Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Fernando Magellan
ekspeditsiyasi Amerika janubidagi bir bo‘g‘ozni aylanib o‘tib (keyin-
chalik Magellan bo‘g‘ozi deb ataldi), notanish va sokin bo‘lgan ulkan
okeanga chiqdi. Okeanning boshqa paytlarda bo‘ronli bo‘lishini
bilmagan F. Magellan uni
 Òinch okeani
deb atadi. Okeanda uzoq
suzish davomida ochlik va kasallikdan hamda yangi ochilgan orollar-
dagi mahalliy aholi bilan bo‘lgan janglarda ekspeditsiya a’zolarining
ko‘pchiligi, jumladan, F. Magellan halok bo‘ldi. Ekspeditsiyaning
omon qolgan a’zolari Yer sharini aylanib suzib, 1522-yili o‘zlari jo‘-
nab ketgan Ispaniya qirg‘oqlariga yetib keldi. Dengiz sayyohlaridan
juda kam kishi omon qoldi. F. Magellan kashf etgan dengiz yo‘li
amaliy ahamiyatga ega bo‘lmadi, undan uzoq vaqt hech kim foyda-
lanmadi. Ammo bu kashfiyot Yerning dumaloqligini amalda isbotladi.

Buyuk geografik kashfiyotlar – bu ...

1492-yili ...

Vasko da Gama amalga oshirgan kashfiyot ...

1519–1522-yillari ...
Òinch okeani havzasidagi geografik kashfiyotlar.
XVI asrning ik-
kinchi yarmi – XVII asrning boshlarida ispan dengizchilari Òinch
okeani havzasiga bir nechta ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiya-
lar davomida, Sulaymon (Solomon) orollari, Janubiy Polineziya va
Melaneziya kashf etildi.
Dengizchilar 
«Janubiy Yer»
– Avstraliyani izlashda davom etdilar.
1606-yili
ispan dengizchisi 
Luis Òorres 
Osiyo bilan Avstraliya ora-
http://eduportal.uz


11
lig‘idagi bo‘g‘ozdan suzib o‘tib, yangi qit’a qirg‘oqlariga yetdi. Shu
yili gollandiyalik 
Villem Yanszon
yangi qit’a qirg‘oqlariga kelib tushdi
va uni Gollandiyaning mulki deb e’lon qildi. Shu tariqa 
Avstraliya
kashf etildi. XVII asrning o‘rtalarida gollandiyaliklar Avstraliya qir-
g‘oqlarini tadqiq eta boshladilar. 

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə