Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

«narx-navo inqilobi»
deb ataldi. Yevropa mamlakatlarida odamlar yashash uchun pul
topishning yangi yo‘llarini izlashga tushdi. Ko‘plab oilalar endi ilga-
rigidek natural xo‘jalik yurita olmasdan, mahsulotning bir qismini
bozorda sotishga majbur bo‘ldi. Natijada, Yevropada 
tovar ishlab
chiqaruvchi xo‘jaliklar
, ya’ni bozorda sotishga mo‘ljallangan mah-
sulot ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar soni ko‘payib bordi.
Yevropada tashkil qilingan qaysi dastlabki birjalarni bilasiz?
Kapitalistik munosabatlarning paydo bo‘lishi.
Bozor munosabatlari
jadal rivojlanayotgan Angliya, Niderland qirolligi va Fransiya kabi
mamlakatlarda savdogarlar ulgurji savdoga katta ehtiyoj seza boshladi.
Ular endi vaqt-vaqti bilan o‘tkaziladigan yarmarkalarga mahsulot olib
borish o‘rniga, yirik shaharlarda tashkil qilingan va 
birja 
deb atalgan
maxsus joylarda o‘z mahsulotlarini e’lon qila boshladi. Shu yerda
xaridorlar bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzilib, mahsulot kelishilgan
joyga jo‘natilar edi.
Birjalar bilan bir qatorda, zamonaviy banklarning paydo bo‘lishi
ham Yangi davr sivilizatsiyasining buyuk yutug‘i bo‘ldi. O‘rta asrlarda
banklar rolini pul maydalaydigan sarroflik do‘konlari bajarar edi.
XV asrda
zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank – Genuyadagi Avliyo
Georgiy banki paydo bo‘ldi.
Keyin G‘arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham savdo-
garlarga xizmat ko‘rsatuvchi shunday banklar vujudga keldi. Birja va
banklar Yevropada savdo va sanoatning rivojlanishida juda katta rol
o‘ynadi.
http://eduportal.uz


14
Xavf-xatar katta bo‘lgan uzoq masofalar bilan savdo qilish uchun
savdogarlar 
aksionerlik kompaniyalari
ga birlasha boshladi. Ular kom-
paniyaning umumiy xarajatlari uchun mablag‘ qo‘shib, foydadan o‘z
ulushini olish huquqini beruvchi qimmatbaho qog‘oz – 

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə