Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlar qonida, tarixiy xotirasida qoladi


A) 1a, 2b 3c, 4d B)1d 2 c 3b 4a C) 1b 2a 3c 4d D) 1a 2d 3c 4b 20. Shohrux qachon vafot etdi? A)



Yüklə 81,36 Kb.
səhifə5/14
tarix19.06.2023
ölçüsü81,36 Kb.
#117912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
8-sinf O\'zbekiston tarixi 1

A) 1a, 2b 3c, 4d B)1d 2 c 3b 4a C) 1b 2a 3c 4d D) 1a 2d 3c 4b
20. Shohrux qachon vafot etdi? A) 1447 B) 1458 C) 1469 D) 1506
21. Shohrux vafotidan so’ng Xuroson necha qismga bo’inib ketdi? A) 8 B) 13 C) 11 D) 15
22. Qachon Sulton Abu Said temuriylar davlatini bir qadar birlashtirishga muvaffaq bo’ldi? A) 1447 B) 1458 C) 1469 D) 1506
23. Qachon Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egalladi? A) 1447 B) 1458 C) 1469 D) 1506
24. Quyidagi ta’riflar qaysi hukmdor haqida? “Salkam 40 yil hukmronlik qilgan davrida ham mamlakatda to’la osoyihtalik o’rnatilmadi. Shunday bo’lsa-da, Xuroson davlatining xo’jalik va madaniy hayoti ancha yuksaldi. Mamlakat obodonchiligi yo’lida katta ishlar amalga oshirildi. Movarounnahrga nisbatan siyosiy barqarorlik taminlandi.” A) Husayn Boyqaro B) Badiuzzamon C) Muzaffar Husayn D) Alisher Navoiy E) Mo’min Mirzo
25. Qaysi voqeadan so’ng Badiuzzamon va Husayn Boyqaro o’rtasidagi keskin munosabat yanada kuchayadi? A) Sulton Husayn Boyqaroning Muzaffar Husaynga yon bosishi B) Boysung’urni taxtga munosib ko’rilmaganligi C) 11 yoshli Mo’min Mirzoning qatl etilishi D) A,C
26. Quyidagi ta’riflar qaysi hukmdor haqida? “ Oqil va tadbirkor, harbiy salohiyati yuqori, adolatpesha shahzoda edi. U o’z saroyida olimlar, shoirlar, ulamolar, san’atkorlarni yig’ib anjumanlar o’tkazardi. O’zi ham go’zal g’azallar bitardi. Ulug’ Alisher Navoiy uning bu fazilarlariga yuqori baho bergan.”
A) Husayn Boyqaro B) Badiuzzamon C) Boysung’ur Mirzo D) Z.M.Bobur
27. Qaysi voqeadan keyin Badiuzzamon va otasi o’rtasida urush kelib chiqdi?
A) Sulton Husayn Boyqaroning Muzaffar Husaynga yon bosishi B) Boysung’urni taxtga munosib ko’rilmaganligi C) 11 yoshli Mo’min Mirzoning qatl etilishi D) A,C
28. Sulton Husayn Boyqaro qachon vafot etdi? A) 1447 B) 1458 C) 1469 D) 1506
29. Husayn Bayqaro vafotidan keyin hokimiyat tepasiga kimlar chiqdi?
A) Badiuzzamon B) Muzaffar Husayn C) Boysung’ur D) A,B
3-mavzu
1. Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi to’g’ri ma’lumotlarni toping. 1) Sulton Abu Said Mirzoning nabirasi 2) 1483- yilning 14- fevralda Andijon shahrida tug’iladi 3) otasi Mironshohning o’g’li 4) Bolalik va yoshlik yillari Andijon va Axsi shaharlarida o’tdi 5) Umarshayxning o’g’li 6) otasi Abu Saidning o’g’li
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,4,5,6 C) 2,4,6 D) 1,3,5
2. Umarshayx Mirzo yashagan yillar oralig’ida bo’lmagan voqealarni aniqlang. 1) Shayboniyxon Samarqandni jangsiz egalladi 2) Gulbadanbegim tug’ildi 3) Abu Said Xuroson hududini egalladi 4) Sulton Husayn Boyqaro vafot etdi 5) Sulton Ali Mirzo Samarqand taxtini egalladi 6) G’arbiy Erondagi oq qo’yinlilarga qarshi abu Said yurish qildi
A)1,2,4,5,6 B) 3 C) 1,2,3 D) 3,4,5,6
3. Umarshayx Mirzo (Abu Said Mirzoning o’g’li) otasi hukmronligi davrida(a), akasi Sulton Ahmad(b) davrida va ichki kurashlar(c) natijasida hukmronlik qilgan hududlarni ko’rsating. A) a-Kobul, Farg’ona b- Farg’ona, Xo’jand, O’ratepa c- Toshkent,Sayram B) a- Kobul, Farg’ona b- Toshkent,Sayram c- Farg’ona, Xo’jand, O’ratepa C) a- Kobul, Toshkent b- Farg’ona, Xo’jand, O’ratepa c- Farg’ona, Sayram D) a- Farg’ona, Xo’jand, O’ratepa b- Kobul, Farg’ona Sayram c- Toshkent,
4. Hokimiyat necha yoshida Boburning qo’liga o’tdi?
A) 11 B) 15 C) 14 D) 12
5. Qaysi voqeadan so’ng hokimiyat Boburning qo’liga o’tadi? A) Sulton Ali Mirzo qatl etilgach B) Shayboniyxon Samarqandni egallagach C) baxtsiz hodisa tufayli otasi Umarshayx Mirzo vafot etgach D) Ukasini taxt uchun kurashda mag’lub etgach
6. Bobur davlat ishlarini kimlar yordamida boshqarardi?
A) Umarshay Mirzo va Hojiqozi B) Umarshayx Mirzo va Qutlug’ Nigorxonim C) Sulton Abu Said va Umarshayx Mirzo D) Hojiqozi va Qutlug’ Nigorxonim
7. Shayboniyxonning asosiy maqsadi nima edi?
A) Bobosi amir Temur saltanatining poytaxti Samarqandni egallash B) Bobur Mirzo bilan o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash C) Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish D) Sulton Ali Mirzoni qatl etish
8. Shayboniyxon qachon Samarqandni jangsiz egalladi?
A) 1455 B) 1494 C) 1500 D) 1483
9. Movarounnahrning nufuzli davlat arboblari kim boshchiligida Boburni Samarqad taxtini egallashga da’vat etdilar? A) Konigil B) Shayxulislom Abdulmakorim C) Sulton Ahmad D) Sulton Ali Mirzo
10. Bobur qachon Samarqandga yurish boshlab , uni ikkinchi marta egalladi? A)1500 B) 1501 C) 1504 D) 1506
11. Shayboniyxon Bobur taxtni egallagan paytda qayerda edi? A) Kobul B) Qashqar C) Konigil D) Bolo Hisor
11. Bobur Shayboniyxonga qarshi qaysi hududlarga yordam berishlarini so’rab elchi yubordi? A) Andijon, Toshkunt B) Hirot, Hisor C) Qozon, Astraxan D) A,B
12. Boburning qizi Gulbadanbegim qaysi yillarda yashab o’tgan? A) 1455 – 1494 B) 1523 – 1603 C) 1504 – 1523 D) 1506 – 1594
13. Gulbadanbegim qaysi asarda “ Xudoga tavakkal qilib, Badaxshonot va Kobulga yuzlandilar” – deb otasi haqida yozadi? A) “Avlodlar dovoni” B) “Boburnoma” C) “Humoyunnoma” D) “ Gubadannoma”
14.Bobur qachon Kobul viloyatida o’z hokimiyatini o’rnatdi? A)1500 B) 1501 C) 1504 D) 1506
15. Bobur Kobuldagi qaysi hududni o’ziga qarorgoh qildi? A) Kobul B) Qashqar C) Konigil D) Bolo Hisor
16. Bobur Shayboniyxonga qarshi jangga yordam so’rab murojaat qilgan paytda Boburning tog’asi Sulton Mahmudxon qayerda humdor edi? A) Andijon B) Toshkent C) Qashqar D) Balx
17. Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora ko’rish maqsadida barcha temuriy hukmdorlar qatori Boburni ham maslahat yig’iniga taklif etgan hukmdor kim edi? A) Abulqosim Bobur B) Husayn Boyqaro C) Sulton Mahmudxon D) Xalil Sulton
18. Husayn Boyqaro qachon vafot etdi? A)1500 B) 1501 C) 1504 D) 1506
19. …. tariximizda buyuk shoir, Movarounnahrni shayboniylar istilosidan saqlab qolish yo’lida sobitlik bilan kurashgan hukmdor va sarkarda sifatida nom qoldirdi. A) Sulton Mahmudxon B) Bobur C) Abdullaxon II D) Sulton Husayn Boyqaro
20. Bobur Mirzo va Shayboniyxon o’rtasida qachon sulh tuzildi? A)1500 B) 1501 C) 1504 D) 1506
21. Bobur Mirzoning orzusi nima edi? A) Bobosi amir Temur saltanatining poytaxti Samarqandni egallash B) Bobur Mirzo bilan o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilash C) Temuriylar saltanatiga butunlay barham berish D) Sulton Ali Mirzoni qatl etish

Yüklə 81,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə