Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


manufaktura deb ataladi.  Manufak-



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

manufaktura
deb ataladi. 
Manufak-
tura
– qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarish degan ma’noni
anglatadi.
Manufakturada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning hammasi
uning egasiga tegishli bo‘lardi. U mahsulotni bozorda sotib, foy-
daning bir qismini yollanma ishchilarga ish haqi tarzida berardi.
Shu tariqa G‘arbiy Yevropada 
kapitalistik munosabatlar
shakllana
boshladi. Kapitalistik munosabatlarning shakllanishi bozor sharoi-
tida mayda tovar ishlab chiqarilishi rivojlanishining qonuniy natijasi
bo‘ldi. U asta-sekin O‘rta asrchilik feodal munosabatlarini siqib chi-
qardi.
Yangi jamiyat kishilari.
Kapitalistik munosabatlar jadal rivojlangan
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida kishilarning yangi tipi – 
tadbirkor
paydo bo‘ldi. Òadbirkor kim edi? Òadbirkor o‘z shaxsiy muvaffaqiya-
tiga erishish uchun har qanday ishga, tadbirga tayyor bo‘lgan omilkor
shaxs edi. Eski gildiyadan chiqib aksionerlik kompaniyasiga a’zo bo‘l-
gan savdogar, o‘z sexini tark etib manufakturaga kirgan hunarmand,
qishloq jamoasi tarkibidan chiqqan va yerni feodaldan ijaraga olib
fermerga aylangan kechagi dehqon tadbirkor bo‘lishi mumkin edi. Bu
tadbirkorlarning barchasi yollanma mehnatdan foydalanardi, bozorda
raqobatchilik qilardi va kapital yig‘ardi. Shu tariqa jamiyatning yangi
qatlami – 
burjuaziya
paydo bo‘ldi.
Boyib ketgan burjuaziya vakillari eski zodagonlardek kiyinib,
o‘zlariga hashamatli uylar qura boshladi. Ular o‘zlari yashaydigan
hududlarni toza va obod qildi, natijada O‘rta asrlardagi vabo, o‘lat
kabi yuqumli kasalliklar chekinib, aholi tez ko‘paydi. Boy burjuaziya
vakillari eski zodagonlar bilan quda-andachilik qilib, o‘zlariga yuqori
martaba va unvonlar sotib oldi. Burjuaziyaning bu qatlami 
yangi
http://eduportal.uz


16

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə