C guruh talabasi valiyev zikirjon



Yüklə 444,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix21.10.2023
ölçüsü444,96 Kb.
#130663
1   2   3
Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari.

Kuchni rivojlantirish metodikasi va vositalari.


o
Kuchni rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan 
mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhdan iborat:
o
Tashqi qarshilik 
bilan bajariladigan mashqlar. Qarshilik sifatida 
jismlar vazni (giralar, toshlar, shtanga va boshqalar), raqibining 
qarshiligidan, o‘ziga o‘zining qarshiligi, boshqa jismlar qarshiligiga 
(prujinali espanderlar, rezinali bint, maxsus moslama stanoklar) tashqi 
muhit qarshiligi (qumli yo‘lkada, qalin qorda yugurish va 
boshqalar)dan foydalaniladi.
o
Individning o‘z tanasi og`irligini yengish bilan bajariladigan mashqlar 
(tayanib yotib qo‘llarni tirsakdan bukish). Kuch bilan bajariladigan 
har qanday mashqlar o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. 
Og`irlik bilan bajariladigan mashqlarning qulay tomoni shundaki, ular 
yordamida ham yirik, ham mayda muskullar guruhiga ta’sir etish oson 
va ularni dozalash qulay. Salbiy tomoni shundaki, tezlik 

kuch talab 
qiladigan xarakterdagi harakatlar tartibi tez buziladi (ayniqsa 
ogirlashtirib, vazminligini ortirib, malol kelishi tezlashadigan 
mashqlarda), dastlabki holatda muskul tarangligi bir xil (statik holat) 
ushlanadigan mashqlarda, mashqning tashkillanishi qiyinligi (maxsus 
jihozning kerakligi, metal jihozning shovqini va boshqalar) ko‘zga 
tashlanadi. O‘z-o‘ziga qarshilik ko‘rsatish bilan bajariladigan 
mashqlarning qulayligi shundaki, qisqa vaqt ichida katta dozada 
nagruzka berish mumkin va maxsus jihoz va inventarni talab 
qilmaydi, lekin muskullar elastikligining tezda yo‘qolishiga olib 
keladi. Bundan tashqari, bu mashqlar yuqori nerv tarangligi (zo‘ri-
qishi)da bajariladi, shuning uchun ularni soglom, jismoniy 
tayyorgarligi talab darajasida bo‘lgan odamlarga, o‘z-o‘zini nazorat 
qilish tizimli olib borilishi tavsiya etiladi.


XULOSA
Yurtimizda yoshlarni sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik 
darajasini oshirish vatan himoyasiga va mehnatga bo‘lgan layoqatini 
kamol toptirishda jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir. 
Jismoniy tarbiya va sport insonlarni har tomonlama jismoniy 
rivojlanishida asosiy vositalardan hisoblanadi. Jismoniy tarbiya va 
sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan jismoniy 
tarbiya va sport darslarida talabalarni tezkorlik, kuch, chidamlilik 
sifatlarini rivojlanganlik darajasini oshirish darslardan olayotgan 
yuklamalarni organizmga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish, jismoniy tarbiya 
va sport darslarini samaradorligini ta’minlash tahlil jarayoniga yangi 
pedogogik texnologiyalarni ishlab chiqish vazifalari bugungi kunning 
dolzarb muommolaridan bo‘lib hisoblanadi. Jamiyatimizda sog‘lom 
turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning 
jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi 
uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport 
musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga 
bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona 
Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar 
orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli 
tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy KIRISH 4 sportni 
yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda. Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon 
chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro 
musobaqalarda 
yuksak 
natijalarga 
erishayotgani, 
dunyoda 
O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, 
respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport 
inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch 
bosqichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va 
«Universiada» sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa 
e’tiborlidir. Hozirda mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy 
sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va 
ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga 
katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, 
ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur 
shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab 
olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida 
muhim va dolzarb vazifalar turibdi. Hozirda ayniqsa, bolalarni 
go‘daklikdan boshlab ommaviy va mustaqil jismoniy mashg‘ulotlarga 
keng jalb qilish, chiniqtirish, xususan, sog‘lom, baquvvat, chidamli, 
chaqqon bo‘lib o‘sishlariga jiddiy e’tibor berish juda zarur. Ushbu 
darslikda jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining predmeti, 
asosiy tushinchalari, maqsadi va vazifalari hamda jismoniy tarbiya 
vositalari, jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan o‘rgatish va tarbiyalash 
metodlari, 
jismoniy 
sifatlarning 
umumiy 
tavsifi 
va 
ularni 


rivojlantirishni nazorat qilish, jismoniy tarbiya va sport darslarida 
pedagogik nazorat: xronometraj pulsometriya, pedagogik tahlil etish 
haqida ma’lumotlar berilgan. Darslik 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va 
sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun 
mo‘ljallangan bo‘lib, u Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fan 
dasturi asosida tayyorlangan 
Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. Абдуллаев А. Хонкелдиев Ш.Х. Жисмоний тарбия 
назарияси ва услубияти. Олий ўқув юртлари учун дарслик. 
ЎзДЖТИ нашриёт матбаа бўлими 2005 йил.

2. Саломов Р.С. Спорт машғулотларининг назарий 
асослари. –Т., 2007.

3. Матвеев Л.П. Теория и методика физической культуры. 
ФиС. 1995.

4. Саломов Р.С. Спорт машғулотларининг назарий 
асослари. –Т., 2007.

5. Верхошанский Ю.В. Спортчининг махсус жисмоний 
тайёргарлигини асослари. –М.: Жисмоний тарбия ва спорт, 
1988. -331 б.

6. Иванков Ч.Т. Теоретические основы методики 
физического воспитания. – М.: «Инсан», 2000. 353 с.

7. Матвеев Л.П. Теория и методика физической культуры. –
М., 1991. -544 б.

8. Саломов Р.С. Спорт фаолиятининг назарий асослари. –
Т., 2005.

9. Юнусова Ю.М. Теория и методика физической 
культуры. Учебное пособие для студентов высшых 
учебных заведений. –Т.: «Иқтисод молия», 2007.

Yüklə 444,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə