Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlar qonida, tarixiy xotirasida qoladi


-mavzu 1. Navro’z Ahmadxon vafotidan so’ng kurash maydoniga kim chiqadi? A) Iskandarxon B)



Yüklə 81,36 Kb.
səhifə7/14
tarix19.06.2023
ölçüsü81,36 Kb.
#117912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
8-sinf O\'zbekiston tarixi 1

6-mavzu
1. Navro’z Ahmadxon vafotidan so’ng kurash maydoniga kim chiqadi? A) Iskandarxon B) Abdullaxon II C) Jonibek Sulton D) Muhammad Islom
2. Kim shayboniylar sulolasining yorqin vakillaridan biri bo’lib, Jonibek Sultonning nabirasi edi? A) Iskandarxon B) Abdullaxon II C) Abubakr Sa’d D) Muhammad Islom
3. Abdulaxonga nima hokimiyat uchun kurashda madad bo’gan edi? A) kelib chiqishini ota tomonidan Muhammad payg’ambar avlodlariga, ona tomonida esa Chingizxon va Jo’jiga bog’lashi B) Jo’ybor shayxi Muhammad Islomning Iskandarxon xonadoniga ixlosi baland bo’lganligi C) Abdullaxon II ning davrida Abubakr Sa’d shayxulislom lavozimida faoliyat ko’rsatgani D) Iskandarxonning Miyonqol hokimi bo’lganligi
4. ............... va uning avlodlari o’zlarining kelib chiqishini ota tomonidan Muhammad payg’ambar avlodlariga, ona tomonidan esa Chingizxon va Jo’jiga bog’lar edilar. Nuqtalar o’rnini mos javob bilan to’ldiring. A) Iskandarxon B) Muhammad Islom C) Jonibek Sulton D) Shoh Abbos
5. XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoroda shayxulislom lavozimida faoliyat yuritgan kishilar to’g’ri berilgan javobni toping. 1) Muhammad Islom 2) Jonibek Sulton 3) Muhammad Miskin 4) Abubakr Sa’d 5) Pirmuhammad I 6) Abdulmo’min
A) 1,2 B) 3,4 C) 3,6 D) 1,4
6. Navro’z Ahmadxon vafot etgach, Abdullaxon II darhol qaysi shaharlarda o’z hokimiyatini tikladi? A) Buxoro, Samarqand B) Miyonqol va Karmana C) Shahrisabz va Karmana D) Balx va Badaxshon
7. Abdullaxon II kimning ko’magida Buxoro taxtini egallab, uning poytaxt maqomini tikladi? A) Muhammad Islom B) Iskandarxon C) Pirmuhammad I D) Abubakr Sa’d
8. Markaziy hokimiyatga bo’ysunishni istamagan qaysi shaharlarni qilich kuchi bilan bo’ysundiradi? 1) Balx 2) Samarqand 3) Toshkent 4) Maymana 5) Sayram 6) Badaxshon 7) Turkiston 8) Farg’ona A) 2,3,5,7,8 B) hammasi C) 1,4,6 D) 1,3,5,7
9. Kim raqiblarining taxtga yoshi katta o’tirmadi-ku, deb qilishi mumkin bo’lgan ta’nalariga o’rin qoldirmaslik uchun bir oila doirasida bo’lsa-da, dastlab amakisini, uning vafotidan so’ng otasini taxtga o’tqazadi? A) Iskandarxon B) Pirmuhammad I C) Abdullaxon II D) Navro’z Ahmadxon
10. Navro’z Ahmadxon vafot etgach, kimlardan so’ng Abdullaxon II taxtga o’tiradi?
A) Jonibek Sulton, Muhammad Islom B) Pirmuhammad I, Iskandarxon C) Abubakr Sa’d, Abdulmo’min D) Abdulmo’min, Pirmuhammad II
11. AbdullaxonII qachon rasman xon deb e’lon qilindi? A) 1534 B) 1556 C) 1583 D) 1598
12. Abdullaxon II necha yil yashaydi? A) 15 B) 65 C) 56 D) 64
13. Abdullaxon II Xurosondagi, shayboniylar qo’lida bo’lgan ayrim shaharlarda markaziy hokimiyatga qarshi ko’tarilgan isyonlarni bostirdi. Bular qaysi shaharlar?
1) Balx 2) Samarqand 3) Toshkent 4) Maymana 5) Sayram 6) Badaxshon 7) Turkiston 8) Farg’ona A) 2,3,5,7,8 B) hammasi C) 1,4,6 D) 1,3,5,7
14. Abdullaxon II Safaviylarga qarshi kurash olib borib, qaysi hududlarni egallaydi?
A) Xorazm janubi B) Xuroson shimoli-sharqi C) Xuroson sharqi D) Movarounnahr janubi-g’arbi
15. Abdullaxon qaysi hududlarni o’z qo’l ostida birlashtirdi? A) Movarounnahrning janubi, Xorazmning g’arbi, Xurosonning shimoli B) Xurosonning shimoli-sharqi, butun Movarounnahr, Xorazmning yarmi C) Movarounnahr shimoli-sharqi, Xorazm, Xuroson D) butun Movarounnahr, Xorazm, va Xurosonning sharqiy qismi
16. Buxoro qachon markazlashgan ulkan davlatga aylandi? A) XVI asr ikkinchi yarmi B) XV asr oxiri C) XVII asr ikkinchi yarmi D) XVI asr oxiri
17. Qaysi davlatda Abdullaxon II tuzgan davlatga nisbatan “Buyuk Buxoro” iborasi qo’llanilgan? A) Fransiya B) Rossiya C) Usmonli imperiyasi D) A,C
18. Kim mamlakatni birlashtirish jarayonida shayboniy sultonlarning markaziy hokimiytni kuchsizlantirishga urinishlariga tinimsiz va shafqatsiz kurash olib borib, nu maqsad yo’lida qarindoshlariga ham shafqat qilmagan? A) Abdulhamid II B) Shayboniyxon C) Abdullaxon II D) Imomqulixon
19. Abdulmo’min ( Abdullaxon II ning o’g’li) valiahd sifatida qaysi hududni boshqargan? A) Balx B) Badaxshon C) Kobul D) Qarshi
20. Abdullaxon II vafot etgan yili...... A) Pirmuhammad II B) Boqi Muhammad hokimiyatni egalladi C) Abdulmo’min o’ldirildi D) Shoh Abbos Sabzavor shahrini bosib oldi
21. Abdullaxon II haqida to’g’ ma’lumotlarni toping. 1) Amir Temurdan keyingi ulkan davlat tuza olgan kishi 2) Xurosonnning g’arbiy qismini egalladi 3) Abdullaxon II ichki nizolarga to’liq barham berdi 4) Dastlab taxtga amakisi Pirmuhammad I ni o’tqazadi A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,4 D) 2,3
22. Abdulmo’mindan keyin taxtga o’tirgan xon oldin qaysi hududda hokimlik qilgan? A) Balx B) Badaxshon C) Kobul D) Qarshi
23. Ichki nizolar tufayli Buxoro xonligida sodir bo’lgan og’ir vaziyatdan foydalangan Eron hukmdori shoh Abbos bostirib kirib, qaysi shaharlarni egallaydi? 1) Balx 2) Nishopur 3) Maymana 4) Sabzavor 5) Badaxshon 6) Mashhad 7) Hirot A) 2,4,6,7 B) hammasi C) 1,2,3,4,5 D) 4,5,6,7
24. Buxoro xonligida kimning xonligi davrida Xorazm xonlik tasarrufidan chiqib, davlat mustaqilligini tiklab oladi? A) Pirmuhammad I B) Abdulmo’min C) Boqi Muhammad D) Pirmuhammad II
25. Pirmuhammad II Buxoro xonligini necha yil boshqardi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5
26. Pirmuhammad II bilan Boqi Muhammad o’rtasida qachon to’qnashuv bo’lib o’tdi? A) 1601 B) 1583 C) 1598 D) 1556
27. Shayboniylar o’rniga Ashtarxoniylar sulolasi hokimiyatga kelgan yilni ko’rsating. A) 1601 B) 1583 C) 1598 D) 1556
28. Pirmuhammad II davrida Boqi Muhammad qaysi hudud hokimi edi? A) Balx B) Badaxshon C) Samarqand D) Miyonqol

Yüklə 81,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə