Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


Portugaliyaliklarning geografik kashfiyotlari



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Portugaliyaliklarning geografik kashfiyotlari. 
Atlantika okeani
bo‘ylab suzishni portugaliyaliklar boshlab berdi. Portugaliya Yevropa-
ning eng g‘arbiy qismida joylashgan, Atlantika okeani bilan chega-
radosh mamlakat. Shu holat va uzoq dengizchilik tajribasi portuga-
liyaliklarga Buyuk geografik kashfiyotlarda yetakchilik qilish imkonini
berdi.
Portugaliyaliklarning geografik kashfiyotlardagi muvaffaqiyatlari
shahzoda 
Genrix Dengizchi
nomi bilan bog‘liq. Bu jasur dengizchi
boshlab bergan yangi yerlarni kashf etish va o‘zlashtirish jarayoni
Portugaliyaga katta shuhrat va boylik keltirdi. Portugaliyaliklar Afrika
qirg‘oqlari bo‘ylab suzib, XV asrda Madeyra, Kanar va Azor orollarini
kashf etdilar. XV asr oxirida 
Bartolomeu Diash
boshchiligidagi ekspe-
ditsiya Afrika janubidagi burunni aylanib o‘tdi va Hind okeaniga chiq-
di. Hindistonga dengiz yo‘lining ochilishiga umid qilgan dengiz-
chilar bu burunga 
Yaxshi Umid burni 
deb nom berdilar. Garchi ular
shu yerdan ortga qaytgan bo‘lishsa-da, B. Diashning kashfiyoti Afri-
kani aylanib o‘tib, Hindistonga dengiz orqali yo‘l ochish istiqbolini
yaratdi.
Ayni paytda Afrikada yangi yerlarning kashf etilishi bu qit’aning
uzoq yillar yevropaliklar tomonidan talanishi, Afrika aholisining qul
qilinib, Yevropa va Amerikaga sotilishi jarayonini boshlab berdi.
Karavella
http://eduportal.uz


9
Amerikaning kashf etilishi.
Portugaliyalik dengiz sayyohlarining
muvaffaqiyatlari qo‘shni ispanlarda ham bu ishga katta qiziqish uy-
g‘otdi. Yerning dumaloqligi to‘g‘risidagi tasavvurdan kelib chiqqan
dengiz sayyohi 
Xristofor Kolumb
Ispaniya qiroliga Atlantika okeani
bo‘ylab g‘arbga qarab suzib, dengiz orqali Hindistonga yo‘l ochishni
taklif qildi. Ammo bunday tavakkalchilikka rozi bo‘ladigan dengiz-
chilarni topish va sayohatni moliyalashtirish juda qiyin bo‘ldi. Ni-
hoyat, X. Kolumb boshchiligida tashkil qilingan ispan ekspeditsiyasi
uchta tezyurar yelkanli kemada yo‘lga chiqib, 

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə