C va 100 kPa gaz ajralib chiqdi. Olingan eritmadagi suv molekulalari sonini hisoblang



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə25/33
tarix05.05.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#108537
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
2015- yil DTM variant

25-variant

1. Mis va qalayning ikki xil qotishmasi mavjud. Birinchi qotishmada bu metallar 2:5 massa nisbatda, ikkinchisida esa 7:6 massa nisbatda. Mis va qalayning massa nisbati 11:27 bo‘lgan 54 kg yangi qotishma olish uchun birinchi qotishma tarkibida qanday massada (kg) qalay bo’lishi kerak?


A) 20 B) 5 C) 14 D) 8
2. Na2SO3 va CrCl3 eritmalari qanday nisbatda aralashtirilsa, hosil bo‘lgan eritmada xrom (III) ionlari mavjud bo'ladi (gidroliz hisobga olinmasin)?
1) 2CrCl3 + 3Na2SO3; 2) 1CrCl3 + 3Na2SO3; 3) 3CrCl3 + 2Na2SO3; 4) 3CrCl3 + lNa2SO3; 5) 3CrCl3 + 4Na2SO3;
6) 2CrCl3 + 5Na2SO3.
A) 1, 2, 6 B) 3, 4, 5, 6 C) 3, 4, 5 D) 1, 2
3. Qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan konservalar tayyorlashda qaysi modda antiseptik sifatida ishlatiladi?
A) natriy benzoan B) magniy stearat
C) xlorsirka kislota D) natriy atsetat
4. Tarozining ikkala pallasidagi idishlarga bir xil hajmdagi bir xil konsentratsiyali xlorid kislota eritmasi quyilgan. Agar bir pallasidagi eritmaga 1,176 g natriy gidrokarbonat solinsa, ikkala pallani tenglashtirish uchun ikkinchi pallasiga kalsiy karbonatdan necha mol solish kerak?
A) 0,014 B) 0,1 C) 0,01 D) 1
5. 0,25 g suvga necha gramm LiH qo'shilganda hosil bo‘lgan eritmada eruvchi va erituvchi massalari tenglashadi?
A) 47,6 B) 54,05 C) 55,55 D) 49,82
6. Popov qoidasiga ko’ra, noma’lum keton oksidlanganda faqat atseton va 2-metilpropion kislota hosil bo’ladi. Noma’lum ketonni toping.
A) 2,4-dimetilpentanon-3 B) butanon-2
C) 3-metilbutanon-2 D) 2-metilpentanon-3
7. H2SO4 ning 4,8M li eritmasi tarkibida 29,4% H2SO4 bo‘lsa, kislotaning zichligini (g/ml) aniqlang.
A) 12 B) 0,6 C) 1,34 D) 1,6
8. A → B + C reaksiya bo'yicha A modda parchalanib konsentratsiyasi 3 marta kamayishi uchun ma’lum vaqt (sekund) sarflandi. Agar A moddaning konsentratsiyasi 5 marta kamayishida 3 marta kamayishiga nisbatan 6 sekund ko‘p vaqt sarflansa, 9 marta kamayishi uchun qancha vaqt (sekund) sarflandi?
A) 36 B) 42 C) 12 D) 40
9. 50 ml butan va (mo‘l miqdordagi) kislorodda aralashmasi yondirildi. Reaksiya tugagandan so‘ng reaksion aralashma dastlabki sharoitga keltirilganda aralashmaning hajmi 17,5 ml ga kamaygan bo‘lsa, hosil bo'lgan gazlar aralashmasidagi kislorodning hajmiy ulushini (%) aniqlang.
A) 10 B) 61,53 C) 38,46 D) 90
10. Natriy va kalsiy gidrofosfatlar aralashmasidagi metallarning massasi aralashmaning massasidan 144 g ga kam bo‘lsa, aralashmadagi kalsiy gidrofosfatning massasini (g) toping. (m(Na) + m(P) = 92,5).
A) 142 B) 68 C) 136 D) 204
11. O’zaro teng miqdorda olingan etan, eten va etin gazlari aralashmasi to'liq yonishi uchun mol O2 sarflandi. Dastlabki gazlar aralashmasining massasini (g) aniqlang.
A) 8,4 B) 24,6 C) 16,8 D) 15,6
12. 1 hajm XO va 3 hajm YO3 aralashmasining vodorodga nisbatan zichligi 33,75 ga teng. Agar gazlar 2:3 hajmda olingan aralashmadagi kislorodning massa ulushi 44/75 ga teng bo`lsa, noma`lum elementlarni mos ravishda aniqlang.
A) C; S B) N; Se C) N; S D) S; Se
13. Noma`lum massali fosfor va uglerod aralashmasini oksidlash uchun 80% li H2SO4 eritmasidan foydalanilganda vodorodga nisbatan zichligi 29 ga teng bo`lgan gazlar aralashmasi hosil bo`ldi. Shu aralashmani oksidlash uchun 5% li bromli suvdan 2,8 kg sarflangan bo`lsa, boshlang`ich aralashma tarkibidagi moddalar massasini (g) aniqlang.
A) 3,1; 9 B) 1,75; 9 C) 1,55; 4,5 D) 3,2; 2,4
14. Au va Al ning 57,6 g qotishmasi suyultirilgan nitrat kislotada eritildi. Hosil bo`lgan eritma mo`l miqdorda ishqor bilan qizdirilganda 21,6 g temir (II) oksidni to`liq qaytarish uchun yetarli bo`lgan gaz ajraldi. Qotishmadagi oltinning massa ulushini (%) aniqlang. (qotishmadagi alyuminiy nitrat kislota bilan to`liq reaksiyaga kirishgan).
A) 25 B) 75 C) 60 D) 40
15. Rux gidrooksosulfat tarkibidagi σ-bog`lar sonini aniqlang.
A) 10 B) 12 C) 6 D) 8
16. 0,1 mol kislorodda 6,9 g natriy metali oksidlandi va qizdirish davom ettirildi. Hosil bo`lgan qattiq modda(lar) issiq suvda eritilishidan hosil bo`lgan gazning hajmini (l) aniqlang.
A) 0,336 B) 0,112 C) gaz ajralmaydi D) 0,56
17. Zn atomida elektron bilan to`lgan nechta pog`ona va pog`onacha mavjud?
A) 3; 10 B) 3; 7 C) 2; 6 D) 3; 6
18. Natriy arsenat, alyuminiy sulfit va qo`rg`oshin (II) atsetatdagi jami kimyoviy bog`lar yig`indisi qancha bo`ladi?
A) 39 B) 42 C) 40 D) 41
19. 14,4 g akril kislota olish uchun necha gramm atsetilen zarur?
A) 2,8 B) 5,2 C) 2,6 D) 5,6
20. Aralash element-organik birikmani ko`rsating.
A) etilyodid B) Grinyar reaktivi C) tetraetil qo`rg`oshin D) metildietil arsin
21. Tibbiyotda quvvat beruvchi dori sifatida qo`llaniladigan uglevodni aniqlang.
A) kraxmal B) glukoza C) saxaroza
D) fruktoza
22. Bitta molekulasida 8 ta sp3 va 12 ta sp2 gibrid orbitallari bo`lgan organik kislotaning 0,65 molini yetarli miqdordagi propanol bilan o`zaro ta`siridan hosil bo`lgan modda massasini (g) toping.
A) 74,1 B) 83,2 C) 101,4 D) 92,3
23. Na2CO3 * nH2O va K2CO3 6,44:2,76 massa nisbatda aralashtirildi. Aralashma yetarli miqdordagi suvda eritilganda natriy va kaliy ionlari molyar konsentratsiyalari teng bo`lgan eritma olindi. Kristallogidrat tarkibini aniqlang.
A) Na2CO3 * 12H2O B) Na2CO3 * 7H2O
C) Na2CO3 * 8H2O D) Na2CO3 * 10H2O
24. Mg va MgO dan iborat aralashma yetarli miqdor 76,8 ml (p=1,25 g/ml) 24,5% li sulfat kislota eritmasida eritildi. Natijada 5 litr (270C va 100 kPa) gaz ajralib chiqdi. Dastlabki aralashma massasini (g) toping.
A) 11,2 B) 10 C) 8,8 D) 6,4
25. X-1 ioni Yn ioniga 4 ta elektron bersa, zaryadlari teng bo`lib qoladi. “n” ning qiymatini aniqlang.
A) -1 B) -4 C) +7 D) 0
26. Sut kislota noma`lum bir atomli spirt bilan reaksiyaga kirishishi natijasida olingan mahsulot tarkibidagi sp3-gibrid orbitallar soni 1,5 marta ortgan bo`lsa (kislotga nisbatan), reaksiyaga kirishgan spirtni aniqlang.
A) propanol B) metanol C) etanol D) butanol
27. Berilgan tartibda element ionning radiusi qanday o`zgaradi?
a) ortadi; b) kamayadi; c) o`zgarmaydi.
A) 1-b; 2-a; 3-c B) 1-a; 2-b; 3-b
C) 1-c; 2-a; 3-b D) 1-b; 2-c; 3-b
28. Sinproporsiya reaksiyalarini belgilang.
1) Cu + HNO3→Cu(NO3)2+NO2+H2O;
2) K2MnO4+H2O→KMnO4+MnO2+KOH;
3) KHClO3→KCl+O2;
4) NH4NO2→N2+H2O;
5) NH4NO3→N2O+H2O.
A) 1, 5 B) 1, 2 C) 4, 5 D) 1, 3
29. 0,03 mol AlCl3 va 0,1 mol NaOH tutgan eritmalari aralashtirilganda hosil bo`lgan cho`kma filtrlandi va qizdirildi. Bunda hosil bo`lgan qattiq qoldiqning massasini (g) aniqlang.
A) 1,02 B) 1,17 C) 2,34 D) 0,51
30. Quyidagi reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsiyentlar yig`indisini hisoblang.
PxSy + 38HNO3 → H3PO4 + H2SO4 + 38NO2 + 10H2O
A) 104 B) 94 C) 100 D) 214
31. 12 ml HNO3 eritmasi (pH = 2) 2 A tok kuchi bilan 16,08 soat davomida o’tkazilganda suvning qancha (mol) miqdori elektrolizga uchraydi?
A) 1,2 B) 0,6 C) 10,8 D) 1
32. Ushbu yadro reaksiyasida E va W o’zaro izoton bo’lsa, E tarkibidagi nuklonlarning necha foizini neytronlar tashkil qiladi?
A) 42 B) 59 C) 68 D) 29
33. Kimyoviy elementlar davriy sistemasida 120 ta element bor deb hisoblab, nechta elementda kvant sonlari n = 3, 1 = 2, m1 = +2, s = +1/2 bo’lgan elektron mavjud ekanligini aniqlang.
A) 97 B) 120 C) 96 D) 23
34. Allil spirtini oksidlab qaysi kislotani olish mumkin?
A) buten-2 kislota B) propion kislota
C) akril kislota D) metakril kislota
35. Aiken va kisloroddan iborat 90 litr aralashma yondirilganda 50 litr aralashma olindi. Agar reaksiya uchun olingan kislorod hajmi alkenning 2/3 qismini yondirishga yetarli bo’lsa, hosil bo’lgan gazlar aralashmasidagi alkenning hajmiy ulushini (%) aniqlang (suv bug‘i kondensatlangan).
A) 66,67 B) 80 C) 20 D) 33,33
36. Kuprit molekulasi tarkibida nechta σ-bog‘ borligini aniqlang.
A) 2 B) 4 C) 3 D) 1

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə