya qiladigan o`quvchi qilib ko`rsatar, yuragidagi yovuzlikni esa hech kimga sezdirmasdi. “Maxfiy xona” qismida Garri sehrlangan kundalik topib oladi va kundalik sohibi o`zini unga Tom Ridl deb tanishtiradi. Kundalik Tomning xotiralarini o`z ichiga olgan bo`lib, Tom uning ayrim qismlari bilan Garrini ham tanishtiradi. Tom bilan faqat kundalik orqali muloqot qilgan Garri uchun Tom Ridl haqiqatan ham xuddi topishmoqdek edi. Har bir topishmoqning vaqti kelib javobi topilganidek, asar so`ngiga kelib Tom Ridlning shaxsi ham, uning yovuz maqsadi ham ayon bo`ladi.



He pulled Harry’s wand from his pocket and began to trace it through the air, writing three shimmering words:

TOM MARVOLO RIDDLE

Then he waved the wand once, and the letters of his name rearranged

themselves:

I AM LORD VOLDEMORT 2

Tasavvur qilaylik, Rouling Voldemortni Robert, Jon, Uilyam, Charlz kabi boshqa ismlar bilan nomlaganda qahramonlar va kitobxonlarda Voldemort haqida noxush his-tuyg`u, qo`rquv uyg`ota olishi dargumon edi.

Drako Malfoy qahramonining ismini tahlil qilar ekanmiz, Rouling ushbu qahramon ismi tanlovida ham antonomasiyaning imkoniyatlaridan samarali foydalanganiga guvoh bo`lamiz. Drako so`zi lotin tilidan kelib chiqqan bo`lib, “ajdarho” degan ma’noni anglatadi.1 Ko`pchilik xalq og`zaki namunasi bo`lmish ertaklardan ma’lumki, ajdarholar ko`pincha og`zidan o`t purkab turuvchi yovuz mavjudot sifatida tasvirlanadi. Drako ham har safar to`qnash kelganda Garri va uning do`stlari Ron hamda Germionani haqorat qilish payida yuradi. Uning biror kishi haqida yaxshi gap aytganini eshitish ham amri mahol. Drakoning yana bir xususiyati shundaki, u uchun ota-onasi yuqori o`rin egallashadi, shuning uchun ham oilasi saqlab kelayotgan qadriyatlar, garchi ular yovuzlikka xizmat qilsa ham, Drako uchun ham amal qilinishi muhim bo`lgan zaruriyat hisoblanadi, ularni saqlab qolish va himoya qilish uchun kurashadi. Drakoning familiyasi Malfoy ko`pgina Yevropa tillarida “yomon taqdir” ma’nosini anglatadi.2 Agar Drakoning hayoti orqali tahlil qiladigan bo`lsak, haqiqatan ham uni baxtsiz taqdir sohibi deyish mumkin. Chunki yovuzlik tarafdori bo`lgan oilada dunyoga kelib, hali aqli kirmay turib ota-onasining yo`lini davom ettirish mas’uliyati bilan o`sgan Drako ko`p hollarda qilayotgan ishlarining pastkashlik va yovuzlik ekanini sezmasdi. Yaxshi va yomonni farqlay boshlaganda esa, oilasining tirik qolishi uchun endi ortga chekinishga yo`l yo`qligini tushunadi.

Asardagi yana bir qahramon Luna Lavgudning ismi ham uning ko`rinishi va tabiatiga juda mos qilib tanlangan. “Luna” lotin, rus va ko`pgina boshqa Yevropa tillarida “oy” ma’nosini anglatadi. Bu ism, birinchidan, qizning tashqi ko`rinishiga aynan mos keladi:



She had straggly, waistlength, dirty blonde hair, very pale eyebrows and protuberant eyes that gave her a permanently surprised look.3

Ikkinchidan esa, uning gap-so`zlari va xatti-harakatlari xuddi oyparast odamnikidek taassurot qoldirishini hisobga olsak, Lunaning ismi jismiga mos ekaniga guvoh bo`lamiz:



The girl gave off an aura of distinct dottiness. Perhaps it was the fact that she had stuck her wand behind her left ear for safekeeping, or that she had chosen to wear a necklace of Butterbeer corks, or that she was reading a magazine upside-down.1

Lunaning biroz g`alati fikr yuritishi ko`pchilik o`quvchilarni undan o`zlarini olib qochishlariga sabab bo`lardi. U ko`p hollarda o`zini xuddi uyqusiragan odamdek tutishiga qaramay, Lunaning aqliy qobiliyati ko`pchilik sehrgarlar havas qilsa arzigulik darajada edi. Lunaning familiyasi “Lavgud” (Lovegood) ham qizning ko`pchilikda uchramaydigan xususiyatiga ishora bo`lib, Luna har qanday yomon vaziyatlarda ham ruhan tushkunlikka tushmaydi, aksincha, atrofdagilarga ham bunday vaziyatlarda taskin berishga urinadi, ularni yorug` kun kelishiga, har qanday ishning yaxshi tomonini ko`rishga undaydi. Eng kuchli irodali kishilarni ham aqldan ozdiradigan sehrgarlar qamoqxonasi Azkabanga yuborilganini eshitishganda, Garri Lunaning bunday ruhiy qiyinchilikni osonlik bilan yengib, hatto o`sha yerda ham o`z mashg`ulotlari bilan ovunib yurganiga ishonchi komil edi. Aslida Malfoylar qo`rg`onida to`rt oy davomida hibsda ushlab turilgan Luna xonadoshi janob Olivanderning tushkunlikka tushmasligi uchun unga har doim tasalli berib, uning ko`nglini ko`tarib turardi.

I’m going to miss you, Mr Ollivander,’ said Luna, approaching the old man.

And I you, my dear,’ said Ollivander, patting her on the shoulder. ‘You were an inexpressible comfort to me in that terrible place.’ 2

Bundan tashqari Luna Lavgud sinfdoshlari tomonidan doim masxara qilinib, ba’zida “looney”, ya’ni telba deb murojaat qilinsa ham, u hech qachon bunday munosabatlarga e’tibor bermaydi, ustidan kulgan yoki buyumlarini sindirib, ularni yashirib qo`yadiganlardan o`ch olishga harakat qilmaydi. Chunki birovga dushmanchilik qilish Lunaning tabiatiga yot jihat edi.

“Garri Potter”ning hamma o`quvchilariga yaxshi tanish bo`lgan professor Severus Sneypning ismi ham uning ko`rinishi-yu tabiatiga aynan mos keladi. Uning ismi ingliz tilida “shafqatsiz, qattiqqo`l, qo`pol” kabi ma’nolarni berib, Professor Sneyp ko`pchilik Hogvarts o`quvchilari o`rtasida qattiqqo`l va shafqatsizligi bilan mashhur.



Cruel, sarcastic and disliked by everybody except the students from his own house (Slytherin), Snape taught Potions 1

Professorning ko`rinishi ham yoqimsiz hissiyot uyg`otsa, bu uning fe’l-atvori oldida hech nima bo`lmay qoladi. U o`quvchilarga, ayniqsa o`zi yoqtirmaganlarga hamisha yomon munosabatda bo`ladi, shuning uchun uning darslarida har doim tartibga rioya qilinadi. Nevil Longbottomning hayotda eng qo`rqqani professor Sneyp ekani ma’lum bo`lganda ham, ko`pchilik o`quvchilar bundan hayratga tushishmaydi. Shuningdek, u yovuz Voldemortning eng ishongan yordamchilaridan biri bo`lib, ko`p jinoyatlarida unga yordam beradi.

Professor Minerva Makgonagol nomi “donolik”, “aql” kabi ma’nolarni anglatib, professor Makgonagol timsolida ham xuddi shu xususiyatlarni ko`rish mumkin.2 U Hogvartsda bir necha yildan buyon dars berib kelayotgan professorlardan biri bo`lib, o`zining o`tkir zehni, kuchli sehrgarlik qobiliyati orqali Griffindor kolleji rahbari darajasiga ko`tarilgan. Shuningdek, ko`pgina sehrgarlarda mavjud bo`lmagan animaglik qobiliyatiga ega sehrgarlardan biridir. Rim mifologiyasida Minerva aql, san’at va urush xudosi sanalgan. Professor Minerva Makgonagol ham xavfli vaziyatlarda tezda talabalari himoyasiga chog`lanadi, yovuzlikka guvoh bo`lgan joyda u hech qachon unga qarshi kurashmay turolmaydi. Voldemortga qarshi tuzilgan feniks jamiyati a’zolari ichida professor Makgonagolning ham borligi uning kurashuvchanlik xususiyatini namoyon etadi.

2. Asarda xalq og`zaki ijodiga yondashuv

“Xalq donoligi”, “xalq ijodiyoti” ma’nolarini anglatuvchi “folklor” so`zi ilk bor 1846-yilda ishlatilgan bo`lsa-da, uning ildizlari uzoq o`tmishga borib taqaladi. Folklorning alohida sohasi bilan shug`ullanuvchi mutaxassislar ko‘pincha folklor deganda o`zi o`rganuvchi sohani nazarda tutadi. Jumladan, tasviriy san’atni o`rganadigan olim folklor deganda, naqsh san’atini nazarda tutadi. Xoreograf esa xalq raqsini, musiqashunos xalq kuylarini, folklorshunos hamda adabiyotshunoslar esa xalq og`zaki ijodini nazarda tutib ish olib borishadi. 1

Xalq og`zaki badiiy ijodi har bir xalqning asrlar davomida ijodkor farzandlari tomonidan yaratilgan madaniy merosidir. Bu meros maqollar, matallar, latifalar, qo`shiqlar, ertaklar, dostonlar va boshqa janrlardan iborat hisoblanadi. Xalq og`zaki ijodi o`zining rang-barangligi, yuksak g`oyalar bilan yo`g`rilganligi, xalq turmushi, mehnati, xullas, xalq hayotining barcha tomonlari bilan uzviy bog`liqligi bilan ham g`oyatda e’tiborlidir.

Aytish joizki, xalq og`zaki ijodi yoki, boshqacha qilib aytganda, folklor butun dunyo yozuvchilari tez-tez murojaat qilib turadigan, ularni ilhomlantiradigan asosiy manbalardan biridir. Qahramonlar nutqida maqollarning ishlatilishi, ertaklar, afsona va dostonlarning ma’lum bir motivlarini asar uchun asos qilib olish badiiy adabiyotda tez-tez uchrab turadigan hodisadir. Yozuvchi Joan Rouling ham “Garri Potter”ni yozish jarayonida xalq og`zaki ijodi namunalaridan kerakli o`rinlarda unumli foydalanganiga guvoh bo`lishimiz mumkin. Rouling yaratgan sehrli va xayoliy olamda hamma narsa: qahramonlardan tortib turli mavjudotlargacha haqiqiy real olamdagidan farq qiladi. Shu xususiyati bilan “Garri Potter” ma’lum ma’noda xalq og`zaki ijodi namunasi bo`lgan ertak va afsonalarni yodga soladi.

Muallifning o`zi ham “Garri Potter”ni yozish jarayonida ingliz xalq og`zaki ijodiga bevosita murojaat qilganini ta’kidlab o`tgan:

"I've taken horrible liberties with folklore and mythology, but I'm quite unashamed about that, because British folklore and British mythology is a totally bastard mythology. You know, we've been invaded by people, we've appropriated their gods, we've taken their mythical creatures, and we've soldered them all together to make, what I would say, is one of the richest folklores in the world, because it's so varied. So I feel no compunction about borrowing from that freely, but adding a few things of my own." 1

Rouling yuqorida aytib o`tganidek, ingliz folklori dunyodagi eng boy xalq og`zaki ijodlaridan biri hisoblanadi. Sababi, necha ming yillardan buyon bir necha istilochilik yurishlari qurboni bo`lgan Britaniya xalq og`zaki ijodi istilochi xalqlar folklori va mifologiyasi hisobiga boyib kelgan. Britaniya yerlarini bosib olgan har bir xalq uning aholisi o`rtasida o`zining xudolari haqidagi qarashlarni va mifologik qahramonlarini yoyishga harakat qilgan. Shuning uchun ingliz folklorida boshqa xalqlar og`zaki ijodida uchraydigan afsonaviy voqealar hamda turli mifologik jonzotlarning uchrashi tabiiydir.

Yevropa xalqlari folklorida haybatli qora it timsoli ham ko`p uchraydi. Ingliz xalqining bir necha asrdan buyon avloddan avlodga o`tib kelayotgan ertak va hikoyalarida “Black Shuck” (“qora jundor”) nomi bilan yuritilib, ko`pincha u yonib turuvchi qip-qizil ko`zli, haddan tashqari katta qora it sifatida tasvirlanadi. Shoir Martin Nyuel afsonaviy it tasvirini quyidagicha keltiradi:

As big as a calf, with eyes like burning coals, he pads silently beside the traveler on lonely country roads. Always keeping pace, he never drops back but simply seems to melt away. In some parts of the region, they believe that if you see old Shuck, then you or someone in your family will die. But best not to see him.2

Britaniyaning turli hududlarida tarqalgan ertaklarda bu itni ko`rgan insonning o`zi yoki qarindoshlaridan biri vafot etadi, degan qarashlar mavjud. “Black Shuck” obrazining xalq og`zaki ijodidan badiiy adabiyotga ham kirib kelganini Artur Konan Doylning “Sherlok Xolms” asarida “Baskervillar iti” degan qismida ko`rishimiz mumkin. Rouling ham ushbu afsonaviy mavjudot obrazidan asarning uchinchi kitobi “Garri Potter va Azkaban mahbusi”da samarali foydalangan. Asarda Garri bir necha marotaba yonib turgan ko`zli, kattakon qora itga duch keladi. Garrining do`sti Ron afsonadan kelib chiqqan holda buni o`lim ramzi bo`lishi mumkin, deb ta’birlaydi:

Harry,’ he said, in a low, serious voice, ‘you haven’t seen a great black dog anywhere, have you?’

Yeah, I have,’ said Harry. ‘I saw one the night I left the Dursleys.’ Ron let his fork fall with a clatter.

Probably a stray,’ said Hermione calmly. Ron looked at Hermione as though she had gone mad. ‘Hermione, if Harry’s seen a Grim, that’s – that’s bad,’ he said. ‘My – my Uncle Bilius saw one and – and he died twenty-four hours later!’ 1

Bunda Rouling arvohday kezib yuruvchi bahaybat qora it afsonasini to`g`ridan-to`gri keltirmay, qahramonlar nutqi orqali ularning bu afsonadan xabardor ekanliklarini ko`rsatib bergan.

Oldindan yozilgan taqdir yoki bola tug`ilmasdan oldin uning taqdirini bashorat qilish motivlari grek mifologiyasida keng tarqalgan. Buyuk yunon fojianavisi Sofoklning barchamizga yaxshi tanish bo`lgan, syujeti yunon xalqida mashhur bo`lgan rivoyatlardan olingan “Shoh Edip” asari xuddi shu motiv asosiga qurilgan.

Bundan tashqari, bashorat motivi faqatgina mifologiyada uchramay, balki xristian dini payg`ambari Iso Masihning tug`ilishi haqidagi rivoyatlarda ham o`z aksini topgan. Ularga ko`ra, Iso tug`ilmasdan oldin payg`ambarning dunyoga kelishi va unga hamma, hatto qirollar ham bo`ysunishi bashorat qilinadi. O`z taxtidan ayrilishni istamagan yahudiy qiroli Irod uni o`ldirishga harakat qilgan. Xuddi mana shu motivni Rouling kitobning beshinchi qismi “Garri Potter va qaqnus ordeni”da qo`llaydi. Aynan shu qismda Garri yillar davomida izlagan savoliga javob topadi, ya’ni nega yovuz lord Voldemort Garrini chaqaloqligida o`ldirmoqchi bo`lganligi sababini bilib oladi. Beshinchi kitob so`ngida keltirilgan “Lost prophecy” (“Yo`qolgan bashorat”) bobida voqealar Garri tug`ilishidan biroz oldin, professor Trelonining bashorati sabab boshlangani kitobxonga ma’lum bo`ladi. Bashorat quyidagi mazmunda edi:

The one with the power to vanquish the Dark Lord approaches ...born to those who have thrice defied him, born as the seventh month dies ... and the Dark Lord will mark him as his equal, but he will have power the Dark Lord knows not ... and either must die at the hand of the other for neither can live while the other survives ... the one with the power to vanquish the Dark Lord will be born as the seventh month dies ...’ 1

Bashoratdan xabar topgan Voldemort iyul oyi oxirida dunyoga kelgan bola, ya’ni Garrini o`ldirishga harakat qiladi, ammo uning bu urinishi bashoratda aytilganidek samarasiz bo`lib chiqadi.

Voldemort tried to kill you when you were a child because of a prophecy made shortly before your birth. He knew the prophecy had been made, though he did not know its full contents. He set out to kill you when you were still a baby, believing he was fulfilling the terms of the prophecy.2

Ko`rinib turganidek, “Garri Potter”da ham ikki qahramon o`rtasidagi hayot-mamot to`qnashuviga asosiy sababchi bashorat bo`lgan.

Roulingning xalq og`zaki ijodiga murojaatini yovuz sehrgar Voldemortning o`z jonini bir necha qismga bo`lib, ularni yettita buyumda saqlashi orqali ham bilib olish mumkin. Ko`pchilikka bu holat rus xalqining “O`lmas Koshshey” haqidagi ertaklarini eslatib yuboradi. Ammo bu faqat rus xalq ertaklarida uchramay, Jeyms Frezer fikricha, ruhni tanadan tashqarida saqlash (external soul) konsepsiyasi Hindistondan tortib Afrikagacha bo`lgan hududlarida yashovchi juda ko`p xalqlar folklorida o`z ifodasini topgan. Ko`p xalqlarning folklorini o`rganib chiqqan Frezer o`z kitobida nemis, rus, hind, grek, transilvan, ingliz va boshqa bir qator afrika xalqlarning shu motiv mavjud bo`lgan ertak va afsonalaridan misollar keltiradi. Ularning barchasida bunday buyumlar va unda saqlanayotgan jon yo`q qilinmaguncha, ruhi tanasidan tashqarida bo`lgan qahramonlarni o`ldirishning iloji yo`q. Bu ertak va afsonalarda voqealar hamda qahramonlar o`z jonlarini yashirgan buyumlari bir-biridan farq qilsa ham, ularda qahramonlarning yovuzlik tarafdorlari ekanligi va ularning sehr-jodudan xabardor ekanligi umumiy xususiyat hisoblanadi.1 Xuddi mana shu konsepsiyani Rouling badiiy sayqallab, ma’lum o`zgartirishlar o`zgartirgan holda, yovuz sehrgar Voldemort timsolida ochib beradi. Folklordagi motivdan farq qilib, Voldemort o`z jonini bitta emas, balki yettita buyum, ya’ni krestrajda saqlaydi. Krestraj – yovuz sehrgarlar abadiy tiriklikka erishish uchun o`z jonlarining ma’lum qismini yashiradigan kuchli sehrlangan buyum. Bunday buyum faqatgina yovuz sehrgarlar tomonidan yaratilishining sababi shundaki, krestraj hosil qilish va ruhni unga yashirish uchun albatta eng oliy jinoyatni amalga oshirish, ya’ni qotillikka qo`l urish kerak bo`ladi.

How do you split your soul?’

By an act of evil – the supreme act of evil. By committing murder. Killing rips the soul apart. The wizard intent upon creating a Horcrux would use the damage to his advantage’ 2

Bundan tashqari, yana bir farqli tomoni shundaki, ertaklarda qahramonning ruhi saqlanadigan buyum osonlik bilan yo`q qilinsa, “Garri Potter”da Voldemort joni saqlanadigan krestrajlarni yo`q qilish juda mashaqqatli ish hisoblanadi. Buni har qanday sehrgar amalga oshira olmaydi. Rouling ushbu o`zgartirishlar orqali Voldemortning bir tomondan, juda kuchli sehrgar ekanligini, boshqa tomondan esa, naqadar yovuz ekanini ko`rsatib beradi.

Yunon mifologiyasidagi Kerber yoki Serber – Aid (o`lim xudosi)ning marhumlar saltanati chiqish eshigini qo`riqlovchi uch boshli afsonaviy it. Ushbu mifologik mavjudot “Garri Potter va faylasuflar toshi” qismida ham tilga olingan:

They were looking straight into the eyes of a monstrous dog, a dog which filled the whole space between ceiling and floor. It had three heads. Three pairs of rolling, mad eyes; three noses, twitching and quivering in their direction; three drooling mouths, saliva hanging in slippery ropes from yellowish fangs.1

Rouling qo`llagan bu uch boshli it obrazi ham asarda Kreberga o`xshab qo`riqlash vazifasini bajaradi, ammo undan farqli o`laroq, faylasuflar toshiga eltadigan yo`lga chiqish eshigini qo`riqlaydi.

Shuningdek, “Garri Potter”ning 7 qismida ham ajdarho eng ko`p uchraydigan obrazlardan biridir. Ajdarho xalq og`zaki ijodining shunday obraziki, u nafaqat Yevropa yoki ingliz folklorida, balki o`zbek xalq ijodi namunalarida ham tez-tez tilga olinadi.

Bundan tashqari, asarda uchraydigan boggartlar, goblinlar, kentavrlar, elflar, qaqnus qushi, vasilisk iloni va shunga o`xshash ko`pgina jonzotlar muallifning badiiy to`qimasi mahsuli emas, balki xalq og`zaki ijodidan olingan obrazlardir.

Ingliz folkloriga xos boggartlar tavsifi “Dictionary of English folklore” lug`atida quyadigicha beriladi: ‘Boggart’ was a general term for any supernatural being which frightened people, whether indoors or out, without specifying whether it is ghost, malicious fairy, or minor demon.2

Boggartlar aniq shaklga ega bo`lmagan, insonlarni qo`rqitadigan g`ayrioddiy mavjudotlardir. Rouling asarning “Garri Potter va Azkaban mahbusi” qismida ilk bor boggartlar haqida ma’lumot beradi. “Garri Potter”da boggartlar ro`parasida turgan inson qo`rqadigan narsa ko`rinishiga o`ta olish xususiyatiga ega.

Boggarts like dark, enclosed spaces,’ said Professor Lupin. ‘Wardrobes, the gap beneath beds, the cupboards under sinks – I once met one that had lodged itself in a grandfather clock.

So, the first question we must ask ourselves is, what is a Boggart?’

It’s a shape-shifter,’ she said. ‘It can take the shape of whatever it thinks will frighten us most.’ 1

Boggartlar hatto inson ko`rinishiga ham o`ta olishadi. Masalan, boggartlardan qo`rqmaslik va ularning shaklini kulgili tusga kiritishni mashq qilish darsida boggart Nevilning ro`parasida professor Sneyp qiyofasiga kiradi. Chunki inson yuragining tub-tubidagi qo`rquvni his oladigan boggart Nevilning eng kuchli qo`rquvi professor Sneyp bilan bog`liqligini sezadi.

Right, Neville,’ said Professor Lupin. ‘First things first: what would you say is the thing that frightens you most in the world?’

Neville looked around rather wildly, as though begging someone to help him, then said, in barely more than a whisper, ‘Professor Snape.’ 2

Germionaga duch kelganda boggartlar buyum, inson yoki jonivor emas, balki ma’lum bir vaziyat tusiga kiradi.



Hermione did everything perfectly until she reached the trunk with the Boggart in it. After about a minute inside it, she burst out again, screaming.

Hermione!’ said Lupin, startled. ‘What’s the matter?’

P-P-Professor McGonagall!’ Hermione gasped, pointing into the trunk. ‘Sh-she said I’d failed everything!’ 3

Deyarli barcha xalqlarda boyqushlar haqida turli afsona va asotirlar mavjud. Ba’zi afsonalarga ko`ra ular o`lim va yovuzlik ramzi sanalsa, Yevropa mifologiyasi asoslaridan biri bo`lgan grek mifologiyasiga ko`ra, boyqush bashorat yetkazuvchi va donolik ramzi hisoblanadi. Donolik xudosi Afina ham ko`pincha qo`lida boyqush tutgan holda tasvirlangan. Boyqushlar “Garri Potter”da eng ko`p uchraydigan jonzotlar bo`lib, har bir sehrgar oila xat tashishda boyqushlardan foydalanishadi. Muallif necha asrlar davomida insoniyat uchun xat tashuvchilik vazifasini o`tagan kabutarlarni emas, balki aynan boyqushlarni bu vazifa uchun bejizga tanlamagan.

Masalan, asarda deyarli har bir qahramonning o`z xat tashuvchi boyqushlari bor. Kitobning birinchi “Garri Potter va falsafa toshi” kitobida Xogvarts sehrgarlar va afsungarlar maktabiga qabul qilingan har bir o`quvchi o`zi bilan bitta jonivor olib kelishi so`ralganda, Hagrid Garriga boyqush sovg`a qiladi. Asar so`ngiga qadar u Garrining asosiy yordamchisi va yolg`iz qolganda uni tinglaydigan sirdoshi bo`lib qoladi. Garrining boyqushi Hedvig juda ziyrak jonivor bo`lib, u hatto manzili ko`rsatilmagan xatlarni ham o`z egalariga yetkaza oladi. “Azkaban mahbusi” qismida Dursllar bilan bo`lgan mojaro sabab uydan ketishga qaror qilgan Garri Sehrgarlik ishlari vazirligi tomonidan band qilingan mehmonxonaga kirib kelganda, mehmonxona xizmatchisi Garrining boyqushi besh daqiqa oldin yetib kelganini aytadi.

Very smart owl you’ve got there,’ chuckled Tom. ‘Arrived about five minutes after you did. 1

Nafaqat Garrining, balki boshqa qahramonlarning boyqushlari ham juda ziyrak va aqlli ekani asarning ko`p o`rinlarida tasvirlab o`tilgan.

Rouling o`zi aytib o`tganidek, asarga kiritgan xalq og`zaki ijodiga tegishli ertak va afsona voqealari, shuningdek, mifologik mavjudotlarni aynan aslicha emas, balki ma’lum bir o`zgartirishlar bilan badiiy sayqallagan holda tasvirlagan.


Yüklə 337,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə