Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

Qirqish.
Buning uchun maxsus qirg‘ichlar ishlatiladi. Qirg‘ich bilan 
oshqovoq, turp va boshqalar qirib tayyorlanadi. Qaysi masalliqni qanday taom 
uchun qanday qilib qirish kerakligi tegishli retseplarda aytilgan. To‘g‘rash. 
Masalliqlar yuvib, archib tayyorlanganidan keyin ular ma’lum usulda, ya’ni katta-


kichikligi va shakli bir xil qilib to‘g‘raladi. To‘g‘rashdagi ma‘lum usullar (palov 
uchun sabvani somon shaklida qilib to‘g‘rash, maslavaga kartoshkani to‘rtburchak 
(kubik) qilib to‘g‘rash va hokazolar) xalqning uzoq davrlardan beri o‘tkazgan 
tajribalari asosida kelib chiqqan. Kitobdagi retseptlarda to‘g‘rash usullarining 
maqsadga eng muvofiqlari tanlab beriladi. Shu ko‘rsatilgan usullardan chetlashish 
- o‘z bilgancha to‘g‘rash, taomni bemaza bo‘lishida olib kelishi mumkin. Masalan, 
go‘sht bir necha xil taomlar uchun lo‘nda - lo’nda qilib to‘g‘raladi. Agar shu 
lo‘nda bo‘lakchalardan birini katta, birini kichik qilib to‘grab qo‘ygan bo‘lsangiz, 
u albatta, bo‘zilgan hisoblanadi, chunki mayda bo‘lakchalar pishib etilganda katta 
bo‘lakchalar pishmay qoladi. Agar siz masalliqlarni bir shaklda baravar qilib 
to‘g‘rasangiz ovqatning ko‘rinishi chiroyli bo‘lishi bilan birga masalliq bir tekisda 
pishadi va nafis tamlari yo‘qolmaydi.
To‘g‘rash usulidagi muhim printsiplardan biri

qo‘shimcha 
masalliqlarni asosiy masalliqlarga shakli moslashdir. Masalan, “no‘xat sho‘rvaga” 
qo‘shimcha masalliq bo‘lib kirgan sabzi kichik to‘rtburchak (kubik) - “no‘xatcha” 
shaklida “vermishel sho‘rvaga” solinadigan sabzi esa somon shaklida to‘g‘ralsa 
ovqatning ko‘rinishi chiroyli bovlishi bilan birga, masalliqlarning barchasi bir tekis 
pishadi. Pazanda o‘z san’atini dastavval masalliqlarni tayyorlashda ko‘rsatish 
lozim. Endi masalliq tayyorlashning ba’zi usullari bilan tanishib o‘tamiz. Somon 
shaklida to‘g‘rash. Sabzavotlar, xususan sabzi shu usulda tayyorlanadi. Buning 
uchun sabzi ozuqasiga yupqa parrak qilib kesiladi, so‘ngra somonga o‘xshatib 
to‘g‘raladi. Somonga o‘xshatib to‘g‘ralgan sabzining uzunligi 4-5 sm, ko‘ndalang 
kirqma 3x3 mm bo‘ladi.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə