Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Abel Òasman Indoneziya qirg‘oq- laridan sharqqa tomon suzib, Avstraliyani janubdan aylanib o‘tdi va keyinchalik  Òasmaniya



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Abel Òasman
Indoneziya qirg‘oq-
laridan sharqqa tomon suzib, Avstraliyani janubdan aylanib o‘tdi va
keyinchalik 
Òasmaniya
deb atalgan orolni kashf etdi.
Buyuk geografik kashfiyotlarning natijalari.
Buyuk geografik kash-
fiyotlar dunyo taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Ular yevro-
paliklarning olam haqidagi tasavvurlarini boyitdi, boshqa materiklar
va u yerdagi xalqlar to‘g‘risidagi yangi bilimlarni shakllantirdi.
Yangi bilimlar dastlab Yevropada, keyin boshqa qit’alarda ham
sanoat va savdoning rivojlanishi uchun katta turtki bo‘ldi. Asosiy sav-
do yo‘llari O‘rtayer dengizidan Atlantika okeaniga ko‘chdi va savdo-
ning xarakterini tubdan o‘zgartirdi.
X. Kolumb 
ekspeditsiyasi 
1492-yil 12-oktabrda
Bagama orollariga yetib
keldi.
XVI asrning ikkinchi yarmi – XVII asrning boshlarida
ispan
dengizchilari Sulaymon orollari, Janubiy Polineziya va Melaneziyani kashf
etishdi.
Avstraliyaning kashf etilishi
http://eduportal.uz


12
Biroq yangi yerlarni o‘zlashtirish bo‘ysundirilgan xalqlarni dah-
shatli ekspluatatsiya qilish bilan qo‘shib olib borildi, 
jahon mustamlaka
tizimi shakllandi
. Zabt etish jarayonida mahalliy aholining bir qismi
qirilib ketdi, qadimgi sivilizatsiyalarning ko‘plab o‘choqlari yo‘q qi-
lindi, mustamlaka mamlakatlar xalqlari shakllanayotgan kapitalistik
munosabatlarga zo‘rlik bilan jalb qilindi va o‘z mehnati bilan Yev-
ropada kapitalizm rivojlanishi jarayonini tezlashtirdi. Shu tariqa ular
yangi industrial sivilizatsiya shakllanishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Buyuk geografik kashfiyotlarning eng salbiy oqibatlaridan biri qul
savdosining xalqaro miqyosda rivojlanishi bo‘ldi.
Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli yevropaliklarning Yer yuzi

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə