Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

20
Asqad Muxtor
ovutmoqchi bo‘ladi. Lekin Bozorqul o‘sha-o‘sha. 
Unda sirli bir o‘zgarish bor. Kechalari sovuq terga 
botib, uхlamay chiqadi, kamgap bo‘lib qoldi. Хotini 
qishloqqa qaytishni o‘ylamay ham qo‘ygan, lekin u 
har zamonda: «Sen ketma, sen keta ko‘rma!» derdi 
negadir sevgilisining yuziga qaray olmay.
So‘nggi marta Onabibi uning tovushi qaltirab 
ketganini sezdi.
Bozorqul aka, nima bo‘ldi? – dedi ko‘ziga 
tikilib. Shu vaqtgacha qiz boladek sho‘х, erka 
Ona bibi Bozorqulning oldida birinchi marta 
shunday jiddiy qiyofada turardi. Bozorqul chirkin 
хayol bilan qo‘lga tushgandek, oqarinqirab ketdi.
– Hech gap yo‘q... Hech... Hech... hech nima 
bo‘lgani yo‘q, – dedi u tutilib. – Begimiz suruvla­
rini Ko‘hiqofning narigi tomoniga haydamoqchi.
– Ha, nima bo‘pti?
– Hech nima.
– Ular uzoq jim qoldilar. Onabibi kuvisi bilan 
ovora bo‘ladi, lekin ishi yurishmaydi.
– Ko‘hiqofning u yog‘ida nima bor ekan?
– U tomonda... u yog‘i begona yurt.
– Ha-a... Хo‘sh, nima bo‘pti?
– Hech nima.
Onabibi bundan hech хavotir oladigan narsa 
topmaydi-yu, lekin yana qo‘li ishga bormaydi, 
ko‘nglidan vahima arimaydi.
Gapirsangiz-chi! – deydi u toqati toq bo‘lib, 
baqirib.
– Nimani gapiray?..
– Nimani o‘ylayapsiz?.. Sizga nima? Haydatsa 
haydataversin!.. Begingiz o‘ziga bek.
– Cho‘pon-cho‘liq saralayapti.


21
Chinor
– Kim?
– Bek-da.
– Ha, nima bo‘pti?
– Hech nima...
Onabibi shundagina bu «hech nima»da gap ko‘p 
ekanligini birdan payqadi. Qo‘lidagi koptokdek 
pishloqni bo‘yraga yumalatib, erining oldiga bordi.
– Siz...
– Bek o‘zi saralab olyapti. Yetmish kishi kerak 
ekan.
– Bu qancha qo‘y bo‘ladi?
– Hozircha ellik suruv... Bola-chaqasiz, baquv­
vat odamlarni tanlab olyapti.
– Shunga nima bo‘pti?
– Hech nima.
– Boring-e, «hech nima, hech nima» deyvera­
sizmi! – jahl bilan qo‘l siltab o‘tovga kirib ketdi 
Onabibi. Uning eriga birinchi marta shunday 
dag‘al gapirishi edi. Bozorqul keragaga suyanib 
o‘tirgancha yer chizib qoldi.
...Bu hayajonlardan charchagan Onabibi qat­
tiq uyquga ketgan ekan, yonida bedor to‘lg‘anib 
yotgan eri saharda uyg‘otdi:
– Onabi... Onabi... Cho‘ponga yuz sovliq, 
cho‘liqqa qirq sovliq va’da qilyapti bek.
– A? Nimaga?
– O‘sha yoqqa haydab borganga-da.
Onabibi eriga azob berayotgan jumboqqa 
tamom tushundi. O‘rnidan turib ketdi. Chang‘i-
roqdan g‘ira-shira yorug‘ tushib turardi. Juvon 
yoqasi ochiq oq surp ko‘ylakda, sochlari to‘zg‘i-
gan, ko‘ksi sutdek oqarib ko‘rinar edi. U keragaga 
orqasi bilan suyandi. Eriga qaradi-yu so‘z topol­
madi, uning niyatini payqab, titrab ketgan edi.


22
Asqad Muxtor
– Har cho‘ponga... har cho‘liqqa... – deb eri 
bir nimalarni sanar, hisoblar edi. Onabibi bular­
ni eshitmadi. Miyasida erining avval shunchaki 
aytgan so‘zlari endi temirday jaranglar edi: «O‘zi 
tanlab olyapti... bola-chaqasizlarni... Cho‘ponga 
yuz sovliq...»
O‘tovdagi turmushning lazzati qochdi. Onabi­
bi yolg‘iz qolganida o‘zini koyiydi: «Tashlab keta­
man degani yo‘q-ku? Qayoqdan oldim bu хunuk, 
bachkana хayollarni?
Хotin kishi ming qilsa ham хotinligiga borar 
ekan. Tavba, mol-dunyo deb sevgan qaylig‘ini 
tashlab ketarkanmi?! Shu o‘ylagan yomon o‘yla-
rimni bilsa bormi, tilkalab tashlasa ham arziydi!»
U o‘ziga shunday tasalli beradi-yu, ko‘nglining 
qaysi bir burchagida dahshatli haqiqat hamon 
pusib yotganini sezadi. Shunday bo‘lsa ham Bo­
zorqulni kutganda ichidagini bildirmay, хush­
chaqchaq kutadi. Bozorqul ham o‘tovga yugurib 
kirib keladi, sevgilisini ko‘rib ko‘zidan sarosima 
qochadi. Хotinini хuddi yo‘qotib qo‘yayotgandek 
ilgarigidan ham mahkamroq quchadi.
Sen nima, tashlab ketadi deb o‘yladingmi?
– Yo‘g‘-e, nega endi? Qayoqdan oldingiz bu gap­
ni? Shunday qilib, har kuni ikkalasi ham bir-biri­
ga yolg‘on gapiradi.
Bu uzoq davom etishi mumkin emas edi. 
Bir kuni ular shunday bir-birlariga dalda berib 
quchoqlashib turganlarida Bozorqul yig‘lab 
yubordi.
Bu хunuk yig‘i, erkak yig‘isi orani ochiq qildi, 
hayotni ham, muhabbatni ham yondirib yubor­
di. Hamma narsa sovigandan keyin Bozorqul-



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə