Chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 75,75 Kb.
səhifə5/15
tarix22.05.2023
ölçüsü75,75 Kb.
#112133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1 2 SINF O\'QUVCHILARINING O\'QISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Analitik bosqich.savod o‘rgatish davriga to‘g'ri keladi, bunda so‘zni bo‘g‘in-harf tomonidan tahlil qilish va bo‘g'inlab o‘qish malakasi shakllantiriladi.
Sintetik bosqich uchun so‘zni sidirg'a o‘qish xarakterlidir; bunda so‘zni ko‘rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so‘z ma’nosini anglash bilan asosan mos keladi. O‘qish so‘z m a’nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O 'quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o‘tadilar.
Bundan keyingi yillarda o‘qish avtomatlasha boradi.O‘qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish o‘qish malakalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lsin.
To‘g‘ri o‘qish. To‘g'ri o‘qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o‘qish tushuniladi, ya’ni to‘g'ri o‘qish so‘zning tovush-harf tarkibini, gram m atik shakllarini buzmasdan, so‘zdagi tovush yoki bo‘g'inni tushirib qoldirmay, boshqa tovushni qo‘shmay, harflar o 'rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so‘zga urg'uni to‘g'ri qo‘yib o‘qish hisoblanadi. M .Odilova va T.Ashrapovalar „Adabiy talaffuz me’yorlariga qo‘yilgan barcha talablar to‘g'ri o‘qish ko‘nik-masiga ham taalluqlidir", — deb ta’kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to‘g'ri o‘qishga quyidagicha ta ’rif bergan: „To‘g'ri o‘qish — bu materialning tovush tom onidan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko‘chirishdir". Demak, to‘g'ri o‘qish so‘zning tovush tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me’yorlar asosida o‘qishdir.
Boshlang'ich sinf o‘quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn mazmunini tushunish o‘rtasida puxta sintez yo‘q bo‘lgani uchun ular o‘qishda xatoga yo‘l qo‘yadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi.To‘g'ri o‘qish so‘zning uzun-qisqaligiga, o‘quvchining so‘z boyligiga, ya’ni so‘zning leksik ma’nosini qanchalik bilishiga hamda so‘zning bo‘g'in va morfemik tarkibiga bog'liq. O‘quvchilar ko‘pincha quyidagi sabablarga ko‘ra xatoga yo‘l qo‘yadilar:
1. So‘zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o‘rtasida puxta sintez bo‘lmagani uchun bola so‘zning oldin tovush tomonini ko‘radi, uni talaffuz qilishga oshiqadi. So‘zning ma’nosini esa e ’tibordan chetda qoldiradi.
2. So‘z ko‘p bo‘g'inli bo‘lib, bola uni oldin eshitmagan bo‘lsa, xatoga yo‘l qo‘yadi.
3. So‘zning m a’nosini bilmaslik tufayli xatoga yo‘l qo‘yadi.
4. Tez o‘qiyman deb xatoga yo‘l qo‘yadi.
5.To‘g'ri o‘qish yorug'likka va yorug'likning tushishiga ham bog'liq.
6. Undosh tovush so‘zning o‘rtasida va oxirida kelgan yopiq bo‘g‘inli so‘zlarni o‘qishda qiynaladilar.
Har bir ta ’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy o‘qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o‘zaro bog'liq holda va sinfdan tashqari o‘qish mashg'ulotlari jarayonida hal qilinadi.Dastur talablarini to‘liq bajarish va am alga oshirish uchun, birinchi navbatda, o‘qish ko‘nikmalarini to‘g'ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur. O‘qish ko‘nikmalari savod o‘rgatish jarayonida shakllanadi, o‘qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi.O‘qish malakalari deganda badiiy asar matnini to ‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish tushuniladi. O‘qish darslarida o‘quvchilam ing o‘qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi.O‘qish malakasining sifatlari o‘zaro bog'liq bo‘lib, ularning asosi ongli o‘qish hisoblanadi. O‘quvchi matnni tez va to‘g‘ri o‘qisa-yu, anglab o‘qim asa yoki uning tez o‘qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to‘g'ri o‘qisa-yu, o‘ta sekin o‘qisa, nutq birliklari orasida to‘xtamlarga e’tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to‘g'ri o‘qish ongli o‘qishga xizmat qiladi, to‘g'ri, tez va ongli o‘qish esa ifodali o‘qishning asosi hisoblanadi. O‘qish malakalarini egallash maktabda o‘qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi.

Yüklə 75,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə