Chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 75,75 Kb.
səhifə9/15
tarix22.05.2023
ölçüsü75,75 Kb.
#112133
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
1 2 SINF O\'QUVCHILARINING O\'QISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Bayon qilish metodi. Ona tili darslarida qo‘llangan asosiy metodlardan biri bo‘lgan. Bunda o‘qituvchi bayon qilishdan oldin o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o‘quvchilarni o‘qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo‘lishga undagan. O‘qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o‘qituvchi ma’lumotlarni o‘z so‘zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o‘qituvchi zimmasiga o‘rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o‘rinlarini aniq, lo‘nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang'ich sinflarda bayon qilish metodi o‘quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan holda 3—5 daqiqaga mo‘ljallangan. Bayon qilish metodini qo‘llash holatlari hozir ham uchraydi.
Suhbat metodi. Boshlang'ich sinflarda ona tilini o‘qitishda keng qo‘llaniladigan va shu bosqich o‘quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savol-javob metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o‘qituvchidan mavzuning xususiyatini o‘zida aks ettirgan o‘quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ajratish, o‘xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo‘naltirilgan savollar tuzishni, ularni o‘quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.
Boshlang'ich sinflarda suhbat metodining muammoli o‘qitish metodi sifatida qo‘llanilishi ta ’limda o‘quvchilarni faollashtirishga katta
ta ’sir ko‘rsatadi. Muammoli o‘qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894-yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o‘quvchilaning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o‘qituvchining topshirig'i bilan o‘quvchining oldiga biror muammo qo‘yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o‘quvchi oldin egallagan
bilimlari asosida hal etadi.



Yüklə 75,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə