Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

32
Asqad Muxtor
ag‘dardi. U chalqancha yotar, bit talagan tani­
ni qashishga majoli yo‘q edi. Kechasi qandaydir 
keksa odam kelib, oyog‘iga namakob qo‘yib ket­
di. «Olqindi bo‘lib qolibdi», degani Bozorning qu­
log‘iga chalindi, u behush edi.
Bozorning ko‘zlari kosasiga cho‘kib, terisi su-
yagiga yopishib qolgan. Qimirlashga darmoni 
yo‘q, ichida bir joyi lovillab yonadi, to‘rsiqdagi iliq 
suvni ichgan sari qora ter bosadi tanini.
Kechalari ertangi yurishni o‘ylasa, o‘limi­
ga rozi bo‘lgudek. Birov qorong‘ida kelib pichoq 
ursa yoki zahar berishsa ham mayli, endi unga 
baribir, faqat bedarmon holda biyobonga tashlab 
ketishmasa bas. Quyosh tig‘ida yonib, chirib-sa­
sib, necha kunlar davomida azob bilan asta jon 
berish yoki tiriklayin qashqirga yem bo‘lish... Bu 
o‘ylarning o‘ziyoq Bozorqulni tobora qovjiratar, 
ado qilar edi.
Yana bir kun odamlarga bildirmaslikka urinib, 
ot yoliga osilib, sudralib, kalovlab yo‘l bosdi-yu, 
undan keyingi kuni o‘rnidan turolmadi. Hushiga 
kelib ko‘zini ochsa, yonida ot yo‘q.
– Qirg‘iy... Qirg‘iy!.. – deb chaqirdi boshini 
ko‘tarib. Ovozi o‘zidan bo‘lak hech kimga eshitil­
gani yo‘q, boshi shilq etib tushdi. Quyosh ko‘zga 
urardi.
– Qirg‘iy... – dedi Bozorqul. Bu gal ovozi ham 
chiqmay, so‘nggi umidi – «Qirg‘iy» labida qoldi.
Bozorqul yerga quloq soldi – tinch. Yelga qu­
loq soldi – jimjit. Ketishdi! Tashlab ketishdi! Ab­
lahlar, yirtqichlar!..
G‘azab kuch berib, o‘zini ko‘tarib yerga urdi, qi­
yalikdan yumalab ketdi, yuzlari, qo‘llari shilinib, 


33
Chinor
toshga borib taqaldi. Ichida bir nima uzilgan­
dek, tizzasini quchoqlab, tirishib qoldi. To‘rsig‘i 
oftobda yumalab yotibdi, хurjuni egarda ketgan, 
badanlari shilingan, qonli, kir, qo‘lansa, juldur 
kiyimda хuddi eski lattaday kichkinagina bo‘lib 
tosh soyasida yotardi.
Og‘riq bosilib, ko‘zini ochsa, quyosh butun­
lay erib yoyilib ketgandek, osmon yonar, tepasida 
pashsha g‘uvillar edi. Boshini ko‘tarib qaray olma­
di. Nima bor ekan atrofda? Nahotki bu azob, yolg‘iz­
lik va o‘limdan o‘zga hech narsa bo‘lmasa. Nahotki 
o‘ylagani kelsa? Oftobda qurtlab o‘lish, ko‘ksingni 
qashqir g‘ajiganini ko‘rib yotish... Ivv... ivv...
Bozorqul yig‘layolmas, na ko‘z yosh, na darmon 
bor edi. U «ivv-ivv!» degancha yengil qaltirab yovvoyi 
bir tovush chiqarar, shu bilan iztirobini bosib, har 
zamonda hushidan ketar, tinib sal darmon yig‘ar 
edi. Tushga borganda tili shishib og‘ziga sig‘may 
qoldi. Nariroqda to‘rsiqda suvi qaynab yotipti, tik-
kaga chiqib ololmaydi, toshning soyasi ham qoch­
di. Bozor so‘nggi darmonini yig‘ib, to‘rsiq tomonga 
intildi-yu, issiq toshlarni changallab, yuztuban yot­
gancha hushidan ketdi...
Uni kimdir yuziga sovuq suv sepib, hushiga 
keltirdi. Qorong‘i edi. Bozor labidagi suv tomchi­
larini yaladi. Birpasdan keyin og‘zida qo‘y suti-
ning ta’mini sezdi. Boshidagi odam ho‘l latta 
bilan uning yuzini, ko‘kragini artar, o‘zi esa bo­
ladek hansirar edi. Keyin u hansiragancha Bo­
zorni ko‘ta rishga harakat qildi. Ko‘tarolmadi. Bir­
pas nochor o‘tirib, nafasini rostladi. Yana urin­
di. Bu safar bir iloj qilib opichdi, tog‘dan pastga 
tushib ketdi. Bozorning qulog‘ida nimadir qattiq 


34
Asqad Muxtor
shovillar edi – nima ekan; toshlar yumalayapti­
mi? Dovulmi? Shalolami?..
Bozorqul keyinroq fahmladi – ko‘tarib keta­
yotgan odamning nafasi, yurak urishi shunaqa 
eshitilayotgan ekan. Bozor unga kuchi boricha 
tarmashdi-yu, kimligini so‘ramadi. Baribir emas­
mi – odam-ku, qashqir emas. Odam bilan birga 
bo‘lishdan katta baхt bormi! Qayoqqa olib borsa 
ham mayli, nima qilsa ham mayli.
Endi odam uni ikki qo‘ltig‘idan olib, oyoqlarini 
sudrab tushib ketyapti. Lekin Bozor payqamay 
qoldi: bu o‘sha kungi ketishmi, yo boshqa kun­
mi? Qanchadan beri sudrab ketyapti ekan? Bo­
zor har zamonda hushidan ketib turar, og‘zidan 
qo‘y sutining ta’mi ketmas edi.
Hushiga kelganida haligi shovillash yana qu­
log‘iga eshitildi. Bozor endi buning nima ekanligi­
ni biladi, najotkorining qattiq azob chekayotgani­
ni, uning badani qora terga botib, har zamonda 
yiqilib qolayotganini sezadi, yiqilganida tizzasi 
toshga tilinib, tish orasidan asta ingraganini ham 
payqadi. Lekin jussasi kichkinagina bu odam 
uni qayoqqadir eltish uchun jonini o‘rtaga qo‘yib 
qasam ichgandek, bolasini tishlab qochayotgan 
yirtqich singari bardoshli, o‘ziga rahmsiz edi. Bo­
zor hali uning yuzini ko‘rolgani yo‘q, qorong‘i. 
Shuning hammasi tunmi yoki hushsizlikmikan?
Qancha yurganlarini bilmaydi, bir vaqt Bo­
zorqul ko‘ksida muzdek nafas, butun badanida 
huzurbaхsh bir salqin sezdi. Qarasa, jilg‘achada 
yotibdi. Tong. Suv tiniq. Osmon ham tiniq. Odam 
uning boshini etagiga qo‘yib o‘tirgan edi.
– Tuzukmisiz?



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə