Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlar qonida, tarixiy xotirasida qoladi



Yüklə 81,36 Kb.
səhifə6/14
tarix19.06.2023
ölçüsü81,36 Kb.
#117912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
8-sinf O\'zbekiston tarixi 1

4 – mavzu
1. Dashti Qipchoqda Muhammad Shayboniyxonni kimlar qo’llab quvvatladi? A) Dashti Qipchoq o’zbeklari, o’zbek qabilalari zodagonlari B) xalq ommasi, savdogarlar, hunarmandlar C) Dashti Qipchoq qabilalarining sardorlari, ruhoniylar D) savdogarlar va hunarmandlar
2. Sharqiy Dashti Qipchoq qabilalari, birinchi navbarda, qaysi hududda muhammad shayboniyxon hokimiyatining o’rnatilishi o’troq hayotga o’tish imkonini berishini bilganlar? A) Sharqiy Dashti Qipchoq B) Movarounnahr C) Xuroson D) Xorazm
3. Movarounnahr zodagonlari va hatto oddiy aholining ma’lum qismi ham kimning timsolida Movarounnahrda tinchlik o’rnatishga qodir yagona shaxsni ko’rdilar? A) Xalil Sulton B) Umarshayx Mirzo C) Muhammad Shayboniyxon D) Sulton Abu Said Mirzo
4. Nima Shayboniyxonning Movarounnahrga yurishini tezlatib yubordi? A) Rossiyaning sharqqa qarab tobora kengayib borishi B) Movarounnahr va Xurosonda Temuriylar hokimiyatining tobora kuchayib borishi C) Shayboniyxon Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi D) to’g’ri javob yo’q
5. Shayboniyxon Temuriylarga qarshi urushda qanday harbiy jang usulini qo’llaydi? A) miltiqlarni ishlatish B) to’lg’ama C) qilichlar bilan jang qilish D) otdan tushib kamondan o’q uzish
6. Quyidagi voqealarni xronologik ketma ketligi to’g’ri bo’lgan javobni aniqlang.
1) Shayboniyxon Samarqandni qisqa muddatga egalladi 2) Muhammad Shayboniyxon Hirotni egalladi 3) Shayboniyxon Balxni egalladi 4) Shayboniyxon xorazmni egalladi 5) Xurosonga Shayboniyxon yurish boshladi 6) Samarqandni Muhammad Shayboniyxon Samarqandni uzil-kesil egalladi 7) Shayboniyxon Farg’onani egalladi 8) U Toshkent va Shohruxiya shaharlarini egallangan.
A) 1,6,8,7,4,5,3,2 B) 1,2,3,4,5,6,7,8 C) 4,3,2,1,6,7,8,5 D) 8,7,6,5,4,3,2,1
7. Muhammad Shayboniyxon o’z amakilariga bo’lib bergan hududlar to’g’ri moslashtirilgan qatorni toping. A) Ko’chkunchi Sultonga Turkiston, Suyunchxo’jaga Toshkent, ukasi Mahmud Sultonga Buxoro, Jonibek Sultonga Axsi va Andijon B) Ko’chkunchi Sultonga Buxoro, Suyunchxo’jaga Turkiston, ukasi Mahmud Sultonga Toshkent, Jonibek Sultonga Farg’ona C) Ko’chkunchi Sultonga Toshkent, Suyunchxo’jaga Buxoro, ukasi Mahmud Sultonga Turkiston, Jonibek Sultonga G’uzor D) Ko’chkunchi Sultonga Turkiston, Suyunchxo’jaga Shohruxiya, ukasi Mahmud Sultonga Samarqand, Jonibek Sultonga O’ratepa
8. Jonibek Sultonning otasi kim edi? A) Ko’chkunchixon B) Xo’ja Mahmud Sulton C) Suyunchxo’ja D) Mahmud Rishod
9. Shayboniyxonning Movarounnahrdagi harbiy yurishlarida kim eng faol qatnashgan? A) Ko’chkunchixon B) Suyunchxo’ja C) Jonibek Sulton D) Mahmud Sulton(ukasi)
10. Qaysi voqeadan so’ng Hirot o’zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini yo’qotdi? A) Husayn Boyqaro vafotidan so’ng B) Muhammad Shayboniyxon egallagach C) Amir Temur vafotidan so’ng D) Sharq Renessansi boshlangach
11. Movarounnahr va Xorazmda qachon o’zbek xalqi shakllandi? A) IX-XII B) XIII asr boshlari C) XVI asrda D) VII asrda
12. XVI asr boshlarida kattagina hududlarni o’z ichiga olgan, bir sarhadi Xuroson bilan, ikkinchi sarhadi esa Usmonli davlati bilan tutashgan davlat hukmdori.......A) Abbos B) Shoh Ismoil C) Muhammad Shayboniyxon D) Shoh Jahon
13. Shoh Ismoil va Muhammad Shayboniyxon o’rtasida urush qachon bo’lib o’tdi?
A) 1509 B) 1501 C) 1510 D) 1511
14. Shoh Ismoil va Shayboniyxon qo’shini qayerda to’qnashadi? A) Marv B) Tabriz C) Hirot D) Balx
15. Urushda g’alaba qozongan Shoh Ismoil qaysi hududni butunlay egalladi? A) Movarounnahr B) Xorazm C) Xuroson D) Iroq
16. “To’lg’ama” atamasiga ta’rif to’g’ri berilgan variantni toping. A) qadimgi O’rta Osiyo sport turi B) jang chog’ida dushman qo’shinini qanotlaridan aylanib o’tib, qurshab olish usuli C) Shayboniylar davlati mudofaa qo’shini D) Shayboniylar davlatida harbiy xizmatning nomlanishi
5-mavzu
1. Shayboniyxon vafot etgach taxtni kim egallaydi? A) Bobur Mirzo B) Ko’chkunchixon C) Ubaydullaxon D) Shoh Ismoil
2. Qachon 3-marta Bobur Mirzo Samarqandni egalladi? A) 1512–yil 28-aprel B) 1511 C) 1530 D) 1533
3. Qachon shayboniylar Bobur Mirzo bilan uning ittifoqchisi safaviylar qo’shinini tor-mor qilib, Samarqand taxtini qayta qo’lga kiritdi? A) 1512–yil 28-aprel B) 1511 C) 1530 D) 1533
4. Ko’chkunchixon nechanchi yilgacha hukmronlik qilgan? A) 1512–yil 28-aprel B) 1511 C) 1530 D) 1533
5. Ko’chkunchixondan so’ng taxtga kim o’tirdi? A) 1530 -1533 B) 1533-1540 C) 1533-1536 D) 1540-1548
6. Abu Saiddan keyin kumdorlikka o’tirgan xonning otasi kim edi? A) Xo’ja Mahmud Sulton B) Suyunchxo’ja C) Jonibek Sulton D) Mahmud Sulton( Muhammad Shayboniyxonning ukasi)
7. Ubaydulloxon Buxoro xonligini qaysi yillarda boshqardi? A) 1530 -1533 B) 1533-1540 C) 1533-1536 D) 1540-1548
8. Ubaydullaxonga oid malumotlar tog’ri ko’rsatilga ma’lumotlarni toping.
1) Xonlik poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko’chirgan 2) Buxoro Ubaydullaxonga otameros mulk bo’lgan 3) Uning davridan Shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb atala boshlagan 4) Ismoil Safaviy qo’shinlarining hujumini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi 5) Safaviylarga qarshi kurashda o’zining ma’naviy ilhomchisi Abdulla Sabroniy taxallusi bilan mashhur bo’lgan do’sti, din peshvosi Mir Arab tomonidan qo’llab-quvvatlandi 6) 1530-1533-yillarda Buxoroda Mir Arab madrasasini qurdirdi
A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,6 C) 1,2,3,4,5 D) 3,4,5
9. Ubaydullaxonning hukmronlik davri haqida kim: “ Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullab-yashnadi”, - deb yozadi?
A) Muhammad Hasayni Buxoriy B) Hofiz Tanish al-Buxoriy C) Muhammad Solih D) Muhammad Haydar
10. Qaysi hukmdor o’z davlati chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qilib, Hirotni ishg’ol etgan Eron qo’shinini bir necha bor mag’lubiyatga uchratib, ayni paytda, mamlakat ichkarisidagi tarqoqlikka ham barham bergan? A) Abdullaxon II B) Navro’z Ahmadxon C) Ubaydullaxon D) Pirmuhammad
11. Ubaydulaxondan keyin hokimiyatda qanday o’zgarish bo’ldi? A) Qo’shhokimiyatchilik : Ubaydullaxonning o’g’li Abdulazizxon – Buxoroda; Ko’chkunchixonning o’g’li Abdulatifxon - Samarqandda B) mamlakat amalda bir nechta mustaqil bekliklarga bo’linib ketdi C) Abdullaxon I taxtga o’tirdi D) Hokimiyatni Navro’z Ahmadxon egalladi
12. Qo’shhokimiyatchilik davrida mustaqil bo’lib olgan hududlarni hokimlari bilan to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping. 1) Balx 2) Toshkent 3) Miyonqol 4) Badaxshon 5) Turkiston 6) Karmana a) Navro’z Ahmadxon b) Iskandarxon c) Pirmuhammadxon d) Abdullaxon II A) a-2,5; b-3,6; c-1,4; B) a-1,2; b-3,4; c-5; d-6; C) a-2,5; b-3,6; d-1,4; D)a- 2,4,6; b-1,3,5
13. Kim qo’shhokimiyatchilik davrida mamlakatdagi siyosiy tanglikdan foydalanib, Abdulatifxon bilan ittifoq tuzib, Buxoroni egallaydi va hokimiyatni o’z tarafdorlariga topshiradi? A) Pirmuhammadxon B) Abdullaxon II C) Navro’z Ahmadxon D) Iskandarxon
14. Abdulatifxon vafot etgan yili..... A) Navro’z Ahmadxon vafot etdi B) Pirmuhammad II taxtga o’tqazildi C) Pirmuhammad va Boqi Muhammad o’rtasida qonli to’qnashuv bo’ldi D) Navro’z Ahmadxon Samarqandni egalladi
15. Navro’z Ahmadxonning otasi kim edi? A) Ubaydullaxon B) Suyunchxo’ja C) Ko’chkunchixon D) Mahmud Sulton
16. Navro’z Ahmadxon qachon Buxoroni egalladi? A) 1540 B) 1548 C) 1556 D) 1583
17. Abdulatifxon vafotida keyin Samarqandni egallagan, o’z nomidan tanga pullar zarb ettirgan, Movarounnahrning ko’p shahrlaida nomi xutbaga qo’shib o’qitilgan hukmdor kim edi? A) Pirmuhammadxon B) Abdullaxon II C) Navro’z Ahmadxon D) Abdulazizxon
18. Nega Navro’z Ahmadxon Miyonqolga qarshi yurish boshladi? A) Samarqandni bosib olgandan keyin yo’lidagi keyingi shahar miyonqol bo’lgani uchun B) Iskandarxon va o’g’li Abdulla unga itoat etmagani uchun C) Pirmuhammad Balx hukmdori bo’lgani uchun D) Iskandarxon va o’g’li Abdulla unga qarshi til biriktirgani uchun
17. Abdullaxon kimning yordamida bir necha bor yurish qilgandan so’nggina Navro’z Ahmadxon ustidan g’alaba qozonadi? A) Pirmuhammadxon B) Abdullaxon II C) Abdulatifxon D) Abdulazizxon
18. Oxirgi jangdagi sulhdan so’ng Navro’z Ahmadxon(a) va Abdullaxon(b) qayerga ketadi? A)a- Maymana; b-Buxoro; B) a-Buxoro; b-Samarqand; C) a-Maymana; b-Samarqand D) a- Balx; b-Buxoro
19.Navro’z Ahmadxon qachon vafot etdi? A) 1540 B) 1548 C) 1556 D) 1583

Yüklə 81,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə