Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

23
Chinor
ning yuragidagi illat yalang‘ochlana boshladi. 
Bek unga alohida iltifot qilib bir yuz o‘ttiz sovliq 
yozganini хotiniga aytdi. «Men albatta qaytib ke­
laman, uch oylik yo‘l ekan, haydab boramiz-u
qaytaman, beknikiday qo‘ramiz, suruv-suruv 
qo‘ylarimiz bo‘ladi, dadamday qorako‘l ortib, Fa­
rangistonga qatnayman, beknikini emas, o‘zim­
nikini. Jaraq-jaraq tilla qilib qaytaman...»
Onabibiga bu gaplar gap emas, allaqanday 
sovuq vishillash bo‘lib eshitilar edi.
– Tezroq keting, jo‘nang! – deb baqirib yubordi 
u bir kuni. Muk tushib yig‘ladi. Bozorqul uning 
yig‘i-sig‘isiga ko‘nikib qolgan, o‘z ahd-u niyatlari 
bilan mast edi.
– Hademay jo‘naymiz. Bek o‘zi ham shoshyap­
ti. Qoraqum eshonning fotihasiga qarab turibdi, – 
dedi Bozorqul sovuqqonlik bilan. U endi ishchan, 
o‘zini ancha bosib olgan edi.
...Qoraqum eshon beknikiga dabdaba bilan 
uch izvosh haydatib keldi-yu, fotihasi cho‘zilib 
ketdi. U kelganidan beri bekning avzoyi buzilib, 
ishi yurishmay, uch haftagacha suruvlarini yo‘lga 
chiqarolmadi.
Nihoyat duoyi fotiha bo‘ldi shekilli, bosh 
cho‘ponlarga otlar berildi. Bekning qo‘ylari har 
kechasi yetti suruvdan bo‘lib to‘qqiz kunga­
cha yo‘lga chiqib jo‘naydigan bo‘ldi. Bozorqullar 
uchinchi kechada ko‘tarilishdi. Uning oti «Qirg‘iy» 
laqabli besabrgina qora to‘riq edi, tungi shovqin, 
cho‘liqlarning «qurey, qurey»i, bo‘ribosarlarning 
cho‘l osmonini boshga ko‘tarib hurishlari bilan 
g‘ayratga kirib, tun o‘tganini bilmay ham qoldi. 
Tong otganda qarasa, oldinda hov necha toshga­


24
Asqad Muxtor
cha yer-u osmon qop-qora bulut: tepada chang 
buluti, yerda suruvlar... Orqadagi yer ham shud­
gorday qop-qora... Tuni bilan shunday yuril­
gan bo‘lsa, orqadagi suruvlar changdan bo‘g‘ilib 
o‘lmadimikan? Bozorqul darrov oldinga ot chop­
tirdi: quduqdan keyin suruvlar enlatib, ikki-uch 
yo‘lga solinsin.
Quyosh chiqqandan keyin itlarning ovozi tin­
di. Aqlli bo‘ribosarlar suruvlarni bo‘ylab oldinga 
chopib boradilar-da, to hammasi o‘tib bo‘lguncha 
cho‘zilib yotib dam oladilar.
Birinchi quduqda suruvlarni enlataman deb 
ancha ivirsib qolishdi. Kechga yaqin quyoshning 
qizg‘in nurida bugun chiqqanlarning ham bu­
luti qorayib ko‘zga tashlandi. Dashti biyobonda 
uzoq ufqlardagi sharpa ham ko‘rinadi. Sharpa 
– uzoq, harakat bilinsa – yaqin, ovoz eshitilsa, 
undan ham yaqin. Cho‘ponning masofa o‘lchovi 
shu. Bozorqul orqadagilarning shoshilayotganini 
fahmladi. Keyin bilsa, oldindagilar ham jadallash 
haqida buyruq olishgan ekan. Oldinda quduq­
ma-quduq yo‘l boshlovchilar bu biyobonlarning 
har bir qudug‘ini, har bir so‘qmog‘i-yu, karvon 
yo‘llarini yod biladigan keksalar. Bozorqul ularni 
tanimaydi. Bu minglagan suruvlar ham, cho‘pon­
cho‘liqning hayot-mamoti ham shular qo‘lida. Bo­
zorqul o‘ylab qarasa, bu yerda taniydigan odami 
juda kam, hammasi begona. Bozorga o‘хshash 
mol-dunyo dardi bilan omad izlab chiqqan tavak­
kalchi bo‘ydoqlar bo‘lsa kerak-da...
Kechasi ular har joy-har joyda chovgun osib, 
to‘p-to‘p bo‘lishdi. Orqadagilarning ham ba’zilari 
yetib keldi. Bozorqul ular orasidan Chori-daqqi 


25
Chinor
degan tanish cho‘liqni topib oldi, dardlashib yot­
dilar. Tizza-yu tirsaklari qadoq bo‘lib ketgan jik­
kakkina Chori-daqqi boshqa gap qurib qolgan­
dek, Qoplonning dumini qanday chopib tashla-
gani, qulog‘iga qalampir sepib o‘ziga yedirsa ham, 
qopog‘on bo‘lmagani, lekin odamga sodiqligi 
haqida gapirardi. Bozor esa bu birinchi kecha­
da negadir o‘ksib Onabibini esladi. O‘choqlar­
dan oqquvray isi aralash pishloq hidi kelar edi. 
Bozorqul yotolmadi, o‘rnidan turib ketdi, kelgan 
iziga tikilib qaradi, lekin u ko‘rinmas, uni cheksiz 
qora tun yutgan edi.
Cheksiz qora tun, cheksiz biyobon. Hali yo‘l 
ham cheksiz. Birinchi tuni endi o‘tyapti. Birinchi 
azobli tun... Hechqisi yo‘q, avval shunaqa qiyin 
bo‘ladi, keyin o‘rganish bo‘lib ketar.
Lekin ikkinchi, uchinchi kechalar undan ham 
og‘ir bo‘ldi. Chori-daqqidan turmush haqida bi­
ron bama’ni gap chiqmaydi. Bekning to‘plagan 
odamlari allaqanday bir-biriga el bo‘lmaydigan, 
olchoq odamlar ekan, ularning jirkanch qiliqlari, 
peshtaham gaplari Bozorning ko‘nglini aynitar 
edi. Uni yolg‘izlik qiynardi.
O‘n ikkinchi kuni orqadagi suruvlardan, ikki 
cho‘pon o‘ldi, degan хabar keldi. Bu gap odamlarni 
ahillikka sal moyil etdi, kechalari gurunglar katta­
roq, to‘plar jipsroq bo‘ladigan bo‘ldi. Faqat Bozor 
qovushmas edi, u diliga yaqin odam topa olmadi.
Ammo u tetik. Anovi ikkov o‘lsa o‘libdi-da, 
o‘zlari aybdor; mijozlari nozik bo‘lsa, yo‘lga chiqib 
nima qilishadi? Bozorning bu jihatdan ko‘ng­
li to‘q, uning zuvalasi pishiq, uncha-munchaga 
bo‘sh keladigan emas. Biroq...



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə