Chirchiq davlat pedagogika universiteti


Kurs ishini yozishda asos qilib olingan materiallar



Yüklə 75,75 Kb.
səhifə4/15
tarix22.05.2023
ölçüsü75,75 Kb.
#112133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1 2 SINF O\'QUVCHILARINING O\'QISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Kurs ishini yozishda asos qilib olingan materiallar. Kurs ishini tayyorlashda eng avvalo Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ta'lim to‘g‘risidagi so‘zlagan nutqlari, asarlari,hamda K.Qosimova, S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldasheva, Sh. Soriyev va V.S.Rahmonovalarning adabiyotlaridan foydalanildi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘g‘ri o‘qishga o‘rgatish borasida yangi ilmiy-amaliy metodlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish. Bunda o‘quvchilarning bilimlarni qabul qilish doirasidan kelib chiqqan holda metodlardan foydalanish katta ahamiyatga ega.Sababi bir sinfdagi o‘quvchilarning barchasi bir maromda o‘qiy olmaydi va bilimlarni qabul qilishi ham turlicha bo‘ladi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini to‘g‘ri o‘qishga o‘rgatishni amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkil etish, o‘rganilgan bilimlarni amaliyotga to‘g‘ri tatbiq etishdan iborat. Chunki o‘rganilgan bilimlarni amalda qo‘llay olmaslik egallagan bilimlarimizni yo‘qqa chiqaradi.Ya'ni amali yo‘q ilm yo‘qlikka teng Shu sababdan amaliy jihat juda muhim hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish qism, ikki ta bob , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Kurs ishining mundarijasi.Kirish qismida, umuman, mavzuning dolzarbligi, uning oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari, ishning ilmiy yangiligi, tahlil uslubi, ishning amaliy ahamiyati hamda shakily tuzilishi haqida fikr yuritilgan.
_______________________________
1Mirziyoyev Sh. Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevori // Xalq so‘zi. –Toshkent, 2017. – 4 avgust.
2O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni. // Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: Sharq, 1997.
I BOB. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini tashkil etish va ularda DTS talablari
1.1. O‘qish darslarining maqsad va vazifalari

Boshlang'ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta ’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta ’limini o‘qish ta ’limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘quvchi matnni to 'g 'ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta’lim standarti (DTS) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv-biluv ko‘nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l ochiladi. Aynan o‘qish ta ’limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa olamni anglashga bo‘lgan intilishlariga turtki beriladi.Shu maqsadda „O‘qish kitobi" darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-m a’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va tinclilik kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g'in, so‘z va gapiar bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o‘qish texnikasi egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan badiiy, ilmiy- ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.Boshlang'ich sinf „O‘qish kitobi" darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o‘quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to‘g'ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko‘ra, o‘qish darslarining yetakchi xususiyati o‘quvchilarning savodxonligini ta ’minlash bilan birga, o‘quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.


Boshlang'ich sinflarning o‘qish darslarida o‘rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og'zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
O‘qish darslari uchun tanlangan mavzular o‘quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo‘yicha ham bilim va tarbiya berishni ko‘zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko‘zlangan maqsad o‘zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog'liq tuyg'ularni uyg'otishdir.
Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi mavzular o‘qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo‘lib, 2-sinf „O 'qish kitobi“dagi "Оna yurtim---oltin beshigim" bo‘limiga kiritilgan "O‘zbekistonim" {H. Imonberdiyev), " Istiqlol " (J.Jabborov), "O‘lka", (E.Vohidov), „Yur tog‘larga“ (U .N osir), 3-sinfda „Ona bitta, Vatan yagona" bo‘limidagi „Vatan haqida sh e’r" (A.Avloniy), , , O‘zbegim“(E.Vohidov), „Vatan mo‘tabardir" (X .D avron), „Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi“ (T. M alik), 4-sinfda „ 0 ‘zbekiston — Vatanim manim “bo‘limidagi „Serquyosh o ‘lk a “ (Z. Diyor), „Iqboli buyuksan“ (A. Oripov),„Toshkentnoma" (M .Shayxzoda), ,,Xarira“ (N .N orqobil) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, m ardonavor kurashi, ulug' siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to‘g'risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur , Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o‘quvchilarni faqat o‘tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuyg'usi shu tariqa shakllanadi. Vatanimiz o‘tmishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo‘lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog'liq H. Imonberdiyevning "O‘zbekistonim ",A.Rustamovning „Bayroq nima?“, A. Obidjonning ,,O‘ktam avlod“ (3-sinf), S. Barnoyevning „Mangulikka tatigulik kun“, E. Malikovning „Assalom,Neksiya!“ (4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi.
Tabiatga oid mavzular yordamida o‘quvchilar tabiatdagi o‘zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar.
Umuman, O‘qish kitobi" darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga ta ’lim -tarbiya berish bilan birga, ularning lug'atini boyitishga, og'zaki va yozma nutqini to 'g 'ri shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga ham qaratiladi.
Amaldagi „O‘qish kitobi" darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o‘tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda o‘rgatiladigan „Ajdodlarimiz — faxrimiz", „Zumrad bahor“, „Kumush qish “ kabi mavzular 2—4-sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o‘quvchilarning oldingi bilimlarini to‘ldiradi va boyitadi.
Uzluksiz ta ’limning boshqa bosqichlaridan farqli o‘laroq, boshlang'ich sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta ’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-axloqiy, adabiy-estelik tarbiya bilan chambarchas bog'lab olib boriladi.
Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o‘quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.O 'quvchilar darsliklar yordamida o‘zlashtiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo‘lishini tushunib yetishishlariga erishish o‘qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
Boshlang'ich ta ’lim bo‘yicha DTS va „Ona tili" o‘quv dasturida o‘qish ta ’limi oldiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o‘qishni to‘g 'ri tashkil qilish, o‘qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg'or pedagogik texnologiyalardan o‘rinli foydalanishga ko‘p jihatdan bog'liqdir. Umuman olganda, o‘qish darslari oldiga qo‘yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g'ri, tez, ongli, ifodali o‘qishlarini shakllantirish.
2. O‘quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o‘rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish.
3. O 'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
4. O‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.
5. O‘quvchilarning bog'lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o‘stirish.
6. O‘quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish.
Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta ’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy o‘qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o‘zaro bog'liq holda va sinfdan tashqari o‘qish mashg'ulotlari jarayonida hal qilinadi.
Dastur talablarini to‘liq bajarish va am alga oshirish uchun, birinchi navbatda, o‘qish ko‘nikmalarini to‘g'ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur. O‘qish ko‘nikmalari savod o‘rgatish jarayonida shakllanadi, o‘qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi.O‘qish malakalari deganda badiiy asar matnini to ‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qish tushuniladi. O‘qish darslarida o‘quvchilam ing o‘qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi.O‘qish malakasining sifatlari o‘zaro bog'liq bo‘lib, ularning asosi ongli o‘qish hisoblanadi. O‘quvchi matnni tez va to‘g‘ri o‘qisa-yu, anglab o‘qim asa yoki uning tez o‘qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to‘g'ri o‘qisa-yu, o‘ta sekin o‘qisa, nutq birliklari orasida to‘xtamlarga e’tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to‘g'ri o‘qish ongli o‘qishga xizmat qiladi, to‘g'ri, tez va ongli o‘qish esa ifodali o‘qishning asosi hisoblanadi. O‘qish malakalarini egallash maktabda o‘qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi.O‘qish faoliyatning asosiy turi bo‘lib, o‘quvchilarni g'oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o‘qish malakalarini o‘stirish va takomillashtirish ustida tizimli va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi.
O‘qish malakasini egallash ancha murakkab bo‘lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Ruhshunos olim T. G. Yegorov o‘zining„Очерки психологии обучени детей чтению" nomli asarida o‘qish malakalarini shakllantirish jarayonini uch bosqichga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqich va avtomatlashgan bosqich.

Yüklə 75,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə