Buxoro davlat universteti fizika matematika fakulteti umumtexnika fanlari kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə12/28
tarix26.02.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#101537
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
5 – sinf o`quvchilariga metallarga ishlov berish bo`limini o`qitish mazmuni (1)

Superfinishlash –ishlov beriladigan detalda juda toza yuza hosil qilish uchun maxsus golovka yordamida mayin abraziv bilan o’lchamiga yetkazishning bir turidir. Buning uchun oq elektr-korunddan, yashil kremniy karbididan keramik yoki bakelit bog’lovchi asosida tayyorlangan abraziv burusoklar ishlatiladi. Brusoklarning donadorligi, standartga ko’ra, 3-5 mk bo’ladi. Ushbu usuldan toblangan po’lat, toblanmagan po’lat, cho’yan, rangli metallar va ularning qotishmalaridan tayyorlangan detallarning doirasimon, yassi, konussimon ( ko’pincha tashqi ); yuzalariga ishlov berishda foydalaniladi. Zagatovka superfinishlanishdan oldin jilvirlanishi kerak. Superfinishlashning mohiyati shundan iboratki, bunda abraziv brusoklar aylanayotgan zagatovka yuzasi yoki golovka bo’ylab minutiga 5-15 m tezlik bilan ilgarilanma-qaytar harakatlanadi, shu bilan birga, chastotasi minutiga 200 dan 2000 ta gacha qo’sh yurish va amplitudasi 1-6 mm bo’lgan tebranma harakatda bo’ladi, brusoklarning siljish tezligi 0,1-1,1m/min ga teng.
Jilolash dastgohlari. Jilolash dastgohlari ham sanoat korxonalarida turli jarayonlarni bajarish uchun ishlatiladi, jilolash dastgohlari detallar o’lchamlarining aniqligiga rioya qilmay, chiroyli, yaltiroq yuza hosil qilish; detallarni pardozlash, shuningdek, xromlangan, nikellangan va boshqa materiallar bilan qoplangan yuzalarni yaltiratish uchun ishlatiladi.
Jilolashda har xil ip gazlama, namat, fetr va kigiz qoplangan yumshoq doiralardan foydalaniladi.Jilolovchi material doira sirtiga jilolash pastasi (vena ohagi yoki xrom oksidi aralash pastalar, shuningdek GOI pastalari tarzida surtiladi). Jilolashda jilo beruvchi doiraning tezligi 35 m/s ga yetadi.
Detallarni abraziv donalari aralashtirilgan suyuqlik bilan ham jilolash mumkin. Bu holda suyuqlika yaxshilab aralashtirilgan mayday abraziv donalari ishlov beriladigan yuzaga 80 kN/m2 bosim ostida purkalad, bunda abraziv donalari yuzani tekislaydi va g’adir-budirligini kamaytiradi. Bu usul istalgan shakl va o’lchamdagi shakldor yuzalarga ishlov berish uchun qo’llanilishi mumkin.Odatda, suyuqlik (suv) dagi abraziv donalari miqdori massa bo’yicha 30-40% gat eng bo’ladi. Jilolash (yaltiratish ) usulidan ishlov berilayotgan detal yuzasini kuzgudek yaltiroq qilish uchun foydalaniladi
Mashinasozlik — sanoat tarmoqlarining asosini tashkil etadi. Unda ko'pdan-ko'p tipdagi texnologik jihozlardan foydalaniladi. Tokarlik, parmalash, frezerlash kabi boshqa tipdagi texnologik jihozlarni sanoat tarmoqlarini har birida uchratish mumkin.



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə