Chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 75,75 Kb.
səhifə8/15
tarix22.05.2023
ölçüsü75,75 Kb.
#112133
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
1 2 SINF O\'QUVCHILARINING O\'QISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Ifodali o‘qish. Boshlang'ich ta ’lim tizimida mantiqiy o‘qish (matnni
to 'g 'ri, tushunib, tez (m e’yorida) o‘qish) va adabiy o‘qish mukammal o‘zlashtirilganidan so‘ng ifodali o‘qishga o‘tiladi. U yod olingan she’riy asarlarni ifodali o‘qishni ham o 'z ichiga oladi. Ifodali o‘qishning muvaffaqiyati o‘quvchilam ing asar mazmuni, g'oyaviy-badiiy xususiyatlari haqida muayyan tushunchaga ega bo‘lishi bilan bog'liq.Ohang va intonatsiya she’riy asarlarni ifodali o‘qishda qay darajada muhim bo‘lsa, nasriy asarlarni o‘qishda ham muhim talablardan biridir.
Nasriy asarlarni ifodali o‘qishdan oldin unda qanday g'oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X.To‘xtaboyevning
Xatosini tushungan bola" hikoyasini ifodali o‘qishdan oldin o‘quvchilarga xatosini tushungan bola kim ekanligi, Uning xatosi nimalardan iborat bo‘lganligi, maqtanchoqlikning illat ekanligi to‘g'risida tushuncha beriladi.
Ifodali o‘qish oldiga qo‘yilgan bu talab M .Abdurashidxonovning „Har kim ekkanin o‘rar", S h .S a’dullaning „Laqma it", A.Oripovning „Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi" kabi she’riy hikoyalarini o‘qishga ham xosdir.
Badiiy o‘qish. Badiiy o‘qish ifodali o‘qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so‘z san’atining barcha kom ponentlari ishtirok etadi.U o‘quvchidan asar ruhiga batamom kirishni, san’atkorona o ‘qishni talab etadi. Badiiy o‘qishda asar qahram onlarining ruhiy holati, kechinmalari to‘la anglab etilgandagina ta ’sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o‘qishga tayyorgarlik ko‘rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Badiiy o‘qishning muvaflfaqiyatini ta’minlaydigan omillardan biri tanlab o‘qishdir. Masalan, 3-sinfda X .To‘xtaboyevning ,,Hassa“ hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga Shavkatning javoblari yoki S.Anorboyevning ,,Bahs“ hikoyasidagi bolalaming bahslashish epizodi yuzasidan o‘qituvchi topshirig'iga ko‘ra mazkur o‘rinlarni tanlab qayta o‘qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiyestetik qimmatini chuqurroq o‘zlashtirishga erishiladi.
Izlanish metodi.Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o‘quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qahramolarga baho berishda keng qo‘llaniladigan usuldir.O‘qish darslarida reproduktiv metod keng qo‘llaniladi. Masalan, o‘qituvchi dastlabki darslarda o‘zi asar matnini qismlarga bo‘ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo‘lgan muhim fikriga o‘quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko‘rsatadi, o‘quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan m a’noni ochib, o‘quvchilarga ko‘maklashadi.
Bularning bari o‘quvchilar uchun bir ko‘rsatma vazifasini o‘taydi. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘qituvchining ko‘rsatm alari yordamida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni o‘zlari mustaqil ravishda bajaradilar.
Yuqorida ta ’kidlangan metodlardan tashqari, boshlang'ich sinf o‘qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan „Aqliy hujum ", „Tarmoqlash", „Guruhlar bilan ishlash", „ Blits texnologiyasi" kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullami qo‘llash o‘qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak.Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar Ona tilini o‘qitishda o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta ’lim tizimining takomillashuvi bilan bog'liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda. XX asrning oxirgi yillariga qadar o‘qitish metodlari sifatida tushuntirish-bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko‘proq qo‘llanilib kelindi.

Yüklə 75,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə