C# dasturlash tilida massivlar bilan ishlash



Yüklə 171,84 Kb.
səhifə5/22
tarix29.11.2023
ölçüsü171,84 Kb.
#139157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
c dasturlash tilida fayllar bilan ishlash

Instruksiya(Amal).
Instruksiya – bu dastur kodida tamomlangan ifodadir. C# tilidagi dastur instruksiyalar ketma – ketligidan iborat. Har bir instruksiya “;” belgisi bilan tugallanishi kerak. Masalan: Int x, y;
x=100; y=0;
Shu bilan birgalikda C# da tarkibli instruksiya ham mavjud. Bunday instruksiyalar bir necha instruksiyalardan iborat bo’ladi. Ular “{ }” figurali qavslar orasiga olinadi. Masalan :
{
x=10; y=9;
int a; }
Bu misolda 3 ta oddiy instruksiyalar birta tarkibli instruksiyada joylashadi.
Ajratuvchilar.
C# tilida probel, tabulyatsiya va keyingi satrga o’tish belgilari ajratuvchilar hisoblanadi. Instruksiyalardagi ortiqcha ajratuvchilar bekor qilinadi. Masalan:
MyValue = 100 ;
Yoki
MyValue = 100;
Komplyator bu ikkita ifodani bir xilda komplyatsiya qiladi. Shuni aytib o’tish ham kerakki, satrda ajratuvchilar bekor qilinmaydigan payti ham bo’ladi. Agar siz Console.Writeline(“Salom yoshlar !!!!!!”), deb yozsangiz “Yoshlar ” va “!!!” orasidagi probellar (bo’sh joylar) bekor qilinamaydi balki, bo’sh joy sifatida qiymat qabul qiladi. Har bir operator boshqa operator orasida kamida bitta bo’sh joy bo’lishi shart:
Int x; // to’g’ri
Intx; // noto’g’ri
O’tish operatorlari.
C# tilida o’tish operatorlari ikki xil bo’ladi : shartli va shartsiz.
1. Shartsiz o’tish operatorlari.
Shartsiz o’tish operatorlari ikki xil usulda qo’llanilishi mumkin.1 – funksiyani chaqirish yo’li bilan. Bunda dastur davomida komplyator funksiya nomlarini tekshirib boradi, agar shunday funksiya topilsa, dastur o’z ishini shu yerda to’xtatib funksiyaning ishga tushishini amalga oshiradi. Funksiya o’z amallarini bajarib bo’lganidan so’ng, komplyator dasturni bajarilishini funksiya nomidan so’ng turgan instrusiyaga o’tkazadi. Masalan:
using System; class Functions
{ static void Main( )
{
Console.WriteLine("T() - metodini chaqiramiz...");
T ( ) ;
Console.WriteLine ("Main metodiga qaytish");
} static void T( )
{
Console.WriteLine("T() metodi ishlayapti!");
}
}
Ushbu dasturni ishga tushiring, dastur natijasi quyidagicha bo’ladi:
T() - metodini chaqiramiz...
Main metodiga qaytish.
T() metodi ishlayapti!
Shartsiz o’tishning ikkinchi usuli: goto, break, return va throw kalit so’zlari yordamida bajarish mumkin. Ushbu kalit so’zlar haqida quyida aytib o’tamiz.

Yüklə 171,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə