Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

1492-yil 12-oktabrda
Bagama orollari tarkibiga kiruvchi bir orolga yetib keldi va uni «San-
Salvador» («Muqaddas xaloskor») deb atadi. Shu tariqa Amerika
qit’asi kashf etildi. Shundan so‘ng X. Kolumb yana uchta ekspeditsiya
uyushtirib, ular davomida Antil orollari, Janubiy va Markaziy Ame-
rika qirg‘oqlarini kashf etdi. U o‘zi kashf etgan yerlarning Hindiston
ekanligiga ishonchi komil edi. Shu sababli bu yerlarning aholisini
hindular
deb atadi.
X. Kolumb kashfiyotining mohiyatini anglashda 
Amerigo Ves-
puchchi
amalga oshirgan sayohat katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U yangi
ochilgan yerlarga XV asr oxiri – XVI asr boshlarida bir necha marta
sayohat uyushtirib, ular davomida bu yerlar Hindiston emas, mutlaqo
Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi. 1497–1499-yillar
http://eduportal.uz


10
yangi materik ekanligini isbotladi. Endi bu yangi materik uning sha-
rafiga 
Amerika
deb atala boshlandi.
Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishi.
Yangi yerlarning kashf eti-
lishi portugaliyaliklarda katta qiziqish uyg‘otdi. Yana bir dengiz say-
yohi 
Vasko da Gama
boshchiligidagi ekspeditsiya 1497-yil Afrikani
janubdan aylanib o‘tib, Hind okeaniga chiqdi. Ular Afrika qirg‘oq-
lari bo‘ylab suzib, arab dengizchisi 
Ahmad ibn Majid
yordamida
1498-yili Hindistonga yetib keldi. Bu yerdan ko‘plab mahsulotlarni
yuklagan dengizchilar 1499-yili Portugaliyaga qaytib keldi. Qariyb ikki
yil davom etgan sayohatda ekspeditsiya a’zolarining ko‘pchiligi halok
bo‘ldi. Ammo shunga qaramasdan, Vasko da Gama ekspeditsiyasining
muvaffaqiyati Yevropaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Yevropalik savdogarlar
Sharqqa qarab otlandilar. Hindistondan Yevropaga ziravorlar va shi-
rinliklar olib kelgan savdogarlar juda katta foyda ola boshladilar. Shu
tariqa, Hindistonga muntazam dengiz yo‘li ochildi.
1519-yili portugaliyalik yana bir dengizchi 

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə