Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

26
Asqad Muxtor
Yarim oydan keyin turmush qattiq o‘zgardi. 
Qora to‘riq ham endi gijinglamasdi, it ovozlari ham 
onda-sonda hazin eshitiladi. Ikki suruv yo‘lda qolib 
ketdi: ba’zi cho‘ponlar ishratga beri lib, tajribasiz 
cho‘liqlar bu suruvlarni g‘ira-shirada shag‘aldan 
haydab qo‘ygan ekan, tuyoqlari tushib ketibdi, 
oyoq lari qip-qizil go‘sht, bir-biri ning ustiga yiqil­
gan... Tashlab ketishga to‘g‘ri keldi. O‘sha kuni 
alamzada cho‘pon bir cho‘liq bolani urib mayib 
qilibdi, endi uning holi nima kechadi...
Ofat birin-ketin kela boshladi. Ikki kun ko‘zlab 
borilgan quduq quruq chiqib, aylanish yo‘ldan 
uch dovon oshib suv izlashga to‘g‘ri keldi. Tash­
nalik, oziqsizlik yangi ofatlar keltirdi, oqsil tush­
gan suruvlarni ajratib dashtga quvdilar. Sirtlari, 
etlari shilimshiq bo‘lib oqib tushayotgan joni­
vorlar jaziramada yo‘lsiz kengliklarga o‘lim izlab 
ketar ekan. Bozorqulning yuzlaridan sho‘rtak 
yosh oqib tushar edi. Bu kunlari ko‘p odam o‘ldi. 
Qo‘y kamaygan sari odam ortiqchalik qilib, ularni 
birov ataylab o‘ldirayotganga o‘хshardi... Shun­
day хunuk fikr miyasiga kelganidan Bozorqul 
o‘zini koyidi: «Tavba, astag‘firullo! Tavba, as-
tag‘firullo!» – deb yomon o‘ylarni ko‘nglidan quv di. 
Lekin endi uning o‘ziga ishonchi ilgarigidek zo‘r 
emas edi. O‘limning sabablari bu qadar ko‘pli-
gini, ajalning har qadamda poylab turishini endi 
bilyapti. Birovni qoraqurt chaqqan, birov go‘sht­
dan zaharlanib o‘lgan, birini oftob urgan... Ajab, 
cho‘ponni ham oftob uradimi?
Bozorqul ba’zida chalopdan ichi quldurasa 
yoki kechasi suyaklari zirqirasa ham cho‘chib 
ketadi. Qirq kundan beri yo‘lda. O‘sha-o‘sha ja­


27
Chinor
zirama, o‘sha-o‘sha cheksiz ufqlar, jimir-jimir ho­
vur... Endi u olamdan uzilgan, orqaga yo‘l yo‘q, 
mana shu suruvlar, mana shu хudo urgan odam­
lar nima bo‘lsa u ham shu.
Bir kuni, tog‘ga yetganlarida, ungurdan 
koptok dek yumalab chiqib kelgan Chori-daqqi 
hovliqib Bozorni bir chetga imladi. Hozirgina qu­
turgan itdan qutulgandek, ko‘zlari ola-kula, qon­
siz yuzlaridan sharros ter oqib tushmoqda, tili 
zo‘rg‘a gapga keldi:
– Bugun suyuq ichmas ekansiz, bir cho‘liq 
bola tayinladi, – pichirladi u alanglab, – bekning 
odamlarini tanisang aytib qo‘y dedi.
Bozorqul tushunmadi.
– Bekning odamlari?..
– Ha, Qoraqum eshonning odamlari ham bor 
ekan-da. Orqadan kelib qo‘shilgan o‘ttiz suruv 
o‘shaniki ekan.
– Suyuqni nega ichmas ekanmiz?
Chori-daqqi qutsiz ko‘zlari bilan atrofga alang-
lagancha, «qaydam», dedi-da, toshdan toshga 
sakrab, jo‘nab qoldi.
Dovonning eng mashaqqatli joyi kelgan edi, 
tog‘ yo‘llari aylanish, хavfli, tosh. Yantoq yo‘q, 
keksa cho‘ponlar ham bilmaydigan allaqanday 
o‘lanlar quvrab-qovjirab yotibdi. Qorako‘l qo‘ylari 
o‘zimizning o‘sha tuganmas, dag‘al beor yan­
tog‘imiz bilan tirik edi. Ularning shu yaхshi хu­
susiyati bu yerda ofatga aylandi, yantoq yo‘q...
Nimalarni o‘ylayapti Bozorqul?.. Chori-daqqi 
nima deb ketdi-yu, bu nimalarni o‘ylayapti! 
Suyuq? Eshonning odamlari? Cho‘liq bola ayt­
di? Jinni bo‘lib qolmadimikan bu Daqqi? Juda 


28
Asqad Muxtor
ko‘zlari bejo edi? Pichirlagancha jo‘nab qolishi 
ham g‘alati...
Bu yo‘lda har nimaga ishonsa bo‘ladi. Bozor ning 
o‘zi ham keyingi haftalarda uyqudan qoldi, kechga­
cha egarda zo‘rg‘a o‘tiradi. «Qur-ey!», «Qur-ey!» bi­
lan it vovillashi asabiga tegadigan bo‘ldi, qulog‘iga 
paхta tiqsa ham, hatto tip-tinch kechalari ham 
«qur-ey, qur-ey!» bilan itlarning ulishi naq miyasi­
da shang‘illab turadi. Keyingi payt larda odam o‘li­
shi hech gap bo‘lmay qoldi. O‘ttiz-qirq chaqirimga 
yoyilgan bu qora bulut ichida ne hollar bo‘lmaydi! 
Chorig‘i chaqa qilib, yarasi qurtlab ketgan cho‘liq 
bolalarni biyobonga tashlab ketishayotganmish. 
Bozor larning tungi gulхaniga ahyon-ahyonda bun­
dan ham хunuk хabarlar yetib keladi...
Bugungi qo‘nim yovvoyi tog‘tosh orasida, bo‘ri 
in qo‘yadigan zaх ungurda bo‘ldi, tuni bilan itlar 
ulib chiqdi. Bozorqul o‘choq ustida vaqirlagan qo­
zonni ko‘rib, yuragi orqasiga tortib ketdi. «Suyuq 
ichmas ekansiz...» Nima gap o‘zi? Chori qani?
Bozorqul o‘choqma-o‘choq hansirab yurib, 
Chorini topib keldi. Ajab, shu Chori-daqqi yonida 
bo‘lgani uchunmi, yuragi biroz bosildi. Tinchla-
nib cho‘zilib yotdi. Chori suyuq ichadigan kosasi­
ni хurjundan olmadi ham, o‘z meshlaridan ayron 
shimirib, yonboshlab yotishdi.
– Chori, nima gap? – dedi biroz tinchigan Bozor.
– Fahmlayapsizmi, o‘lib, yo‘lda qolib ketayot­
ganlar hammasi bekning odamlari...
Bozor turib o‘tirdi, Choriga tikildi. Daqqi jin­
niga o‘хshamaydi. Badani uvushib ketdi. Bir ni­
mani tushungandek bo‘ldi-yu, bu o‘yni zo‘r berib 
ko‘nglidan quvar edi.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə