Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlar qonida, tarixiy xotirasida qoladi


- Mavzu 1. Oltin O’rda davlati Chingizxonning qaysi o’g’lining ulusi edi? A) O’qtoy B) Chig’atoy C)



Yüklə 81,36 Kb.
səhifə8/14
tarix19.06.2023
ölçüsü81,36 Kb.
#117912
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
8-sinf O\'zbekiston tarixi 1

7- Mavzu
1. Oltin O’rda davlati Chingizxonning qaysi o’g’lining ulusi edi? A) O’qtoy B) Chig’atoy C) Jo’ji D) Tuli
2. Ashtarxon(Hoji Tarxon) xonligi qachon tashkil topgan? A) XV asr birinchi yarmi B) XVI asr 30-yillari C) XV asr 30-yillari D) XVII asr
3. Ashtarxon(Hoji Tarxon) xonligi qayerda tashkil topdi? A) Boltiqbo’yi B) Volgabo’yi C) Sibir D) Sharqiy Turkiston
4. Ashtarxon xonligi hozirgi qaysi shahar? A) Ufa(Rossiya) B) Astraxan(Rossiya) C) Peterburg D) Petrograd
5. Rossiya qachon Astraxan xonligini bosib oladi? A) 1556 B) 1601 C) 1558 D) 1603
6. Ashtarxon xonligi tugatilgach, Yormuhammad va uning xonadoni qayerdan boshpana topadilar? A) Xitoydan B) Usmonli imperiyasidan C) Buxoro xonligidan D) Xiva xonligidan
7. U Buxoro xonligidan kim bilan yaqin munosabatda edi? A) Abdullaxon I B) Iskandarxon C) Jonibek Sulton D) Navro’z Ahmadxon
8. Yormuhammad Buxoroga kelgach, o’g’li Jonibek Sulton kim bilan turmush quradi? A) Robiya Sultonbegim B) Zuhrabegim C) Uljoy Turkon D) Bedor Sulton
9. Quyidagi ortiqcha javobni chiqarib tashlang. A) Din Muhammad B) Boqi Muhammad C) Iskandarxon D) Vali Muhammad
10. Shayboniylar sulolasidan taxt vorisi qolmagach, xonlikning nufuzli kishilari kimga taxtni taklif qilishadi? A) Boqi Muhammad B) Din Muhammad C) Jonibek Sulton D) Pirmuhammad II
11. Din Muhammad qayerda halok bo’ldi? A) Usmonli imperiyasida B) Eronda C) Xurosonda D) Sibirda
12. Din Muhammad kimning qo’shini bilan to’qnashuvda halok bo’ldi? A) Ismoil Safaviy B) Sulton Ahmad C) Shoh Abbos D) Pirmuhammad II
13. Quyidagi ashtarxoniy sultonlarning qilgan ishlari bilan to’g’ri moslashtirilgan javobni toping. 1) Boqi Muhammad 2) Vali Muhammad 3) Imomqulixon 4) Nodir Muhammad a) markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi b) davlatchilik asoslari zaiflashdi c) mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko’p kurashdi d) qabila amirlari xon hokimiyatiga bo’ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirib xonga qarshi isyon uyushtirdilar
A) 1) c 2) d 3) a 4) b B) 1) b 2) a 3) d 4) c C) 1) b 2) c 3) a 4) d D) 1) c 2) a 3) b 4)d
14. Quyidagi voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) Imomqulixon taxtga o’tqazildi 2) Boqi Muhammad Eron safaviylariga zarba berib, Balxni bo’ysundirdi 3) Boqi Muhammad vafot etdi 4) Imomqulixon Toshkentni qozoqlardan ozod etdi 5) Qozoqlar Movarounnahrga yurish qilib, Xo’jandgacha yetib keldilar 6) Imomqulixon vafot etdi
A) 2,3,1,4,6,5 B) 1,2,3,4,5,6 C) 4,1,6,2,5,3 D) 6,5,4,3,2,1
15. Boqi Muhammad Eron safaviylarining Balxga hujum qilgan qo’shinlarini mag’lubiyatga uchratganidan 10 yil o’tgach..... A) Subhonqulixon Balxni egalladi B) Imomqulixon Toshkentni qozoqlardan ozod etdi C) Abdulazizxon Nodir Muhammadni Balx hokimi qilib tayinladi D) Abulg’oziy Bahodirxon Buxoro atroflarini ikki marta talon-taroj qildi
16. Qaysi ashtarxoniy hukmdor Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar va jung’orlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi?
A) Boqi Muhammad B) Imomqulixon C) Abdulazizxon D) Subhonqulixon
17. Nodir Muhammad necha yil xon bo’ldi? A) 5 B) 6 C) 31 D) 3
18. Nodir Muhammad davrida siyosiy tarqoqlik kuchayishining sababi nima edi?
A) Nodir Muhammad Xo’jandgacha kelgan qozoqlarga qarshi o’g’li Abdulaziz boshliq katta qo’shin yuborishi B) davlatchilik asoslari zaiflashishi C) Nodir muhammadning mamlakat viloyatlarini o’g’illariga va yaqin qarindoshlariga mulk qilib taqsimlab berishi D) Nodir Muhammad toj-u taxtni o’glidan qaytarib olish maqsadida Hindiston podshohi temuriyzoda Shoh Jahondan yordam so’raydi
19. Qaysi xon davrida xondan norozi bo’lgan bir guruh amirlar yurish davrida uning o’g’lini xon deb e’lon qiladilar va uni taxtga o’tqazadilar? A) Vali Muhammad B) Abdulazizxon C) Abulg’oziy Bahodirxin D) Nodir Muhammad
20. Nodir Muhammad necha yil Balxga hokim bo’ldi? A) 5 B) 6 C) 31 D) 3
21. Nodir Muhammad hind qo’shini bilan jangda yengilgach, qayerga qochadi?
A) Usmonli imperiyasi B) Eron C) Marv D) Buxoro
22. Qachon Abdulaziz otasi Nodir Muhammadni yana Balx hokimi etib tayinladi?
A) 1647 B) 1651 C) 1649 D) 1642
23. Nima Abdulazizxonni tashvishga solib qo’yadi? A) Shoh Jahon qo’shini Balxni egallab olishi B) Hindlardan yengilib otasi Eronga qochishi C) otasi Eron yordamida o’z mavqeyini mustahkamlashga uringanligi D) Movarounnahrning qo’ldan ketishi
24. Abdulaziz otasiga qarshi kim yetakchiligida qo’shin yuboradi? A) Subhonquli B) Ubaydullaxon C) Vali Muhammad D) Imomquli
25. Subhonqulixon qachon Balxni egalladi? A) 1651 B) 1655 C) 1648 D) 1650
26. Xiva xoni Abulg’oziy Bahodirxon Buxoro atrofini ikki marta talon-taroj qilgan yilni ko’rsating. A) 1651 B) 1655 C) 1648 D) 1650
27. Nima tufayli Abdulazizxon taxtdan voz kechdi? A) Subhonqulixon tahdidi tufayli B) Anushaxonning hujumlaridan charchagach C) ichki ziddiyatlar va tashqi hujumlar Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini murakkablashtirib yuborganligi va siyosiy vaziyat izdan chiqqanligi D) mamlakat iqtisodiyoti halokatga kelgach
28. Subhonqulixon qaysi yillar oralig’ida hukmronlik qildi? A) 1611-1642 B) 1645-1681 C) 1681-1702 D) 1702-1711
29. Qaysi ashtarxoniy hukmdor bir tomondan o’g’illariga qarshi, ikkinhi tomondan viloyatlardagi amir va beklarning markaziy hokimiyatdan mustaqil bo’lish yo’lidagi harakatlariga qarshi kurash olib borishga majbur bo’ladi? A) Nodir Muhammad B) Abdullaxon II C) Subhonqulixon D) Abdulazizxon
30. Qaysi Xiva xon ma’lum muddat samarqandni egallab, o’z nomiga xutba ham o’qittirib, tanga pullar zarb ettiradi? A) Abulg’oziy Bahodirxon B) Shohniyoz C) Anushaxon D) Muhammad Amin
31. Subhonqulixon kimning yordamida Xiva qo’shinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishdi? A) Mahmudbiy otaliq B) Abdulaziz C) Ubaydulla D) Abulfayzxon
32. Unga yordam bergan kishi qaysi urug’dan edi? A) ming B) nayman C) qatag’on D) mang’it
33. Xiva xonligi qachon Buxoro tasarrufiga kiritildi? A) 1651 B) 1688 C) 1681 D) 1642
34. Mahmudbiy otaliq qaysi hududni boshqarardi? A) Samarqand B) Balx C) Xiva D) Badaxshon
35. Subhonqulixon Mahmudbiy otaliqqa Xiva xonligiga qarshi kurashida bergan yordami uchun qaysi hudud hokimligini ham berdi? A) Samarqand B) Xiva C) Xo’jand D) Qandahor
8-mavzu
1. Subhonqulixon vafot etgan yili.... A) Taxtni Abulfayzxon egalladi B) Ubaydullaxon II fitna qurboni bo’ldi C) Subhonqulixon Balx hokimligini Mahmudbiy qatag’onga topshirdi D) Taxtga Ubaydullaxon II o’tirdi
2. Ubaydullaxon II necha yil hukmronlik qildi? A) 11 B) 9 C) 36 D) 42
3. Ubaydullaxon II ning asosiy maqsadi nima edi? A) Balxni bo’ysundirish B) siyosiy tarqoqlikni tugatish C) mahalliy hukmdorlarni qo’llab-quvvatlash D) Qo’qon xonligini tugatish
4. Qaysi ashtarxoniy hukmdor goh isyonkor qabilalarga qarshi, goh bo’ysunmas mahalliy hukmdorlarga, goh davlat sarhadlariga bostirib kirgan ko’chmanchilarga qarshi urush olib borishga majbur bo’ldi? A) Subhonqulixon B) Abdulazizxon C) Ubaydullaxon II D) Abulfayzxon
5. kimning davrida Mahmudbiy Balxda hokimiyatni to’liq o’z qo’liga olib, o’zini xon deb e’lon qildi ?
A) Subhonqulixon B) Ubaydullaxon II C) Abulfayzxon D) Abdulazizxon
6. Qaysi hukmdor Mahmudbiyga qarshi bir necha bor uyushtirgan harbiy yurishlari natija bermagach, uning mustaqilligini tan olishga majbur bo’ldi ?
A) Subhonqulixon B) Ubaydullaxon II C) Abulfayzxon D) Abdulazizxon
7. Qaysi ashtarxoniy hukmdor aholidan yig’iladigan soliqlarni 4 barobarga ko’paytirdi? A) Subhonqulixon B) Ubaydullaxon II C) Abulfayzxon D) Abdulazizxon
8. Qaysi davlatda XVI asr boshlarigacha tarkibining 35 %ini kumush tashkil etuvchi tanga pul ishlatilardi? A) Xiva xonligi B) Qo’qon xonligi C) Buxoro amirligi D) Buxoro xonligi
9. Nechanchi yilda 35 % kumushli tanganing bittasidan 4 ta tanga zarb etila boshlandi? A) 1702 B) 1709 C) 1708 D) 1711
10. Nima do’kondor va hunarmandlarning keskin noroziliga sabab bo’ldi? A) savdo ishlarining susayishi B) talonchiliklar C) tanga tarkibidagi kumush foizining kamayishi D) chet el mahsulotlarining kirib kelishi
11. Qaysi hukmdor markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida yirik yer egalari va Jo’ybor shayxlarining ta’sirini kamaytirishga ham urinadi? A) Subhonqulixon B) Ubaydullaxon II C) Abulfayzxon D) Abdulazizxon
12. Qaysi hukmdor yirik yer egalari va Jo’ybor shayxlarini soliq to’lamaslik imtiyozidan mahrum etdi? A) Subhonqulixon B) Ubaydullaxon II C) Abulfayzxon D) Abdulazizxon
13. Qaysi hukmdor tanhodorlarni o’z mulkidan keladigan daromadlaridan mahrum etib, soliq va majburiyatlar miqdorini ko’paytirdi? A) Subhonqulixon B) Ubaydullaxon II C) Abulfayzxon D) Abdulazizxon
14. Qachon Farg’ona vodiysi Buxoro xonligidan ajralib chiqdi? A) 1702 B) 1709 C) 1708 D) 1711
15. Fitnachilar qachon Ubaydullaxon II ni o’ldirdilar? A) 1702 B) 1709 C) 1708 D) 1711
16. Qaysi hukmdor tariximizda mahalliy hukmdorlarning o’zboshimchaligiga chek qo’yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan so’nggi ashtarxoniy hukmdor sifatida nom qoldirdi? A) Subhonqulixon B) Ubaydullaxon II C) Abulfayzxon D) Abdulazizxon
17. Qaysi hukmdor kundan-kunga mamlakat hayotida nufuzi kuchayib borayotgan amirlar va zodagonlar qo’lidagi qo’g’irchoqqa aylandi? A) Subhonqulixon B) Ubaydullaxon II C) Abulfayzxon D) Abdulazizxon
18. Qaysi hukmdorning farmonlari saroy ostonasidan nariga o’tmaydigan bo’lib qolgan? A) Subhonqulixon B) Ubaydullaxon II C) Abulfayzxon D) Abdulazizxon
19. Xon hokimiyatining qo’g’irchoq hokimiyat darajasiga tushib qolishiga nima sabab bo’ldi? A) Iqtisodiyotning nochorligi B) xonlikning muntazam qo’shinga ega bo’lmasligi C) xonlikdagi mablag’ yetihmovchiligi D) mang’it qabilasining kuchayishi
20. Abulfayzxon davrida kim barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig’i deb tan olindi? A) Muhammad Hakimbiy B) Muhammad Rahimbiy C) Mahmudbiy qatag’on D) Ibrohimbiy
21. Ibrohimbiy qaysi qabiladan edi? A) mang’it B) qatag’on C) kenagas D) nayman
22. Abulfayzxon davrida Shahrisabz hokimi kim edi ? A) Muhammad Hakimbiy B) Muhammad Rahimbiy C) Mahmudbiy qatag’on D) Ibrohimbiy
23. Kim Urgut va Miyonqol hokimlari bilan biriktirib, Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo’lgan davlat tuzishga qaror qildi? A) Muhammad Hakimbiy B) Muhammad Rahimbiy C) Mahmudbiy qatag’on D) Ibrohimbiy
24. Muhammad Hakimbiy qaysi qabiladan edi? A) mang’it B) qatag’on C) kenagas D) nayman
25. Ibrohimbiy Samarqandni egallab, kuyovi Rajab Sultonni taxtga o’tqazgan yilni ko’rsating. A) 1709 B) 1723 C) 1711 D) 1708
26. Ibrohimbiy o’ziga qanday unvon oldi? A) shahzodalar otaliqlarining boshlig’i B) amir ul-umaro C) sadri a’zam D) xonning shaxsiy kotibi
27. Ibrohimbiy qaysi yo’l bilan xonlikning eng nufuzli kishisi bo’lib olmoqchi edi? A) Muhammad Hakimbiyni o’ldirtirish orqali B) Buxoro taxtini egallab’ Rajab Sultonni Buxoro taxtiga o’tkazish orqali C) Muhammad Hakimbiyni jangda mag’lub etish orqali D) Abulfayzxonga fitna uyushtirish orqali
28. Muhammad Hakimbiy va Ibrohimbiy hamda Rajab Sultonlar o’rtasida bo’lib o’tgan jangda kim maglubiyatga uchradi? A) Ibrohimbiy B) Rajab Sulton C) Muhammad Hakimbiy D) Abulfayzxon
29. Ibrohimbiy va rajab Sultonlar chuqur o’ylab ko’rmasdan, o’z maqsadlariga erishish yo’lida kimdan yordam so’raydilar? A) jung’orlardan B) ko’chmanchi qozoqlardan C) qalmiqlardan D) naymanlardan
30. Abulfayzxon yaqinlari talabi bilan Muhammad Hakimbiyni Buxorodan chiqarib, qayerga hokim qilib tayinladi? A) Samarand B) Qarshi C) Farg’ona D) Badaxshon
31. Qaysi hududlarda qozoqlarni to’xtatishga qodir kuch topilmadi? A) Samarqand, Buxoro B) Toshkent, Chimkent C) Balx, Badaxshon D) Jizzax, Xo’jand
32. Abulfayzxon davrida qaysi hududlar amalda mustaqil bolib oldilar? 1) Samarand 2) Buxoro 3) Farg’ona 4) Balx 5) Qarshi 6) Badaxshon A) 1,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,5,6 C) 2,3,4 D) 1,2,4,6

Yüklə 81,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə