Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


zodagonlar  deb ataldi. Ular ruhan tadbirkorlikka yaqinligi bilan eski zodagonlardan farq qilardi. XV asrda



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

zodagonlar 
deb ataldi. Ular ruhan tadbirkorlikka yaqinligi bilan eski
zodagonlardan farq qilardi.
XV asrda
zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank – Genuyadagi Avliyo Georgiy
banki paydo bo‘ldi.
Bozorlarda
mahsulotning ko‘payishi natijasida uni ishlab chiqaruvchi va
sotuvchilar o‘rtasida raqobat paydo bo‘ldi.
Ammo yangicha turmushda hamma ham o‘z o‘rnini topa olmadi.
Nogironlar va yetimlarning ahvoli avvalgidan ham og‘irlashdi. Òez
orada minglab ishsizlar ham ular safiga kelib qo‘shildi. Ularning bir
qismi manufakturalar va fermerlar yerlariga ishga yollandi. Shu tariqa
yangi jamiyatda yollanib ishlaydigan yana bir qatlam – 
ishchilar
paydo bo‘ldi.
Xo‘jalik yuritishning yangi shakli va yangicha hayot tarzi turli
tabaqa vakillarini bir-biriga yaqinlashtirdi. Endi ular bir-biridan il-
garigidek huquq va majburiyatlari bilan emas, kapitalining bor yoki
yo‘qligi, daromad darajasi bilan farq qilardi. Kishilar bir-biridan ka-
pitalning mavjudligi va daromad darajasiga qarab farqlanadigan ja-
miyat 
sinfiy jamiyat
deb ataladi.
Yer-mulkidan, uyi va mehnat qurollaridan mahrum bo‘lgan, o‘z
xohishi bilan kapitalistga ishga yollanuvchi va mehnati uchun ish haqi
oluvchi kishilar 
yollanma ishchilar – proletariat
sinfi
ga birlashdi.
Shu tariqa G‘arbiy Yevropada jamiyatning tabaqaviy bo‘linishi
tugatilib, yangi, sinfiy bo‘linish shakllandi va zamonaviy sivilizatsiya-
ning asosiy jihatlari qaror topib bordi.
Yangi davrda Yevropa shaharlari. 
Shaharlarning rivojlanishi har
doim ularning geografik joylashuviga bog‘liq bo‘lgan. Yevropaliklar
tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi
muhim savdo yo‘llarining yo‘nalishini o‘zgartirib, bir qator shahar-
larning jadal rivojlanishiga olib keldi. Dastlab Portugaliyaning Lissa-
bon va Ispaniyaning Sevilya shaharlari jadal rivojlandi. Bu shaharlarga
Hindistondan tovarlar, Amerikadan qimmatbaho metallar ko‘plab kel-
tirilar edi. Yangi savdo yo‘llaridan chetda qolgan Italiya shaharlari,
aksincha, o‘zlarining avvalgi ahamiyatini yo‘qotdi.

Manufaktura – ...

Yangi zodagonlar – bu ...

XVI asrning ikkinchi yarmidan ...
http://eduportal.uz


17
XVI asrning ikkinchi yarmidan Yevropaning savdo chorrahalari
Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko‘chdi. Bu yerda asosiy savdo markazi
Niderland qirolligining 

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə