Buxoro davlat universteti fizika matematika fakulteti umumtexnika fanlari kafedrasi


Frezalash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə10/28
tarix26.02.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#101537
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
5 – sinf o`quvchilariga metallarga ishlov berish bo`limini o`qitish mazmuni (1)

Frezalash dastgohlari va ularda bajariladigan ishlar
Frezalash dastgohlarida har xil shakldagi tashqi va ichki yuzalarga hamda shakldor aylanma yuzalarga ishlov berish, to’g’ri va vintli ariqchalar ochish, sirtqi va ichki rezbalar ochish, tishli g’ildiraklar yasash b. ishlarni bajarish mumkin.
Bu guruh dastgohlari konsolli frezalash (gorizontal, vertikal, universal va keng universal), konsolsiz vertikal-frezalash, bo’ylama frezalash dastgohlariga (bir va ikki tirgakli dastgohlarga ), uzluksiz ishlaydigan ( karuselli va barabanli) frezalash dastgohlariga, kopirlash-frezalash dastgohlariga (konturli va hajmlifrezalash dastgohlariga ), graverlash-frezalash dastgohlariga, ixtisoslashtirilgan dastgohlarga (rezba frezalash, shponka frezalash, shlis frezalash dastgohlari va boshqa dastgohlarga ) bo’linadi.
Hozirgi zamon frezalash dastgohlariga bir qancha ilg’or konstruktiv yangiliklar kiritilgan: asosiy harakat bilan surish harakati yuritmalari bir-biridan ajratilgan, stolni barcha yo’nalishlarda tez surish mexanizmi mavjud, tezliklar va surish bitta dasta bilan boshqariladi. Dastgohlarda uzellar va detallar bir xillashtirilgan (unifikatsiyalangan).
Konsolli frezalash dastgohlari. Bunday dastgohlarning konsolli deb atalishiga sabab shuki, dastgohning stoli staninaning yo’naltiruvchilari bo’ylab yuqoriga va pastga siljiy oladigan konsolga o’rnatilgan. Konsolli frezalash dastgohlariga gorizontal frezalash (68-rasm), vertikal frezalash dastgohlari, universal va keng universal frezalash dastgohlari kiradi.
Asosiy bajariladigan ishlar uchun mo’ljallangan frezalash dastgohlarining asosiy o’lchami stolining ish yuzasidir. Vertikal va gorizontal konsolli frezalash dastgohlari stolining ish yuzasi quyidagi o’lchamlarda tayyorlanadi: 125x500, 160x630, 200x800, 250x1000, 320x1250, 400x1600, 500x2000 mm. dastgohlarning universal-frezalash va keng universal turlarida kengligi 200-400mm li stol bor.gorizontal konsolli frezalash dastgohlarida shpindelning o’qi gorizontal vaziyatda joylashgan bo’lib, stoli o’zaro perpendikulyar uch yo’nalishda siljiydi. Universal konsolli frezalash dastgohlari tashqi ko’rinishi jihatidan gorizontal frezalash dastgohlaridan deyarli farq qilmaydi desa bo’ladi. Ammo ularda buriluvchi stol bo’ladi, bu stol bir-biriga perpendikulyar uch yo’nalishda surila olishdan tashqari, o’zining vertikal o’qi atrofida 450 burchakka burilishi ham mumkin. Bu hol vintli ariqchalar ishlashga va qiyshiq tishli shesternyalar qirqishga imkon beradi.



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə