Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlar qonida, tarixiy xotirasida qoladi


-mavzu 1. Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabati qachondan rivojlana bordi? A) XVI asr oxirlari B) XVI asr boshlari C)



Yüklə 81,36 Kb.
səhifə12/14
tarix19.06.2023
ölçüsü81,36 Kb.
#117912
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
8-sinf O\'zbekiston tarixi 1

12-mavzu
1. Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabati qachondan rivojlana bordi? A) XVI asr oxirlari B) XVI asr boshlari C) XVI asr ikkinchi yarmi D) XVI asr o’rtalari
2. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilash orqali nimaga erishmoqchi edi? A) Buxoro savdogarlarining Rossiyada daxlsizlik huquqiga B) Buxoro savdogarlarining Rossiya orqali tovarlarini bojsiz G’arbiy Yevropaga olib o’tishiga C) Buxoro-Rossiya savdo banki tuzishga D) O’z davlatining siyosiy mavqeyini mustahkamlashga
3. Rossiyaning mavqeyi qaysi hukmdor davrida ko’tarildi? A) Mixail Romanov B) Ivan III C) Ivan IV D) knyaz Ryurik
4. Qaysi omil Rossiyaga savdo yo’llarini nazorat qilish imkonini berdi? A) Buxoro xonligi bilan savdo aloqalarini yaxshilagani B) Qozon va Hojitarxon xonliklari va Volga bo’ylari, G’arbiy Sibir hududlarini bosib olishi C) Abdullaxon II bilan ittifoq tuzishi D) Inglizlarning “Moskva” savdo kompaniyasi bilan Ivan Grozniyning qizg’in aloqalari
5. Rossiyaning qaysi hududida savdo-sotiq olib borish Buxoro xonligi savdogarlari uchun qulay edi? A) Volga atrofidagi viloyatlarda B) Hojitarxon(Astraxan) xonligida C) Qozon xonligida D) G’arbiy Sibirda
6. Buxoro savdogarlarining Rossiyadagi qaysi xalqlar bilan til va din yaqinligi mavjud edi? A) qozon tatarlari B) orenburgliklar C) boshqirdlar D) hammasi
7. Qachon Buxoro xonligidan Moskvaga elchi yuborildi? A) 1558 B) 1557-58 C) 1555 D) 1569
8. Rossiyaning Buxoro xonligi bilan savdo-sotiq rivojlantirishdan manfaatdorligi nimada edi? A) xonliklarning Rossiya tovarlarini sotish uchun qulay bozorligi B) Rossiya O’rta Osiyo Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo aloqalarini rivojlantirish C) Hindistonga chiqish D) barchasi to’g’ri
9. Moskvada ingliz-rus iqtisodiy aloqalari rivojiga xizmat qiluvchi “Moskva” savdo kompaniyasi tuzilgan sanani toping. A) 1558 B) 1557-58 C) 1555 D) 1569
10. “Moskva” kompaniyasi qachon o’z elchisi Antoniy Jenkinsonni Buxoro xonligiga yuboradi? A) 1558 B) 1557-58 C) 1555 D) 1569
11. Nega “Moskva” kompaniyasi o’z elchisini Buxoro xonligiga yuboradi? A) Buxoro ziravorlarining bozorini egallash uchun B) Buxoro zardo’zlik mahsulotlarining boshqa davlatda xaridorgirligi uchun C) Rossiya orqali Sharqqa yo’l ochish uchun D) Buxoro xonligi mudofaasini o’rganish uchun
12. Kimning elchiligi natijasida Rosiya va Buxoro xonligi o’rtasida yaxshi savdo va diplomatik aloqalar yo’lga qo’yildi? A) Florio Benevini B) Stoddart va Konolli C) I.D. Xoxlov D) Antoniy Jenkinson
13. Rossiya bilan Buxoro xonligi munosabatlarida Buxoro xonligi fuqarolarining Makka shahriga Haj safariga qaysi hudud orqali borishi masalasi muhim o’rin tutgan? A) Eron B) Ashtarxon C) Istanbul D) Orenburg
14. Nima sababdan Rossiya hududi orqali Buxoro xonligi fuqarolarining Haj safariga borishi masalasi muhim bo’lgan? A) eng qulay yo’l shu edi B) Xuroson orqali o’tadigan eng qulay yo’l Eron safaviylari nazoratida edi C) eng qulay yo’l Usmonli davlati nazoratida edi D) Rossiya orqali o’tadigan yo’ldan boshqa Buxoro fuqarolari uchun haj yo’li yo’q edi
15. Buxoro xonligi Haj safariga Rossiya orqali borish masalasini hal qilish borasida qaysi davlat bilan birgalikda harakat qilishga qaror qildi? A) Eron B) Usmonli davlati C) Boburiylar D) Rossiya
16. Nima Buyuk ipak yo’lining ahamiyatini pasaytirdi? A) bu yo’lda qaroqchilarning paydo bo’lishi B) davlatlardan mollarni olib o’tishda bojlarning haddan oshib ketishi C) bu yo’ldagi karvonsaroylarning kamayib ketishi D) XVI asrda yevropaliklar tomonidan dengiz savdo yo’lining kashf etilishi
17. Qaysi davlat haj safarining Ashtarxon yo’lini o’z nazoratida saqlab qolishdan manfaatdor edi? A) Usmonli davlati B) Rossiya C) Buxoro xonligi D) Eron
18. Rossiyaga qarshi XVI asr o’rtalarida Usmonli davlati harbiy harakat boshlab, uning sababini qanday izohlaydi? A) Rossiyaning Usmonli chegaralariga dahl qilish bilan B) Rossiya davlatining Usmonli bilan chegaralarda qal’alar qurishni boshlaganini Usmonliga qarshi urushga tayyorgarlik deb izohlaydi C) Usmonli sultoni buni Haj safari yo’lini ochish uchun harakat deb e’lon qiladi D) Usmonli elchilarining Rossiya podshosi tomonidan o’ldirilishi bilan izohlaydi
19. Qachon Rossiya-Usmonli urushi boshlandi? A) 1563 B) 1572 C) 1581 D) 1569
20. Urushda Usmonli yengilgan bo’lsa-da, Rossiyadan haj safari yo’lini ochib qo’yish talabini davom etttirdi va qachon Rossiya sultonning talabini qondirdi? A) 1563 B) 1572 C) 1581 D) 1569
21. XVI asrda Sibirda qaysi davlatlar manfaatlari to’qnashgan? A) Usmonli-Rossiya B) Rossiya- Buxoro C) Rossiya-Xitoy D) Mongoliya-Xitoy
22. XVI asrda janubi-g’arbiy Sibir qaysi ulus tarkibida bo’lgan? A) Jo’ji B) Chig’atoy C) Shaybon D) O’qtoy
23. Qachon shayboniy Ko’chimxon Sibir taxtini egalladi? A) 1563 B) 1572 C) 1581 D) 1569
24. Shayboniy Ko’chimxon kimning yordami bilan Sibir taxtini egalladi? A) Ivan Grozniy B) Iskandarxon C) I.Xoxlov D) Abdullaxon II
25. Qachon Rossiya Sibir xonligiga qarshi Yermak boshchiligida qo’shin yuboradi?

Yüklə 81,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə